2- tayanch –harakat sistemasi



Yüklə 286,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.04.2022
ölçüsü286,34 Kb.
#55958
1   2   3   4
odam anatomiyasi va fiziologiyasi 2-ma'ruza (4)

aylanish  deyiladi.  Masalan,  miya  qutisining  ba’zi  bir  suyaklari  ana  shunday 

rivojlanadi.  Ba’zi  suyaklar  tog‘ay  hujayralaridan  rivojlanadi,  bunga  ikkilamchi 



suyakka  aylanish  deyiladi.  Masalan,  uzun    naysimon  suyaklar  diafizi  tog‘ay 

ustligi tagidagi tog‘ay hujayralaridan rivojlana boshlaydi. Bunda suyak osteoblast 

hujayralari  hisobiga  o‘sib  boradi.  Bunday  tipdagi  suyakka  aylanish  perexondral 

suyakka aylanish deb ataladi. 

Suyak o‘sishi vaqtida ichki qismining yemirilishi hisobiga ko‘mik (qizil  ilik) 

qismi  shakllanadi.  Uzun  naysimon  suyaklar  epifizdagi    tog‘ay  qatlami  tagida 

hosil bo‘lgan yangi suyak hujayralari hisobiga o‘sa boradi. Yangi tug‘ilgan bola 

skeletidagi  suyaklar  yupqa,  egiluvchan  bo‘lib,  ba’zi  suyaklarda  tog‘aylar, 

biriktiruvchn  to‘qimalar  bo‘ladi.  Bola  o‘sa  borishi  bilan  suyaklar  yuqorida 

aytilgan  yo‘nalishda  eniga  va  bo‘yiga  o‘sib,  shakllana  boradi.  Masalan,  katta 

boldir suyagining diafizida suyakka aylanish nuqtasi embrion 2 oyligida, yuqorigi 

epifieida esa tug‘ilgandan so‘ng, pastki epifizida 2 yoshligida hosil  bo‘ladi. Bular 

o‘sa borib, 16-17 yoshda katta boldir suyagi shakllanadi.  

Yosh  bolalar  suyagining  tarkibida  katta  odamlarnikiga  nisbatan  organik 

moddalar ko‘p bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan suyak tarkibidagi, turli tuzlar 

miqdori  ortib  boradi,  ayniqsa,  kalsiy,  fosforli  tuzlar  ko‘p  to‘plana  boradi.  Yosh 

ulg‘ayishi  bilan,  aksincha,  mineral  tuzlar  miqdori  ortib  boradi.  Suyakning 

tuzilishi,  ximiyaviy  tarkibi  o‘zgarishi  bilan  fizik  xossalari  ham  o‘zgaradi.  7-10 

yoshgacha naysimon suyaklarning ilik qismi sekin o‘sadi. 

Yosh  qancha  kichik  bo‘lsa,  suyak  ustligi  suyakka  shuncha  zich  yopishgan 

bo‘ladi. Katta odamlarda esa u bir oz ajralib turadi. Bolalarda suyak ustligk tagida 

osteotsit hujayralari hosil bo‘lib, shular hisobiga suyak eniga o‘sib boradi. 

Suyaklar turli mexanikaviy ta’sir natijasida sinadi. Ular yopiq va ochiq sinishi 

mumkin.  Suyak  singan  yoki  chiqqan  vaqtda  vrach  kelguncha  bemorni 

qo‘zg‘atmasdan,  chiqqan  yoki  singan  joyni  harakatsiz  qilib,  shina  taxtacha 

yordamida bog‘lab qo‘yish  kerak. 

           Suyaklarning birikishi. Skelet suyaklari o‘zaro hap xil usulda birikadi. 

Bu  birikishni,  asosan,  2  gruppaga:  oraliqsiz  —  uzluksiz  birikish,  ya’ni  sinartroz 

va oraliqli birikish, ya’ni diartrozga  bo‘lish mumkin. Sinartroz birikish qo‘proq 

umurtqali  hayvonlarda,  diartroz  birikish  odamda,  yuksak  darajada  tuzilgan 

hayvonlarda uchraydi. harakatchan bo‘g‘imlar bilan suyaklarning birikishi tarixiy 

taraqqiyot  natijasida  kelib  chiqqan.  Suyaklarning  bir-biri  bilan  suyak  modda 

yordamida birikishi sinastoz, tog‘ay yordamida birikishi sinxondroz, biriktiruvchi 

to‘qima  yordamida  birikishi  sindesmoz  deyiladi.  Suyaklar  muskul  yordamida 

birikishi  ham  mumkin.  Suyakli  birikish  butunlay  harakatsiz  bo‘lib,  bir  suyak 

ikkinchi  suyakka  suyak  modda  yordamida  birikadi.  Masalan,  chanoq  va 

dumg‘aza  suyaklari  ana  shunday  birikkan.  Skeletning  ba’zi  suyaklari,  masalan, 

umurtqa pog‘onasidagi umurtqalar tanasi va qovurg‘alar to‘sh suyagiga uzluksiz 

tog‘ay yordamida birikadi. Bilak, tirsak suyaklari, katta va kichik boldir suyaklari 

o‘zaro  biriktiruvchi  parda  yordamida  birikadi.  Kurak  suyagi  ko‘krak  qafasi 

suyaklariga muskul yordamida birikadi. 




Odam  skeletidagi  ko‘p  suyaklar  oraliq  bo‘g‘imlar  hosil  qilib  birikadi. 

