Qonni gelmintlarga tekshirish. Qonda Filyariata kenja turkumiga oid nematodalarning lichinkalari mikrofilyariylarni uchratish mumkin. Ular quyuq qon tomchisida ham bо‘ladi. Buning uchun hayvon qulog‘idan bir tomchi qon olib, buyum oynasiga tomiziladi va usti qoplag‘ich oyna bilan yopiladi, sо‘ng mikroskopda tekshiriladi. Mikrofilyariylar harakatchan bо‘ladi, shuning uchun ham ularni topish oson. Agarda juda quyuq qon tomchisida mikrofilyariylar tezda kо‘rinmasa, u vaqtda qondagi shaklli elementlarning turtilib harakatlanishidan sezish mumkin.
Ikkinchi, birmuncha murakkabroq usul ham bor. Fibrinsizlanti-rilgan qondan tayyorlangan quyuq qon tomchi quritilib, gemoliz qilinadi va Romanovskiy usuli bilan bо‘yalib tekshiriladi. Bunday surtmadan lichinkalarni о‘lchash, ularning tuzilishini kо‘rish va qaysi urug‘ yoki turga mansubligini aniqlash mumkin.
Lichinkalarni bir joyga tо‘plab tekshirishning samaradorligini oshi-rish mumkin. Buning uchun T.I. Popova quyidagi usulni tavsiya etadi: bо‘yin venasidan olingan bir necha kub santimetr qon 4% li limonli nordon natriy eritmasi bilan 1:10 nisbatda aralashtiriladi, keyin distillan-gan suv bilan 1:7 yoki 1:10 nisbatda suyultirilib, sentrifugada aylantiri-ladi va olingan chо‘kma mikroskopda tekshiriladi. Shu maqsadda Fyulleborn bir necha ml qonni 95 ml (5% li formalin eritmasidan, 5 ml sirka kislotasining tuzli eritmasidan tashkil topgan) murakkab eritma aralashmasi bilan aralashtirishni taklif qilgan. Hosil bо‘lgan aralashma sentrifugada aylantirilib, chо‘kma mikroskopda tekshiriladi. Bu parafilyarioz yaralaridan tomayotgan qonni tekshirish bilan tasdiqlanadi. Bunday qondan bir tomchisi buyum oynasiga tomizilib, 10 baravar kо‘p distillangan suvda suyultirilib, mikroskopda qaralganda parafilyariyning tuxum va lichinkalari aniqlanadi.
Terini onxotserkozga tekshirish.Mikroonxotserkalar, odatda, terining nozik joylarida tо‘planadi. Bularni topish uchun teri biopsiya qilinadi: qorin devorlarining pastki qismida bir oz joyining juni qirqilib, dezinfeksiya qiluvchi eritmalar bilan artiladi, sо‘ngra teri pinset yor-damida ushlanib, Kuper qaychisi bilan suli doni kattaligida qirqib olinadi va yod eritmasi suriladi. Teri parchasi esa probirkaga solinib, og‘zi namlangan paxta bilan mahkam berkitiladi. Laboratoriyada bu teri parchasi soat oynasiga quyilgan fiziologik eritmaga joylashtiriladi. Qaychi va preparoval igna bilan mayda tolalarga ajratiladi, sо‘ngra namunaning hammasi sentrifuga probkalariga solinib, bir necha soat 37-38° li termostatga qо‘yiladi. Teridan chiqqan mikroonxotserkalarning harakatchanligini saqlab qolish uchun fiziologik eritma teng miqdorda qon zardobi bilan aralashtiriladi. Namuna termostatda turgandan keyin teri tolalari olib tashlanib, qolgan qismi suziladi yoki sentrifugada aylantirilib, chо‘kma mikroskopda tekshiriladi.
Mikroonxotserkalar juda harakatchan bо‘lgani uchun osonlik bilan topiladi.