Texnik vositalarning funksional guruxlarining shartli belgilanishi. D - avtomatlashtirish datchiklari
S – signalizatorlar
ITS – son-raqamli indikatorlar
IA – analogli indikatorlar
R – lokal rostlagichlar
RA – analogli registratorlar
KA – komanda apparatlari
SU – o‘lchash qurilmalarining boshqarish paneli va stansiyalari
ZD – belgilangan qiymatni beruvchi qurilma
PR – protsessor
VZU – tashqi xotiraga oluvchi qurilma
VG – simvollarni xotiraga oluvchi qurilma
VVU – kirituvchi va chiqaruvchi qurilma
UP – pechatga chiqarish qurilmasi
USO – obyekt bilan aloqa o‘rnatish qurilmasi
PRV – ma’lumotlarni qo‘lda kiritish qurilmasi
DS – dispetcher – operator aloqasi jixozlari
PGS – ishlab chiqarishda baland ovozda gapirish qurilmasi
SO’ – signal o’zgartkich
IM – ijro mexanizmi
SQ – solishtirish qurilmasi
2.4.Topshiriqni bajarish namunasi Topshiriq: Boshqarish ob`ektida haroratni avtomatik rostlash sistemasining
struktura sxemasini tuzing.
Bajarilishi: Struktura sxemasida o’lchov asboblari,ijro mexamizmlari va
boshqa boshqarish sistemasining tarkibidagi qurilmalar geometrik shakl ichida
yozilgan harfiy belgilanish orqali aks ettiriladi. Shundan kelib chiqqan holda 1-
jadvaldan foydalanib struktura sxemasini quramiz.Haroratni avtomatik rostlash
sistemasi quyidagi tashkiliy qismlardan iborat: Boshqarish ob`ekti,o’lchash
qurilmasi,signal o’zgartgich,signallarni qayta ishlash va xotiraga olish
qurilmasi,ijro mexanizmi.
1-jadvaldan ushbu qurilmalar harfiy belgilanishini bilib olamiz va struktura
sxemasini chizamiz.
Boshqarish ob`ektidagi harorat haroratni o’lchash asbobi yordamida
o’lchanadi va olingan qiymat signal o’zgartkich orqali qayta ishlash uchun
protsessorga uzatiladi. Protsessordan chiqqan boshqarish signali signal o’zgartkich
orqali ijro mexanizmiga beriladi. Ijro mexanizmi orqali ob`ektga rostlash ta’siri
amalga oshiriladi.