Bo‘g‘imda  asosiy  hisoblangan  bo‘g‘im  xaltachasi,  birikish  yuzasi  va  bo‘shliq 

bo‘ladi. Bo‘g‘im  yuzasi gialin tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, bu tog‘ay nerv va 

qon  tomirlari  bilan  ta’minlangan.  Bo‘g‘im  xaltachasi  suyak  usti  pardasining 

bo‘g‘im atrofida kengayishidan hosil bo‘ladi. U 2 qavatdan: tashqi pishiq fibroz 

va ichki yumshoq sinoviy qavatdan tuzilgan bo‘ladi.  Sinoviy qavatda oqsil, yog‘  

tomchilari  va  turli  tuzlarni  o‘zida  saqlagan  sinoviy  bo‘g‘im  moyi  ishlab 

chiqariladi. Bu suyuqlik harakat vaqtida bo‘g‘imlar yuzasini moylab, sirg‘anishni 

yengillashtiradi. 

Bo‘g‘imlarning ichi bo‘sh bo‘lib, unda manfiy bosim saqlanadi, ya’ni havo 

bo‘lmaydi. Bu bosim bo‘g‘imlarning pishiqligini ta’minlovchi faktorlardan 

biridir. Ba’zi bo‘g‘imlar bo‘shlig‘ida pay (bog‘lag‘ich)lar, yaltiroq tog‘aylar va 

muskul paylari bo‘ladi. Bo‘g‘imlarning tashqi yuzasida ko‘p miqdorda pishiq 

bog‘lag‘ich, muskul va paylar bo‘lib, ular bo‘g‘imning mustahkamligini 

ta’minlaydi  

Bo‘g‘imning  turlari  va  ulardagi  harakatlar.  Bo‘g‘im  yuzasining  tuzilishiga 

qarab, bo‘g‘imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, silindrsimon, g‘altaksimon 

bo‘ladi. Bo‘g‘imlar shakliga va funksiyasiga ko‘ra, 1, 2, 3 o‘qli bo‘lishi mumkin. 

Bir  o‘qli  bo‘g‘imlarga  silindrsimon,  g‘altaksimon  bo‘g‘imlar  kiradi. 

Silindrsimon  bo‘g‘im  bilak  -  tirsak  suyaklarining  ikki  uchida  bo‘lib,  unda 

ichkariga va tashqariga burish harakati bo‘ladi. o‘altaksimon bo‘g‘im falangalar 

orasida,  yelka  -  tirsak  suyaklari  orasida  bo‘lib,  bu  bug‘imlarda  bukish-yozish 

harakatlari bo‘ladi. 

Ikki  o‘qli  bo‘g‘imlarga  ellipssimon  (atlant  -  ensa,  bilak,  qo‘l  panjasi 

bo‘g‘imlari), egarsimon (qo‘l panjasidagi bosh barmoqning kaft suyagi orasidagi) 

bo‘g‘imlar  misol  bo‘la  oladi.  Atlant  -  ensa  bo‘g‘imida  frontal  o‘q,  atrofida  bu-

kish-yozish,  sagital  o‘q  atrofida  chapga  yoki  ungga  og‘ish  harakatlari  bo‘ladi. 

Bilak - qo‘l panjasi bo‘g‘imida bukish-yozish va uzoqlashtirish – yaqinlashtirish, 

qo‘l panjasidagi bosh barmoqni kaft suyagi orasidagi bo‘g‘imdan uzoqlashtirish-

yaqinlashtirish va qarama-qarshi qo‘yish harakatlari bo‘ladi. 

Uch  o‘qli    bo‘g‘imlarga  sharsimon,  yelka  bo‘g‘imi,  yong‘oqsimon,  tos-son 

bo‘g‘imi  kiradi.  Bu  bo‘g‘imlarda  frontal  o‘q  atrofida  bukish-yozish,  sagital  o‘q 

atrofida  uzoqlashtirish,    vertikal  o‘q    atrofida  ichkariga  va  tashqariga  burish 

harakatlari  bo‘ladi.  Bularning  yig‘indisidan  aylanma  harakat,  masalan,  yelka 

bug‘imidagi harakatlar hosil bo‘ladi. 

Tekis  bo‘g‘imlarda  siljish  harakatlari  juda      kam,    bularga    tovon 

suyaklaridagi ba’zi birikishlar misol bo‘ladi (4-rasm).   Bo‘g‘imlarning  yuqorida 

aytilgandek,    xilma-xil  bo‘lib,  turli  harakatlar  bajarishi  bir  necha  ming  yillar 

davomida  odam    mehnat    qurollari      bilan  ishlashi  tufayli  kelib  chiqqan. 

Bo‘g‘imning pishiqligi bo‘g‘im bo‘shlig‘idagi manfiy bosim, bo‘g‘im   atrofidagi 

bo‘g‘im  xaltachasi,  bog‘lag‘ichlar  va  muskullarga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Bo‘g‘imlarning  chiqishi  shu bo‘g‘imning tuzilishi va mustahkamligiga   bog‘liq.  

Noto‘g‘ri   harakatlar   vaqtida tazyiq  ostida   shikastlanishda bo‘g‘im yuzalari   

bir-biridan    uzoqlashadi,    ya’ni    bo‘g‘im      chiqadi.    Bo‘g‘im  chiqqanda      qattiq 




og‘riq      seziladi.  harakatlar      qiyinlashadi.      Bunday  vaqtda  chiqqan        joyni    

harakatsiz qilib bog‘lab, tezlik bilan vrachga murojaat etish  kerak. 

Odam  skeleti  asosan  3  gruppaga:  gavda  skeleti,  qo‘l-oyoq,  skeleti  va  kalla 

skeletiga bo‘lib o‘rganiladi. 




Yüklə 286,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin