2- tayanch –harakat sistemasi


Harakatlanish tizimining umumiy anatomiyasi



Yüklə 286,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.04.2022
ölçüsü286,34 Kb.
#55958
1   2   3   4
odam anatomiyasi va fiziologiyasi 2-ma'ruza (4)

Harakatlanish tizimining umumiy anatomiyasi. 

Tana  shaklini    ushlab  turuvchi    skelit,  bog’lovchi    to’qimalar    tuzilmasida 

bog’langan  suyaksimon  va  tog’ay  elementlardan  shakllanadi.  Uning  qismlari 



skelet  muskullari  yordamida    harakatlantiriladi  yoki  mahsus  holat    va  vaziyatda 

ushlab  turiladi.  Keng  qamrovli harakatlanish tizimi  atamasi o’z  ichiga  skelet  va 

muskullarni  oladi.  Passiv  harakatlanish  tizimi  skletlar    va  ularning  

birlashmalaridan iborat bo’lsa , active harakatlanish tizimi o’z ichiga  Poyalar va 

ularning    qo’shimcha  tuzilmalarini  (poya  g’iloflari,kesmasimon  suyaklar)  oladi 

O’zlarining  ushlab  turish  vazifasidan  tashqari,  sklet  elementlari  va  ularning  

birlashmalari  muskullarga  harakat  davomida  tayanch  sifatida  hizmat  qiladi  sklet 

elementlari, birlashmalari va muskullari birgalikda harakatlanish organlarini hosil 

qiladi  .    SHu  bilan  birga  sklet  elementlari  organlar  sistemasini  himoya  qilish 

vazifasini ham bajaradi (bosh suyagi,umurtqa kanali, ko’krak qafasi). 

Suyaklar.Suyak  skleti  suyaklarning  turli  tuzilmalari  va  shakilaridan 

iborat.Katta yoshli odamda sklet  200 ta alohida suyaklardan tashkil topgan Ular 

tig’ay,  tolali  va  synovial  birlashmalar  orqali  bog’langan.  Har  bir  suyak,  tog’ay 

birlashma    yuzalar  va  joylar  qayi  yumshoq  paylar  birikkan,  birlashtiruvchi 

to’qima g’ilofi bilan o’ralgan xuddi paypoq kabi.  

Har bir suyak shakli genetic yo’l bilan aniqlanadi lekin uning tuzilishi unga 

qo’yiladigan  mehanik  talabning  kengligi  va  turiga  bog’liq.  Tashqi  ko’rinishga 

ko’ra  suyaklar  uzun,  qisqa,  tekis,  va  qiyshiq  suyaklarga  ajratiladi.  Uzun 

suyaklarga  misol  tariqasida    (naysimon  suyaklar)  bir-biridan  erkin  bilak  

to’piqdan  tashqari  suyaklar  olinadi.Uzun  suyaklar  har  bir  yakunida  diofiz  va 

epifizdaniborat  bo’ladi.O’sish  mobaynida  har  bir  dioepifiz  va  shunga  mansub 

epifiz  epifizsimon  to’g’aylar  yordamida  ajratiladi.  Qisqa  suyaklar    kubsimon 

shakldagi suyaklar bilak va to’piq suyaklarni o’z ichiga oladi. 

Suyaklarning  tuzilishi,  shakllari.  Suyaklar  murakkab  tuzilgan  bo’lib.  Ular 

tarkibiga barcha epiteliy, biriktiruvchi. muskul va nerv to’qimalari kiradi. Suyak 

garkibini  asosini  suyak  hujayralari  (osteoblastlar)  tashkil  etadi.  Bu  hujayralar 

suyaklarning a`zosik qismi bo’lgan osseinni (oraliq oqsil modda) sintez qiladi va 

uning mineral moddalar bilan birikishini ta'minlaydi. 

Suyaklar ikki qavatdan iborat bo’lib, ustki qavati qattiq. zich plastinkasimon, 

ichki  qavati  g’ovaksimon  tuzilishga  ega.  Ichki  qavatida  ko’plab  ingichka 

kanalchalar  bo’lib,  ularda  qon  tomirlari  joylashadi.  Suyaklarning  yuzasi  pishiq 

yupqa parda (periost) - suyak ustn pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi 

to’qimadan iborat bo’lib, unda juda ko’p mayda qon limfa tomirlari, nerv tolalari 

bo’ladi.  Suyak  usti  pardasi  suyakni  oziq  moddalar  bilan  ta'minlashda,  uning 

o’sishida, singanda, yerilganda, jaroxatning bitishyda katta rol o’ynaydi. 

Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo’lnb, ularning 85 tasi juft, 36 

tasi toq suyaklaridir. Ba'zi adabiyotlarda tishlar bilan birgalikda suyaklarning soni 

250 ga yaqin deb ko’rsatilgan. Suyaklar 4 xil shaklda bo’ladi. 

Suyakning  ximiyaviy  tarkibi.  Suyak  organik  va  anorganik  moddalardan 

tuzilgan.  Anorganik  moddalarga:      kalsiy,  fosfor,      magniyli  va  boshqa  mineral 

tuzlar  kiradi.  Suyak  anorganik            moddasining      95%ni    kalsiyli  tuzlar  tashkil 

qiladi.  Suyak tarkibida ossein va osseomukoid  degan   organik   modda   bo‘lib, 

ular tufayli suyak elastiklik xususiyatiga ega. Quritilgan   va  yog‘sizlantirilgan   

suyaklarning  70%ni    mineral      tuzlar,      30%ni    organik  moddalar  tashkil  qiladi.  

