net user Mavzu2 /Add, bu yerda Mavzu2 – yaratilayotgan qayd yozuvining nomi, Add – qayd yozuv parametri (mazkur xolda qo’shish, yaratishni bildiradi). Qayd yozuvining parametrlarini sozlash buyruq satrida boshqa parametrlarini ko’rsatish bilan amalga oshirildi (Net user/?).
Rasm.7.30
3. Yangi qayd yozuvini “Upravlenie kompyuterom” – “Kompyuterni boshqarish” vositasi yordamida yaratish “Upravlenie kompyuterom” – “Kompyuterni boshqarish” oynasini oching.
Quyida keltirilgan bayroqchalarni o’rnating yoki olib tashlang.
Tizimga kelgusi kirishda parolni almashtirishni talab qilish
Foydalanuvchiga parolni almashtirishni ta’qiqlash
Parolning muddati cheklanmagan
Qayd yozuvini o’chirib qo’yish
“Sozdat” – “Yaratish”tugmasini bosing, keyin esa “Zakrыt” – “Yopish” tugmasini bosing.
Eslatma:
“Upravlenie kompyuterom” – “Kompyuterni boshqarish” vositasini ochish uchun “Pusk” – “Boshlash” tugmasini bosing, keyin “Nastroyka” – “Sozlash” va “Panel upravleniya” – “Boshqaruv paneli” buyrug‘ini tanglang. “Administrirovanie” – “Ma’murlash” belgisini ikki martta bosing keyin “Upravlenie kompyuterom” – “Kompyuterni boshqarish” belgisini ikki martta bosing.
Foydalanuvchining nomi mazkur kompyuterdagi boshqa foydalanuvchilar yoki guruhlar nomi bilan bir xil bo’lmasligi kerak. U yuqori yoki quyi registrda 20 ta belgidan iborat bo’lishi mumkin, quyidagi belgilardan tashqari:
" / \ [ ] : ; | = , + * ? < >
Foydalanuvchi nomi faqat nuqta yoki probellardan iborat bo’lishi mumkin emas.
“Parol” va “Podtverjdenie” – “Tasdiq” maydonlarida 127 ta belgidan iborat bo’lgan parol kiritilishi mumkin. Biroq, Windows 2000 yoki Windows XP operatsion tizimli kompyuter Windows 95 yoki Windows 98 boshqaruvi ostidagi kompyuterlar ulangan tarmoqda ishlatilayotgan bo’lsa, u xolda parolning uzunligi 14 belgidan oshmasligi tavsiya etiladi. Agar parolni uzunligi katta bo’lsa, shu kompyuterlar orqali tarmoqqa kirish amalga oshmaydi.