Orqa miyadan qo’zg’alishning o’tishi. Orqa miyaning ko’ndalang kesimiga qarasak, bir-biridan katta farq qiladigan turli rangdagi ikki qavatni: kul rang va oq moddani ko’ramiz. Kul rang modda o’rtada bo’lib, shaklan kapalakka o’xshaydi; kul rang moddaning atrofida oq modda joylashgan bo’ladi. Kul rang moddaning oldingi «qanotlari» oldingi shoxlar, orqadagi «qanotlari» esa orqadagi shoxlar deb ataladi. Oldingi shoxlardan – orqa miyaning oldingi ildizlari, orqadagi shoxlardan esa orqadagi ildizlari boshlanadi.
Orqa miyaning reflektor faoliyati va markazlari. Orqa miyaning ikkinchi asosiy funksiyasi uning reflektor faoliyatidir. Spinal baqaning reflekslari bilan tanishganimizda buni ko’rgan edik. Muhim funksiyalarning reflektor markazlari orqa miyada joylashgan.
Masalan, orqa miyaning bo’yin bo’limida diafragma nervining markazi; bo’yin va ko’krak bo’limida qo’l, ko’krak, orqa va qorin muskullarining markazlari; bel bo’limida oyoq muskullarining markazlari; dumg’aza bo’limida – siydik chiqarish, defekasiya va jinsiy faoliyat markazlari bor.
Refleks deb, organizmni ichki va tashqi muhit ta‘sirotlariga markaziy nerv sistemasi ishtirokida javob berish reaktsiyasiga aytiladi.
Inson qo’liga igna sanchilganida qo’lini darrov tortib olishi, ignadan yiroqlashtirishi, yoki baqa oyog’ini kislota eritmasiga botirganda, oyog’ini tezlik bilan tortib olishi, bukishi organizmdagi reflektor jarayonlar bo’lib, organizmni tashqi muhit ta‘sirot lariga hosil qilgan javob reaktsiyalaridir, ya’ni ekzogen ta‘sirotlarga javob reaktsiyasidir.
Yurak ishiga ma’lum ta‘sirotlar ta’sir etsa javob beradi yoki endogen tasirotlarga nisbatan reflektor jarayonlar ro’yobga chiqadi. Har ikkala xildagi misollarimizda ham muayyan retseptorlarga ta‘sirot berilib, markazga intiluvchi nerv orqali MNSga uzatiladi. Demak, misollar asosoda reflekslarning hosil bo’lishi uchun MNSi faoliyati zarur.
Refleksning yoyi, vaqti va maydoni bo’ladi.
Refleks yoyideb, tasirotning MNSga boradigan va unda qayta ishlanib, qaytadigan yo’liga aytiladi.