Organik va anorganik moddalar aralashmasi  suyakning   pishiqligini ta’minlaydi.   



Suyakning      pishiqligi      misning  qattiqligiga      yaqin.    Masalan,  ko‘ndalang 

qo‘yilgan  son  suyagi  1200  kg,  tik  boldir  suyagi  1650  kg  yuk  ko‘taradi.  Suyak 

tarkibida        ximiyaviy  moddalar    borligini  kuzatish  uchun  ingichka  suyak  10—

15%  li  sulfat  kislotaga  tushirilsa,  tuzlar  erib  ketib,  organik  qism  qoladi.  Bunday 

suyak rezina kabi  elastik bo‘lib qoladi. Agar suyak kuydirilsa, organik moddasi 

yonib, anorganik qismi qoladi. Bunday suyak mo‘rt bo‘ladi. Yosh organizmning 

suyaklarida organik moddalar ko‘p bo‘ladi, yosh oshgan sari anorganik moddalar 

ortib, organik moddalar kamayib boradi. 

Skeletda  xilma-xil  funksiya  bajaradigan:  uzun  naysimon  suyaklar,  kalta 

suyaklar, yassi suyaklar va aralash suyaklar bo‘ladi. 

U z u n    s u ya k l a r   qo‘l-oyoqda bo‘ladi. Masalan, son, yelka, bilak, tirsak 

suyaklari va boshqalar. Bu suyaklarning ikki uchi va tanasi bo‘lib, uchlari epifiz, 

tanasi diafiz deb ataladi. 

K a l t a   s u ya k l a r   har xil  shakldagi mayda suyaklar bo‘lib, bularga kaft 

usti, tovon suyaklari va boshqalar kiradi. 

Ya s s i   s u  ya k l a r   serbar lentasimon va boshqa turli shakllarda bo‘lib, 

bularda suyaknnng g‘ovak qismi kam uchraydi. Yassi suyaklar ko‘krak qafasida 

va miya  qutisida bo‘ladi. 

A  r  a  l  a  sh      s  u  ya  k  l  a  r      shaklsiz,  har  qaysi  qismi  har  xil  ko‘rinishda 

bo‘ladi.  Bularga  chakka  suyagi,  umurtqalar  misol  bo‘ladi.  Bulardan  tashqari, 

skeletda bo‘shliqlarida havo saqlanadigan pnevmatik suyaklar uchraydi. Masalan, 

kalla  suyagidagi  yuqorigi  jag‘,  peshana  suyagi  va  boshqalar  ana  shunday 

suyaklardir. Skeletda ba’zi mayda va erkin suyaklar bo‘lib, ular seysmik suyaklar 

deb ataladi.  Masalan, tizza qopqog‘i suyaklari va boshqalar. 

1

Yassi  suyaklar  orasida      qovurg’a  ko’krak      yelka    va  bosh    suyaklari 



mavjud.notog’ri suyaklar   umurtqa    va bosh   suyak po’stidagi   suyaklarni   o’z 

ichiga  oladi.  Bosh  suyakdagi  ayrim  suyaklar    (  oldingi  yuqorigi  jag’)  

g’ovaksimon  boshliqlardan  tashkil  topgan.  Sesamasimon  suyaklar    bu  paylarga 

birikkan    suyaklardir  (tizza  qopqog’i).  va  nihoyat    ayrim  qo’shimcha  suyaklar  

ayniqsa  qo’l  va  oyoqda  kop  uchraydi    va  yordamchi  suyaklar  deb  ataladi.  

Ularning  rentgin  suratdagi  ko’rinishi    tashxisdagi  hatolikka  sabab  bo’lishi 

mumkun.  

Skeletning rivojlanishi.  Odam skeleti embrionning dastlabki davrlarida yosh 

biriktiruvchi  to‘qimadan  tuzilgan  bo‘lib,  u  asta-sekin  suyakka  aylana  boradi. 

Embrion  2  oyligida  suyakning  diafizida  suyakka  aylanish  nuqtalari  hosil  bo‘la 

boshlaydi.  Bola  tug‘ilgandan  keyin  ikkilamchi  suyakka  aylanish  nuqtalari  hosil 

bo‘la  boshlaydi.  Shundan  keyin  suyakka  aylanish  protsessi  tezlashadi.  Bolalar 

suyagi  o‘lchami,  proporsiyasi  va  tarkibi  bilan  kattalar  suyagidan  farq  qiladi. 

Suyaklar  2  xil  rivojlanadi.  Agar  suyakka  aylanish  nuqtalari  mezenxima 

                                                           

1

 



Human  Anatomy  and  Physiology.  Nega  Assefa    Alemaya  University    Yosief  Tsige    Jimma 

University.In  collaboration  with  the  Ethiopia  Public  Health  Training  Initiative,  The  Carter 

Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education  2003. 79

 

 




to‘qimasidan  hosil  bo‘lib,  bundan  to‘g‘ri  suyak  rivojlansa,  birlamchi  suyakka 


Yüklə 286,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin