2 Annotatsiya



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/50
tarix08.05.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#109409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Тарих 2 таьлим дастури ва мезони 2022




 



Annotatsiya 
60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo`yicha) bakalavriat yo‟nalishi 
bo‟yicha ikkinchi va undan keyingi ta‟limga kiruvchilarning bilim darajasini sinash 
maqsadida tuzilgan savollar ushbu yo‟nalishda ishlab chiqilgan nazariy asoslar, tamoyillar, 
yo‟nalishlarni o‟z ichiga oladi. 
Mazkur savollar O‟zbekiston Respublikasi Davlat ta‟lim standartiga asoslangan 
xolda, “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos 
ravishda, amaldagi na‟munaviy dasturlar asosida tuzildi. 
60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo`nalishlar bo`yicha) yo„nalishi bo„yicha ikkinchi 
va undan keyingi ta‟limga kiruvchilarning bilim darajasini sinash maqsadida tuzilgan savollar 
ushbu yo„nalishda ishlab chiqilgan nazariy asoslar, tamoyillar, yo„nalishlarni o„z ichiga oladi. 
 Tuzuvchilar:
Erqo‘ziyevA.A.–NamDU Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti, tarix kafedrasi mudiri, dotsent, 
t.f.n.
 
Madrahimov Z.Sh. –NamDU Ijtimoiy iqtisodiy fakulteti, tarix kafedrasi dotsenti
t.f.n.
 
Taqrizchi: t.f.d., prof. A.Rasulov 
 
Dastur NamDU Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasining 2022 yil “___” 
sentabrdagi -sonli yig„ilishida muhokama qilingan va ma‟qullangan 



KIRISh 
O„zbekistonning davlat mustaqilligini qo„lga kiritishi tufayli xalqimizning asriy 
orzusi ushalib, o„z taqdirini hal etish kelajagini o„zi qurish imkoniyatiga ega bo„ldi. 
Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida tub 
ijobiy o„zgarishlar islohotlar bois erkin va demokratik davlat barpo etish bosh 
maqsadga 
aylandi. 
Mamlakatni 
modernizatsiya 
qilish, 
faol 
demokratik 
yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog„liq qator ishlar amalga oshirildi. Shubxasiz 
bunday ulkan o„zgarishlar istiqlolni asrlar davomida orzu qilgan xalqimizning ko„hna 
tarixiga bo„lgan munosabati tubdan o„zgardi. Tarixiy o„tmishga bo„lgan munosabat 
davlat siyosati darajasiga qaratildi. Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida 
ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini 
asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g„oya va 
mafkuralar ta'siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama va 
chuqur tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy 
tariximizni o„qitish orqali ularni yuksak ma'naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. 
Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo„lida 
dastlabki sinovlardan o„tdi. Istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma'naviyatimizni 
tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo„yicha ulkan ishlar amalga 
oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. 
Yangi jamiyat qurish, avvalo, yosh avlodga, ularning ma'naviy dunyosi, kasb-
mahoratiga ham bevosita bog„liqdir. Binobarin, yosh avlodda milliy g„oya, yuksak 
ma'naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog„lom fikrni uyg„otish, ularni 
Vatan, xalq va istiqlol taqdiri uchun g„oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, 
yuksak ma'naviyatli komil inson bo„lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning 
ma'naviy yuksalishi yo„lida “O„zbekiston tarixi” fanining ahamiyati katta kasb etadi. 
Mamlakatimizda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo„yicha O„zbekiston 
Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuniga asoslanib mutaxassislarning kasbiy 
maxoratini ko„tarish va malakali iqtisodchi kadrlarni xalqaro andozalar darajasida 
tayyorlashni takozo etadi. 
Dasturda qo„yilgan mavzu va masalalar 08.00.04-“Qishlok xo„jaligi iqtisodiyoti” 
ixtisosligi bo„yicha talabgorlarning faqatgina shu sohadagi umumiy bilim darajasini 
aniqlash bilan cheklanmasdan, balki shu sohadagi muammolar va ularning 
yechimlarini topish bo„yicha bilimga ega ekanligini namoyish eta olishini talab etadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin