2-amaliy mashg’ulot. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Reja


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining asosiy vazifalari, kuch va vositalari, rejimlari



Yüklə 142,5 Kb.
səhifə4/8
tarix23.04.2023
ölçüsü142,5 Kb.
#101778
1   2   3   4   5   6   7   8
2 amaliy mashg’ulot Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy

4. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining asosiy vazifalari, kuch va vositalari, rejimlarini o’rganish.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini xavfsizligini ta’minlaydigan yana bir davlat organidir. 2011 yil 24 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 242-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga asosan, FVDT boshqaruv organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga ega korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat bo‘ladi hamda tarkibida axborot boshqaruv tuzilmasi faoliyat ko‘rsatadigan respublika, mahalliy va ob’ektlar miqyosidagi uch darajaga ega bo‘ladi.
Hududiy quyi tizimlar (14 ta) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi va tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi. Ularning asosiy vazifasi o‘z ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
Funksional quyi tizimlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda tuziladi. Funksional quyi tizimlarning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va kuchli xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek idoraga qarashli ob’ektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.
Bitta idora bir yoki bir necha quyi tizimga ega bo‘lishi, yoki umuman quyi tizim tashkil etmasligi, yoki bir necha vazirlik va idoralar bitta quyi tizim tashkil etishlari mumkin. Ushbu masala FVDT to‘g‘risidagi Nizomning
3-ilovasida (O‘zR vazirliklari va idoralarining aholini va hududlari FV lardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari) bayon etilgan.
Axborot-boshqaruv tuzilmasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari, atrof tabiiy muhit va kuchli xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalarini boshqarishning harakatlanuvchi punktlari, aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan boshqarish va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimini o‘z ichiga oladi.
FVDTning asosiy vazifalari, tashkiliy tuzilishi va ishlash tartibi quyidagi hujjatlar bilan belgilab berilgan:

  1. FVDT to‘g‘risidagi Nizom (O‘R Vazirlar Mahkamasining 24.08.2011 yildagi 242-sonli qaroriga 1-ilova).

  2. Quyi tizimlar to‘g‘risidagi Nizomlar (har bir quyi tizim o‘zining Nizomini tabiiy-iqlimiy, geofizik, iqtisodiy, funksional va boshqa sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqadi). Ushbu Nizomlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo‘ladi:
1. Rahbar organlar.
2. Kundalik boshqaruv organlari.
3. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish kuch va vositalari.
4. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari.
5. Xabar berish, aloqa, boshqaruv va axborot bilan ta’minlashning avtomatlashtirilgan tizimlari.

Yüklə 142,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin