O‘simliklarni namlik sharoitlariga moslashishlari Organizmlarning suvga bo‘lgan talabi, har xil namlik sharoitlarda yashashi
hamda moslashishlariga ko‘ra to‘rt guruhga ajratiladi: 1. Suvda yashovchi
(o‘simliklar-gidrofitlar, hayvonlar-gidrofillar). 2. Ortiqcha namlikda yashovchilar
(gigrofitlar, gigrofillar). 3. O‘rtacha namlikda yashovchilar (mezofitlar, mezofillar).
4. Qurg‘oqchil sharoitda yashovchilar (kserofitlar, kserofillar).
Barcha o‘simliklar suv bilan ta’minlanishi yoki namlik sharoitiga moslanishiga
ko‘ra 5 ta ekologik guruhga ajratiladi: gidatofitlar, gidrofitlar, gigrofitlar, mezofitlar,
kserofitlar.
Gidatofitlar – hayoti doimo suvda o‘tuvchi, bu guruhga asosan suv o‘tlar kiradi.
Gidrofitlar – tanasining bir qismi suvdan tashqarida, qolgan qismi suv
qatlamida joylashgan o‘simliklardir. Suv nilufarlari, g‘ichchak, nayzabarg, o‘qbarg
va boshqalar shular jumlasidandir.
Gigrofitlar – tuproqda ortiqcha miqdorda namlik yoki suv bo‘lgan sharoitda
yashovchi o‘simliklardir. Ular daryo va ko‘l bo‘ylari, botqoqliklarda, sernam
o‘rmonlar va boshqa joylarda o‘sadigan o‘simliklardir.
Mezofitlar – o‘rtacha namlik sharoitida yashovchi o‘simliklar bo‘lib, ularga
ko‘pchilik madaniy va yovvoyi holdagi o‘simliklar kiradi.
Kserofitlar – qurg‘oqchil sharoitda yashashga moslashgan o‘simliklardir.
Dasht, cho‘l va chala cho‘l mintaqalarida keng tarqalgan, bu o‘simliklar o‘z
navbatida 2 guruhga ajratiladi:
sklerofitlar va sukkulentlar . Sklerofitlar O‘rta Osiyo
cho‘llarida uchrasa, sukkulentlar – tanasida suv saqlovchi kaktuslar hisoblanadi.
Namlikka nisbatan organizmlarda fiziologik moslanishlar Organizmlar Moslanishlar Hasharotlar
(qo‘ng‘iz,
xonqizi, chumoli)
Ayiruv a’zosining (malpigi naychalari) bir uchi
ichak orqa devorlariga tutashgan, suv so‘rilishi
orqali organizm tomonidan qayta sarflanadi
(reabsorbsiya)
Asalari,
kapalak
va
pashshalar
Suyuq ozuqa bilan oziqlanadi, tashqariga siydik
orqali ortiqcha tuzlar, mochevina chiqariladi
Sudralib
yuruvchilar
(toshbaqa), qushlar
Yaxshi erimagan siydik kislotasini tashqariga
chiqaradi
O‘rgimchaklar
Guanin moddasini chiqaradi
Gidrobiontlar – lixetlar,
mishankalar, atsidits,
mideyalar,
qisqichbaqasimonlar
Suvni filtrlaydi - bir kecha-kunduzda 150-280 m
3
suvni tindiradi va tozalaydi
Poykilokserofitlar,
suvo‘tlari, moxlar,
lishayniklar
Qurg‘oqchil davrlarda qurib qolib, anabioz
holatiga o‘tadilar, yog‘ingarchilik paytida yana
holatini tiklaydi
Galopogos orollaridagi
toshbaqalar, Avstraliya
cho‘llaridagi qurbaqalar
Suvni siydik qopida jamg‘arma holida saqlaydi
Yumronqoziq kabilar
Qurg‘oqchilikda uyani chuqur kovlaydi, tanasida
jamg‘argan yog‘ hisobiga yozgi uyquga ketadi
Tuyalar
To‘plagan yog‘ miqdorini metabolitik parchalaydi
Umurtqasiz hayvonlar
Qurg‘oqchil davrda sista yoki qalin po‘stli spora
holatiga o‘tadi