2-amaliy mashG‘ulot: O‘qituvchi nutqining kommunikativ sifatlari



Yüklə 81,75 Kb.
səhifə2/8
tarix07.07.2023
ölçüsü81,75 Kb.
#136049
1   2   3   4   5   6   7   8
2-3 amaliy ish

2. Nutqning aniqligi. Nutqning aniqligi so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim xususiyatlaridan biri ekanligi qadimdan ma’lum. G‘arb mutafakkirlari ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti deb hisoblaganlar. Aristotel: «Agar nutq noaniq bo‘lsa, u maqsadga erishmaydi»,-- degan. Kaykovus esa: «Ey farzand, so‘zning yuzin va orqasin bilg‘il va ularga rioya qilg‘il, har na so‘z desang yuzi bila degil, to suxango‘y bo‘lg‘aysan. Agar so‘z aytib, so‘zning nechuk ekanin bilmasang qushga o‘xsharsanki, unga to‘ti derlar, ul doim so‘zlar, ammo so‘zning ma’nosin bilmas».1 Yana davom ettiradi: «Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har so‘zi xalqqa tushunarli bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ham ma’lum bo‘lsin».
Aniqlik nutqning muhim xususiyati, fazilati sifatida fikrni yorqin ifodalash bilan, nutq predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so‘z ma’nolarini bilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar notiq o‘zi fikr yuritmoqchi bo‘lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so‘zlarni tanlasa va o‘zi tanlagan so‘zlarning ma’nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo‘lishi tayin. Demak, aniqlik nutqda so‘z qo‘llash me’yorlariga amal qilishdan iborat. Bu jihatdan aniqlik to‘g‘rilikning boshqacha, o‘ziga xos ko‘rinishi hisoblanadi. Ba’zan notiq o‘zi ishlatadigan so‘zning ma’nosini bilishga uncha e’tibor bermaydi. Natijada so‘zning ma’nosi nutqdan ko‘zda tutilgan maqsadga mos kelmaydi. Ko‘pincha, bunga bir-biriga yaqin narsalarni anglatuvchi so‘zlar sabab bo‘ladi. Masalan: Abdulla Qahhor yozuvchi Ma’ruf Hakimning «Qahramonning o‘limi» hikoyasini tahlil qilib, «Botir beliga qator beshta bomba qistirib...», «Qo‘liga bomba ushlagan holda ko‘chaga yugurdi» jumlalaridagi bomba so‘zining noto‘g‘ri qo‘llanilayotganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi.1 Aniqlik ikki xil bo‘ladi: narsaning aniqligi va tushunchaning aniqligi. Narsa aniqligi nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq mazmunining munosabatida ko‘rinadi. Nutqda mavjudlikning narsa va hodisalari to‘g‘ri aks etishi uchun notiq o‘zi so‘zlayotgan narsalarni yaxshi bilgan bo‘lishi lozim. Nutq predmetini bilmaslik yoki chala bilish, shuningdek, ularni o‘rganishda loqaydlik qilish natijasida yuzaga kelgan noaniqlik yoqimsiz bo‘lib, tinglovchini ranjitadi. Masalan: «Na tashkilotchilik, na rahbarlik, na bilimdonlik qobiliyati bo‘lmagan kishi birdaniga kimning nazariga tushdi?» (Gazetadan)2.
Ko‘rinadiki, so‘zlovchi na yuklamasining nutqdagi ma’nosi - ma bo‘lishsizlik qo‘shimchasi anglatgan ma’noga teng ekanligini unutgan. Odatda na inkor yuklamasi ishtirok etgan gaplarning kesimi bo‘lishli shaklda bo‘ladi.
Nutqning har tomonlama to‘g‘ri bo‘lishi uchun narsa aniqligining o‘zi yetarli emas. Tushunchaviy aniqlik nutq mazmunining unda belgilangan tushunchalar tizimiga mos kelishini talab qiladi.
Shunday qilib, aniqlik nutqning aloqaviy sifatlaridan biri bo‘lib, u ob’ektiv borliq bilan nutq mazmunining mosligi sifatida yuzaga chiqadi.
Aniq nutq yaratish so‘zlovchidan quyidagilarni talab etadi:
a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakligini ajratib, nutqda qo‘llash;
b) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma’nolarini har tomonlama bilish;
v) so‘zning ko‘p ma’noligiga jiddiy e’tibor berish, ko‘p ma’noli so‘z nutqda qo‘llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko‘zda tutilayotganini aniq tasavvur qilish; fikrning yuzaga chiqishida bu so‘zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish;
g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
d) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish;
ye) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb -hunarga oid, arxaik, eskirgan, dialektizm so‘zlarning ma’nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.1

Yüklə 81,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin