НУТҚИНИНГ
КОММУНИКАТИВ СИФАТЛАРИ
Nutqning to‘g‘riligi
|
|
Nutqning aniqligi
|
|
Nutqning tozaligi (sofligi)
|
|
Nutqning mantiqiyligi
|
|
Nutqning ta’sirchanligi
|
|
Nutqning maqsadga muvofiqligi
|
|
Takrorlash uchun savollar
Nutqning kommunikativ sifatlari nima?
Nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyati uchun qanday ahamiyatga ega?
Qanday nutqni biz aniq nutq deymiz va unga qanday erishiladi?
Nutqning mantiqiyligi nima va u nimaga asoslanadi?
Ta’sirchanlik nima?
Ta’sirchanlikning qanday omillarini bilasiz?
Nutqning maqsadga muvofiqligi nima?
3-AMALIY MAShG‘ULOT: O‘QITUVChI NUTQIDA GRAMMATIK STILISTIKA VA MADANIY NUTQ MALAKASI.
Reja:
Grammatik stilistika
Madaniy nutq malakasi
Uslubshunoslik
Tayanch tushunchalar
Uslubshunoslik - adabiy til uslubi?
Qo‘shimcha- shakl va so‘z yasovchi affiks.
Uslubshunoslikning tilda tutgan o‘rni beqiyosdir. Uslubshunoslik me’yorlarni shakllantirish, mashhur tilshunos olim G.O.Vinokur ta’kidlaganidek, nutq madaniyatining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi, uning eng muhim vazifasidir. Chunki uslubiy me’yorni yaxshi bilmasdan, ularni mukammal egallamasdan turib, nutq madaniyatiga, madaniy nutqqa erishib bo‘lmaydi.1
Ma’lumki, har bir so‘zni o‘ylab, tanlab, ularning har bir ma’nosiga, ma’no qirralariga yaxshi e’tibor qilib, o‘rinli ishlatish haqida juda ko‘plab xalq maqollari, hikmatlari mavjud. Bu haqda buyuk faylasuf Aristotelning «Poetika» va so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarlarida ham qimmatli fikrlar aytilgan.
Tilda har bir so‘zni, grammatik formani, har bir sintaktik qurilmani o‘z o‘rnida, ya’ni shu so‘z, shu grammatik shakl yoki sintaktik qurilma (gap) ishlatilayotgan vaziyatni (tinglovchi saviyasi, ularning holati kabilar) hisobga olgan holda to‘g‘ri qo‘llash, ularning shu vaziyatga eng mos tushadiganini tanlab, nutq jarayonida ulardan unumli foydalanish, eng ixcham va fikrni lo‘nda ifodalaydiganini, eng sodda va hammaga tushunarlisini ishlatish nutqning ravonligini, tushunarliligini, aniqligini ta’minlaydi, uni g‘alizliklardan xalos etadi. So‘zlarni, grammatik shakllarni befarq qo‘llash, vaziyatga mos tushmaydigan gaplarni beixtiyor, nazoratsiz aytib yuborish, bo‘lar - bo‘lmasga u yoki bu so‘zdan yoki grammatik shakllardan foydalanaverish, umuman, ularni ortiqcha qo‘llash, o‘rinli - o‘rinsiz takrorlayverish nutqni bachkana qiladi, fikrni xiralashtiradi, uning ta’sirchanligiga putur yetkazadi.2 Zero, donolar aytganidek:
Nodonlardek yuzlab so‘zni qilma qator,
Donolardek bir so‘z degil, lek ma’nodor.
(Sa’diy Sheroziy)
yoki
So‘z joyu vaqtiga bo‘lar ekan mos,
Sehru afsun uchun u bo‘lar asos.
(Abdurahmon Jomiy)
Ma’lumki, uslubiyat - fikrni ifodalash yo‘llari, til vositalarini – materiallarini to‘g‘ri tanlay bilish haqidagi ta’limot-uslublar ilmi bo‘lib, tilning vazifalariga mos ravishda bir necha ko‘rinishlarga ega: so‘zlashuv uslubi, kitobiy uslub, ilmiy-ommabop uslub, rasmiy, publitsistik va badiiy uslub kabilar. Ushbu fikr uslubiyatning tarkibiy qismiga kiruvchi grammatik uslubshunoslik haqida ham aytish mumkin.
Grammatikaning morfologiya va sintaksis nomlari ostida ikki qismga ajratilish holati grammatik uslubshunoslikda ham saqlanadi, ya’ni u morfologik uslubshunoslik hamda sintaktik uslubshunoslik kabi ikki ko‘rinishda bo‘ladi.Grammatika so‘zning yoki sintaktik qurilmaning lug‘aviy va grammatik ma’nolarini, fikriy jahatni o‘rgansa, grammatik stilistika ularning qo‘shimcha - ekspressiv ma’nolarini, vazifaviy xususiyatlarini o‘rganadi.Grammatika bilan uslubshunoslik birgalikda faqat grammatik shakllarning nimani ifodalashini emas, balki qanday ifodalanishini ham tekshiradi.Grammatik uslubshunoslikning bir qismi bo‘lgan morfologik uslubshunoslik har bir grammatik shaklning, so‘z yasovchi vositalar va har xil boshqa shakllarning uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi.
O‘zbek tilida qo‘shimchalar doirasidagi ma’nodoshlik (sinonimiya) hodisasi ham keng tarqalgan: shu sababli // shu sababdan; talabalardan biri // talabalarning biri; otga mindi // otni mindi; savlatli // savlatdor // basavlat... kabi.
