2 - AMALIY MASHG‘ULOT ADSORBSIYA KONSTANTALARI QIYMATINI HISOBLASHGA DOIR MASALALAR YEChISH (seminar mashg’uloti o’tkaziladi)
Mustaqil yechish uchun masalalar 1. 1g ko‘mirda 3,76 kmol sirka kislota adsorbsiyalanadi. Freyndlix tenglamasi konstantalari K=2,82 n=2,44 bo‘lsa kislotaning muvozanat konsentratsiyasini hisoblang.
2. Berilganlardan foydalanib, Freyndlix tenglamasi konstantalari K va n ni grafik usulda aniqlang.
C, mol/sm3
0,018
0,031
0,062
0,126
x/m, mmol/g
0,467
0,624
0,801
1,11
Maksimal adsorbsiya qiymat i kmol/m2 bo‘lsa, izomoy kislotasi eritmasi sathida bitta molekulaga to‘g‘ri keladigan yuzani hisoblang.
Berilganlardan foydalanib, dioksid uglerodni aktivlangan ko’mirdagi adsorbsiyasi uchun Freyndlix tenglamasi konstantalari K va n ni qiymatini aniqlang.
P, Pa
1,00
4,48
10,0
14,4
x/m, mmol/g
3,23
6,67
9,67
11,72
3 - AMALIY MASHG‘ULOT DISPERS SISTEMALARNING ELEKTROKINITIK XOSSALARINI O‘RGANISH
1-misol.Au ning monodispers gidrozolining konsentrasiyasi 1g/l bo‘ganda, osmotik bosimi 1,87 Pa ga teng. Dispers muhit qovushqoqligi 1mPa·s bo‘lganda, zichligi 1,93 g/sm3ni tashkil qilsa, harorat 293 K da gidrozol zarrachasininig diffuziya koeffitsenti va solishtirma sirtni aniqlang.
Yechish: Vant-Goff tenglamasi orqali zolning osmotik bosimi quyidagi formula orqali hisoblanadi.