Gelmintokoprologik tekshirish usullari. Juda kо‘p gelmintoz kasalliklarni qо‘zg‘atuvchilarining tuxum va lichinkalari (fastsiola, moniyeziya, diktiokaula va boshqalar) tashqi muhitga tezak bilan chiqariladi. Shunday ekan, tezaklardagi gelmintlarning tuxum va lichinkalarini aniqlash uchun kо‘pincha laboratoriya usuli qо‘llaniladi. Gelmintokoprologik metod sifat va miqdoriy tekshirishlarga bо‘linadi.
Sifat gelmintokoprologik tekshirish usullariorganizmda u yoki bu turdagi gelmintlarni uchratgandagina о‘tkaziladi. Ularning bajarilishi oddiy, faqatgina shartli suratda invaziyaning intensivligini aytish mumkin bо‘lgan miqdoriy tekshirishdan farq qiladi va ishlab chiqarish sharoitida kо‘p qо‘llaniladi.
Sifat gelmintokoprologik tekshirishlarga makrogelmintoskopiya (tezak bilan organizmdan ajralib chiqayotgan yetuk gelmintlarni yoki ularning ayrim bо‘g‘inlari-fragmentlarini kо‘rib topish), gelmintoovoskopiya (tezakda gelmintlar tuxumini uchratish) va gelmintolarvoskopiya (tezakda gelmint lichinkasini topish) usullari kiradi.
Makrogelmintoskopiya usuli.Gelmintsizlantirishdan keyin tezak bilan chiqarilayotgan yetuk gelmintlarni aniqlash uchun о‘tkaziladi. Buning uchun maxsus diagnostik gelmintsizlantirish о‘tkazilgan bо‘lishi mumkin. Tasmasimon chuvalchanglarning bо‘g‘ini yoki bir necha bо‘g‘inlari (fragmenti) ular tanasidan doimiy ravishda ajralib turadi va tezak bilan tashqi muhitga chiqadi. Bunday bо‘g‘inlarning tuzilishiga kо‘ra, ularning qaysi tur gelmintdan ajralganligi aniqlanadi.
Makrogelmintoskopiya usuli odatda mikroskopsiz о‘tkaziladi, ammo mayda gelmintlarni topish uchun (trixostrongilidlar) lupadan foydalanish mumkin. Kattaroq gelmintlar (askarida) hech qanday asbobsiz tayoqcha bilan tezakni maydalab kо‘rish mumkin. Monieziya va Thysaniezia bо‘g‘inlarini hayvonning orqa chiqaruv teshigi atrofidan kо‘rish mumkin, chunki ular tezak bilan anus atrofida va dumga yopishgan bо‘ladi. Avitellina bо‘g‘inlarining kо‘rinishi xarakterli. Mayda (kattaligi tariq doni kabi) oqish rangda bо‘lib, qо‘y va echki qumaloqlarining yuzasiga sezilarli darajada sepilgandek kо‘rinadi. Kо‘pincha tezakni tekshirishdan oldin uni ketma-ket bir necha marta yuvish kerak. Buning uchun tekshiriladigan tezak chelak yoki boshqa idishga solinib, ustidan suv quyiladi, yaxshilab aralashtirib tindiriladi, suyuq qismi boshqa idishga quyiladi, chо‘kmasining ustiga esa yana toza suv quyiladi va aralashtiriladi. Bu ish tiniq chо‘kma hosil bо‘lguncha takrorlanadi. Sо‘ngra chо‘kmaga ozgina suv qо‘shilib, oz-ozdan qora likopchaga solinadi va diqqat bilan tekshiriladi. Mayda parazitlarni topish uchun chо‘kma oddiy lupada yoki shtativli lupada tekshiriladi.
Xulosa ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________