O‘zbek tilida so‘z yasovchi va grammatik ma’no ifodalovchi juda ko‘p affikslar o‘z variantlariga ega yoki bir-biri bilan o‘zaro sinonimik munosabatda bo‘ladi. Masalan, jo‘nalish kelishigi ko‘rsatkichi –ga hozirgi tilimizda –ka, -qa variantlarida uchrasa, eski o‘zbek tilida -g‘a (borarg‘a - qilurg‘a, so‘rarg‘a) ko‘rinishda uchraydi. Fe’llardagi –giz ko‘rsatkichi –kiz, -g‘iz, -qiz; -kaz; -gaz va hatto, ba’zan –kar (o‘tkar, yetkar) variantlarida uchraydi.1
Tilimizda ba’zan ayrim grammatik shakl pleonastik (qo‘sh) qo‘llanadi. Bunday qo‘llash nutqda ortiqchalikni vujudga keltirishi, nutq ravshanligiga putur yetkazishi, fikrni xiralashtirishi, bachkanalashtirishi mumkin: toychoqchaginam, kichkinagina, ichilib qo‘yildi, to maktabgacha, Yangiqishloq qishlog‘i, bir kalima so‘z, o‘n yillar o‘tdi, 6 ta o‘g‘il - qizlarim bor, qo‘llanishlarda grammatik shakllar yoki so‘zlarning o‘rinsiz, maqsadsiz qo‘llanishi natijasida ana shunday hol yuz berganini kuzatamiz: kichkinagina tipidagi qo‘llashlarida –gina, solinib bo‘lindi qo‘llanishidagi –in, ichilib qo‘yildi tipidagi qo‘llanishlarda oldingi so‘zdagi –il, to maktabgacha qo‘llanishida to elementi (bunda ba’zan kuchaytirish ifodalanishi mumkin, ana shunday vaqtda to elementining ishlatilishi o‘zini oqlaydi), keyingi birikmalarda qishlog‘i, kalima so‘zlari, o‘n yillar o‘tdi, oltita o‘g‘il - qizlarim bor, har bir dalillarni birikmalarida –lar affiksi ortiqcha ishlatilgan va nutqda g‘alizlik tug‘dirgan.
Biroq, shuni ham aytish kerakki, grammatik shakl yoki boshqa vositalarni pleonastik qo‘llash hamma vaqt ham nutqda ortiqchalik tug‘diravermaydi. Ba’zan juda o‘rinli, tushungan holda, ma’lum bir maqsadni ko‘zda tutib, shunday qilinsa, nutqni ravon qiladi, fikrni aniq, lo‘nda, bor nozikliklari bilan ifodalashga yordam beradi, nutq ta’sirchanligini oshiradi, ma’noni kuchaytiradi, bo‘rttiradi: Ulug‘ ayyom kunlari; shuncha yil tuz - namak bo‘ldik; besh panjasini og‘ziga tiqadi; aytganini qilmay qo‘ymaydi; biz o‘zimiz aytib qo‘yamiz tipidagi qo‘llanishlarda ana shu holni kuzatamiz. To‘g‘ri, namak, kalima, ayyom, panj so‘zlari fors-tojik tillarida tuz, so‘z, kun, besh so‘zlariga to‘g‘ri keladi. Biroq, o‘zbek tilida ular, birinchidan, boshqa ma’noda qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, kuchaytiruvchi vosita vazifasini bajaruvchi sifatida ishlatilishi mumkin. Jumladan, ulug‘ ayyom kunlari birikmasida ayyom so‘zi kun ma’nosida qo‘llangan emas, u ma’lum bir sanani ifodalagan, besh panjasini birikmasida panja so‘zi barmoq ma’nosida, bir kalima so‘z birikmasida kalima so‘zi so‘z leksemasining aniqlovchisi bo‘lib kelgan va aqlli, fikrli, lo‘nda so‘zlari ma’nosida qo‘llangan; tuz-namak qo‘llanishida esa o‘zbek tilida, og‘zaki nutqda ko‘p uchraydigan non - pon, choy - poy tipidagi holatni kuzatamiz.
Bundan tashqari, bu qo‘llanishda tuz - namakning ibora holiga kelib qolgani ko‘zga tashlanadi va u birga turdik, birga bo‘ldik birikmalari ifodalagan ma’noni anglatadi. Xuddi shu birikmada ulardan bittasini qo‘llash hech mumkin emas.
Keyingi misolda inkor formasining (-ma) ikkala so‘zda ham ishtirok etishi tasdiq ma’nosini ancha kuchaytirib, bo‘rttirib bayon qilishni ta’minlagan.1
Grammatik uslubshunoslikda ayrim grammatik shakllarning o‘rnini almashtirib qo‘llashning o‘ziga xos tomonlari borligi keng o‘rganilishi kerak. Adabiy me’yorda har bir ko‘rsatkichning o‘zak-negizlarga qo‘shilishdagi o‘rni qat’iy belgilangan. Ammo ma’lum bir uslubiy maqsadni ko‘zda tutgan holda ularning o‘rnini almashtirish mumkin: Qalbimni sen ko‘zimdanmi anglading (Oybek); Osmondagi bulutlarning xo‘mrayishidanmi qo‘rqdingiz (Oybek); boringlar -- borlaring, ketinglar-ketlaring; borganmi edi - borgan edimi, aytib edimmi -- aytibmi edim; dadang uydalarmi-dadang uydamilar; aytmabmidim - aytmab edimmi (og‘zaki nutqda).
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi o‘zbek tilshunosligida grammatik shakllar uslubshunosligini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir. Grammatik shakllarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri va maqsadga muvofiq qo‘llash, ulardan o‘rinli foydalanish nutqimizning ta’sir kuchini oshiradi, uni har xil g‘alizliklardan xalos etadi.
Dostları ilə paylaş: |