Boshqarish obekti
Markazlashgan boshqarish
punkti
Boshqarish obekti
Boshqaruv
pulti № 1
Boshqaruv
pulti № 3
Boshqaruv
pulti № 2
Boshqaruv
pulti № 1
Boshqarish va nazorat struktura chizmalarining tarkibi
Boshqarishning va nazorat qilishning struktura chizmalari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
-Asosiy funksional bo‘linmalarining yetarli darajada detallashtirilgan shartli
belgilari, ya’ni ishlab chiqarish, sexlar, uchastkalar, bo‘limlar va uskunalar bo‘lishi
mumkin;
-asosiy boshqarish punktlarining shartli belgilari (joyidagi operator xonalari,
dispetcher xonalari);
-korxonaning asosiy va yordamchi xizmatlarining shartli belgilanishi;
-xar bir boshqarish punktida amalga oshirilayotgan asosiy funksiyalarning
shartli belgilari;
-avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlariga kirgan texnik vositalarining shartli
belgilari;
-ishlab chiqarish, boshqarish punktlari korxona xizmatlari orasidagi xamda
boshqa TJABT va yuqori ABT bilan bog‘liqlik chizmalarining shartli belgilari;
-texnik vositalar va funksiyalarning ro‘yxati.
Boshqarish va nazorat struktura chizmalarining bajarilishi
Asosiy bo‘linmalar va boshqarish punktlarining shartli belgilari to‘rtburchak
shaklida ko‘rsatiladi. To‘rtburchaklar gorizontal bo‘yicha bir necha bo‘laklarga
bo‘linadi. Yuqori qismida agregatlar nomlari ko‘rsatiladi. Pastida bo‘lim yoki
uchastkalarning nomlari ko‘rsatiladi. Shu to‘rtburchaklarning eng pastida ishlab
chiqarishning nomi ko‘rsatiladi.
Boshqarish punktlarini ifodalaydigan to‘rtburchaklarda gorizontal bo‘yicha
besh bo‘lakga bo‘linadi:
-Yuqori qismida boshqarish punkti nomi beriladi (ishlab chiqarishning
dispetcher punkti, sexning operator punkti va boshqalar),
-Ikkinchi qismida qaror qabul qilishga ma’sul texnik personal ko‘rsatiladi
(smena dispetcheri, operatori va sh.o‘.),
-To‘rtburchakning uchinchi qismida, ushbu punktda o‘rnatilgan asosiy
qurilmalarning nomlari keltiriladi (nazorat shchiti, boshqarish pulti, mnemosxema,
boshqaruvchi xisoblash kompleksi (UVK), aloqa vositasi va sh.o‘)
-To‘rtinchi qatorda texnik vositalar funksional guruxlarining shartli belgilanishi
ko‘rsatiladi,
-Beshinchi qatorda texnik vositalarning funksiyasining shartli belgilanishi
ko‘rsatiladi.
|