Suyaklarning’ yoshga bog’liq xususiyatlari.
Suyaklar odamning yoshiga qarab o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bola
tug’ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko’p qismi tog’aydan iborat bo’ladi.
Shuning uchun yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egaluvchan xususiyatga ega.
Bola o’sgan sari suyaklarning tog’ay qismi suyakka aylana boradi. Bu jarayon
odam skeletining turli qismlarida xar xil kechadi.
Yangi tug’ilgan bolalarda bosh suyagi o’zaro birikmagan bir nechta suyakdan
iborat bo’ladi. Shuning uchun bosh suyaganing qopqog’ida, ya'ni o’zaro
birikmagan suyaklar o’rtasida yumshoq joylar (bo’shliqlar) bo’lib, ular liqildoq
deb ataladi. Katta liqildoq peshona va tepa o’rtasida joylashgan bo’lvb, uning
bo’yi 3, 5 sm, eni 2, 5 sm bo’ladi. Bu liqildoq bola 1 yoshga to’lib, ikkinchi
yoshga o’tganda bitadi. Tepa va ensa suyaklari o’rtasida kichik liqildoq va tepa -
chakka suyaklari o’rtasida 2 tadan, jami 4 ta yon liqildoqlar bo’lib, bolaning 23
oyligidan ular suyakka aylana boradi. Bosh suyagi bolaning 34V 6-8 va 11-15
yoshlik davrida. Aypiqsa tez o’sadi. Uning o’sishi va shakllanishi 20 - 25
yoshgacha davom etadi.
Gavda suyaklarida yoshga bog’liq quyidagi xususiyatlar mavjud. Umurtqa
suyaklarn 17 - 25 yosh orasida suyakka aylanvb bo’ladi. Lekkn umurtqa
pog’onasi dum qismining suyakka aylanishi 30 yeshgacha davom etadi. Yuqorida
aytilganidek, to’sh suyagining uchta qismk bolalarda aloxida suyaklardan iborat
bo’lib, 20 - 25 yoshda ular bir - birig’a qo’shilib, yaxlit to’sh suyagiga aylenadi.
Kurak, o’mrov, yelka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20 - 25
sshgacha davom etadi. o’ng kaftining suyakka aylanishi 15 - 16 yoshgacha,
barmoqlarning suyakka aylanishi 16 - 20 yoshgacha davom etadi.
Suyaklanish jarayonining normal borishi ko’p jijatdan ovqat tarkibiga, undagi
oqsil moddasi, mineral tuzlar va vitaminlar yetarli mnodorda bo’lishiga hamda
ochiq xavoda quyoshning ultrabinafsha nurlaridan muntazam ravishda
foydalanishga bog’liq. Shuningdek, jismoniy tarbiya, sport mashg’ulotlari bilan
shug’ullanish suyaklanish jarayonining normal borishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.
Aksincha, vitaminlarning, ayniqsa D vitaminining yetishmasligi yoki quyosh
nuridan yetarli foydalanmaslik organizmda kalsiy va fosfor tuzlari almashinuvi
buzilishiga sabab bo’ladi va suyaklanish jarayoni sekinlashadi. Natijada raxit
kasalligi kelib chiqadi. Bunday kasallika uchragan bolalarning suyagi yumshab,
egiluvchan bo’lib qoladi. Ayniqsa, oyoqlari, umurtqa pogonasi, ko’krak qafasi,
chanoq suyaklari egrilanib qolishi mumkin. Bu esa ularning qad - qomati normal
shakllanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Mavzu bo`yicha savollar:
1. Tayach-harakatlanish tizimi qanday qismlardan tuzilgan?
2. Suyak tizimi qanday vazifalarni bajaradi?
3. Suyaklar qanday shakllarda bo’ladi?
4. Skelet suyaklari qanday birnkadi?
5. Suyak qandai qavatlardan iborat?