Ishni bajarish tartibi 1. Matndan foydalanib, abiotik omillar va ularning asosiy turlarini aniqlash.
2. Yorug‘lik va harorat omilining o‘simliklarga ta’sirini o‘rganish uchun
o‘simlik gerbariylaridan foydalaniladi. Bunda o‘simliklarning morfologik belgilari
(barg shakli, o‘lchami, tuklanganlik darajasi, qalinligi) o‘rganiladi, qaysi guruhga
mansubligi haqida xulosa qilinadi.
3. O‘simliklarning namlik omiliga munosabati o‘simliklarning ildiz tizimi, barg
shakli asosida o‘rganiladi, qaysi guruhga mansubligi aniqlanadi.
4. Hayvonlarning namlik omiliga nisbatan moslanishlari o‘rganiladi.
5. Natijalar asosida xulosa chiqariladi.
Topshiriqlar 1-topshiriq. Quyosh nuri ta’sirida organizmlardagi eng muhim jarayonlarni
tahlil qiling va 1-jadvalni to‘ldiring.
1-jadval
Jarayonlar Tahlili 2-topshiriq. Gerbariylar asosida o‘simliklarning morfologik belgilariga qarab,
yorug‘lik va harorat omili ta’siriga moslashgan o‘simlik guruhlarini ajrating va 2, 3,
4-jadvallarni to‘ldiring.
2-jadval
Soyasevar o‘simliklar Soyaga chidamli o‘simliklar Yorug‘sevar o‘simliklar
3-jadval
Stiofitlarga xos xususiyatlar Geliofitlarga xos xususiyatlar 4-jadval
Termofil o‘simliklarga xos xususiyatlar Psixrofil o‘simliklarga xos xususiyatlar