2- mavzu: Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja


Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish



Yüklə 57,48 Kb.
səhifə3/14
tarix22.12.2022
ölçüsü57,48 Kb.
#77234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2- mavzu Tarmoq himoyasini tashkil etish. Reja

Operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalanish: Operatsion tizimlar tizim mustahkamligini ta’minlovchi ko‘p imkoniyatlarga ega. Sozlash mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning ba’zilari quyidagilardir:
1. Tarmoq tizimida ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi tizimga mustahkam parolь bilan kirishni talab eting.
2. Foydalanuvchilar tarmoqqa kirishi vaqtida autentifikatsiya va shifrlashning operatsion tizimlaringiz taklif eta oladigan eng mukammal shakllaridan foydalaning.
3. Tarmoq ulanishlari uchun raqamli sertifikatsiyali himoyadan foydalaning. Raqamli sertifikatsiya tarmoq kompyuterlari o‘rtasida uzatish asl ekanligini tekshirish, ya’ni ulanayotgan qurilmalar haqiqatda o‘zligi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun zarur.
4. Jild va fayllar xavfsizligi uchun huquqlarni sozlab qo‘ying.
5. Umumiy foydalanish huquqlari kabi umumiy foydalaniladigan resurs himoyasidan flydalaning.
6. Foydalanuvchilar uchun “qiyin” parolь talabi va tarmoqqa ma’lum marta kira olmagandan keyin foydalanuvchi hisob yozuvini bloklash kabi xavfsizlik siyosatini o‘rnating.
7. Simsiz tarmoq uchun tizimda mavjud eng yuqori himoya darajasini o‘rnating.
8. Uzoqdan ulanishlar, ayniqsa simsiz tarmoqlar xavsizligi uchun Virtual xususiy tarmoq – VPNdan foydalaning.
9. Muntazam ehtiyot uchun nusxalash kabi buzilishdan keyin tiklash texnologiyalaridan foydalaning.
Mavjud tarmoqlar: Hatto ko‘p narsani biladigan odamlar ham ba’zida uyga ishdan nozik ma’lumotni olib kelishi va operatsion tizimning himoya imkoniyatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Bir misol – yuqori lavozimda ishlovchi havfsizlik xizmati ofitseri mahfiy fayllarni uyda ular bilan ishlash uchun olib kelgan, deylik. Bu fayllar etarlicha himoyalanmagan va ihtiyoriy odam, shuningdek, Internet orqali hujum uyushtiruvchi yoki chet el razvedka agentligining josusi tomonidan ochib ko‘rish mumkin. Boshqa bir misolda kompaniyaning server administratori o‘z uyidan uzoqdan ulanish usuli bilan serverga ba’zi texnik xizmatlar ko‘rsatish uchun kirgan. Afsuski, uning uy kompyuteri virus tekshiruvchi dasturdagi yangilanish xizmatining vaqti tugagan sababli virus bilan zararlangan edi. Natijada virus serverga o‘tib ketdi.

Yüklə 57,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin