Egalikni boshqarish — tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish usulidir. Ushbu usul quyidagi funksiyalardan iborat:
• tizimning har bir obyektini, elementini identifikatsiyalash, masalan, foydalanuvchilarni;
• identifikatsiya bo‘yicha obyektni yoki subyektni haqiqiy, asl ekanligani aniqlash;
• vakolatlarni tekshirish, ya’ni tanlangan ish tartibi bo‘yicha (reglament) hafta kunini, kunlik soatni, talab qilinadigan zaxiralarni qo‘llash mumkinligini tekshirish;
• qabul qilingan reglament bo‘yicha ishlash sharoitlarini yaratish va ishlashga ruxsat berish;
• himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish;
• ruxsatsiz harakatlarga javob berish, masalan, signal berish, o‘chirib qo‘yish, so‘rovnomani bajarishdan voz kechish va boshqalar.
Niqoblash— ma’lumotlarni o‘qib olishni qiyinlashtirish maqsadida ularni kriptografiya orqali kodlash.
Тartiblash — ma’lumotlar bilan ishlashda shunday shart-sharoitlar yaratiladiki, ruxsatsiz tizimga kirib olish ehtimoli kamaytiriladi.
Majburlash — qabul qilingan qoidalarga asosan ma’lumotlarni qayta ishlash, aks holda foydalanuvchilar moddiy, ma’muriy va jinoiy jazolanadilar.
Undamoq — axloqiy va odobiy qoidalarga binoan qabul qilingan tartiblarni bajarishga yo‘naltirilgan. Yuqorida keltirilgan usullarni amalga oshirishda quyidagicha tasniflangan vositalar tadbiq etiladi.
Rasmiy vositalar— shaxslar ishtirokisiz axborotlarni himoyalash funksiyalarini bajaradigan vositalardir. Тarkibi:
-texnikaviy vositalar sifatida elektr, elektromexanik va elektron qurilmalar tushuniladi. Тexnikaviy vositalar o‘z navbatida, fizikaviy va apparatli bo‘lishi mumkin.
Apparat-texnik vositalarideb telekommunikatsiya qurilmalariga kiritilgan yoki u bilan interfeys orqali ulangan qurilmalarga aytiladi. Masalan, ma’lumotlarni nazorat qilishning juftlik chizmasi, ya’ni jo‘natiladigan ma’lumot yo‘lda buzib talqin etilishini aniqlashda qo‘llaniladigan nazorat bo‘lib, avtomatik ravishda ish sonining juftligini (nazorat razryadi bilan birgalikda) tekshiradi.