Atomatlashtirish tizimlarini loyihalash uchun zarur bo’lgan texnik
topshiriqlar.
Ishning maqsadi:
Hujjatlar tarkibi va tuzilishini o’rganish, texnik hujjatlari
tarkibini ko’rib chiqish, texnik topshiriqlar haqida ma’lumot berish, texnik
topshiriqni tahlil qilish jarayoni bilan tanishish.
Nazariy qism
Loyihalash jarayonidagi asosiy vazifalar.
Ishlardan maqsad — TIA(texnikiqtisodiy asoslanishi) ga muvofiq TJABT ni
yaratish imkoniyatlarini asoslash va maqsadga muvofiqligini tasdiqlash; TJABT ni
yaratish bo‘yicha ishlarni rejalash; loyiha ishlari uchun zarur materiallarni
tayyorlash. Bularning hammasi ishlab chiqaruvchining ilmiy tadqiqot ishlarini (ITI)
o‘tkazish, avanloyihani ishlab chiqish va texnik topshiriqni (TT) ishlab chiqish bilan
ta’minlanadi. ITI jarayonida BTO(boshqarishning texnologik obyektlari),
informatsion tizmalar va boshqarishning eng qiyin vazifalari boshqaruv mezoni va
cheklanishlarni tanlab hamda texnologik jarayonning matematik modellarini va
o‘lchash kanallarini tuzish bilan tadqiqotlar olib boriladi. Avanloyihani ishlab
chiqishda ishlab chiqaruvchi berilgan TJABT ni har xil ta’minotlar bo‘yicha yaratish
mumkinligini tasdiqlaydi; tizimi eng muhim vazifalari yoki bo‘g‘inlarining
ishonchliligi, ta’sirchanligi va metrologik ko‘rsatkichlarining dastlabki hisob-
kitoblarini tez bajaradi; HT vositalarining samarali yuklanishini va zarur hisoblash
quvvatlarini baholaydi; texnik vositalar kompleksi (TVK) ni asoslab, dastlabki
tanlovni o ‘tkazadi. Ishlar natijasi TJABTni ishlab chiqishga texnik topshiriq
hisoblanadi - bu keyingi barcha ishlar uchun majburiy dastlabki hujjatdir. Texnik
loyiha. Ishdan maqsad — tizim bo‘yicha asosiy texnik yechimlarni (qarorlarni)
ishlab chiqish va uning smeta qiymatini aniqlashdir. Bu bosqichda dastlab tizimni
funksional-algoritmik sintez qilish bo‘yicha ishlar olib boriladi, unga pirovard
funksional strukturani (tuzilmani) ishlab chiqish; texnika bilan operativ texnologik
xodimlar orasida vazifalarni taqsimlash; masalalarni qo‘yish va algoritmlarni ishlab
chiqish; inson — mashina tizimi sifatidagi TJABTning ishlashi algoritmini ishlab
chiqish; tizimining tashkiliy tuzilmasini va uning TVK tuzilmasini ishlab chiqish
kiradi. Keyin TJABT ta’minotining hamma turlari bo‘yicha qarorlar
oydinlashtiriladi. Ishlar natijasi texnik loyiha hisoblanib, unga loyihaning funksional
qismi hujjatlari; keyingi bosqichda tizimga butunicha ekspluatatsion hujjatlarni
chiqarish uchun zarur va yetarli loyihaviy qarorlar (yechimlar); qurilish loyihasining
„Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish“ bo‘limi tarkibiga kiruvchi loyihaviy
smeta hujjatlari; yangi texnik vositalarni ishlab chiqishga texnik talablari boigan
buyurtmalar loyihasi; avtomatlashtirish vositalari kompleksini (majmuasini)
yetkazib berishga texnik topshiriq; HT vositalari kompleksini buyurtma qilish uchun
zarur hujjatlar to ‘plami; maxsus matematik va informatsion ta’minotlarning
hujjatlari (bu dasturlami ishlab chiqishga doir texnik topshiriq ham hisoblanadi)
kiradi.
Dostları ilə paylaş: