o’qish, Online rejimda dastur xususiy sayti bilan bog’lanish va boshqa ishlarni
bajarish mumkin
“Project Explorer” muloqot oynasida joriy
loyihani tashkil etuvchi
elementlar, masalan s
ahifalar,
ob’ektlar va ularning nomlari haqida axborot
olish, ular bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lamiz.
“Properties” muloqot oynasida
loyiha sahifasining o’zi va sahifadagi har bir ob’ektga xos atributlar ro’yxati aks
etgan bo’lib, bu muloqot oynasi tanlangan ob’ektga qarab o’zgarib turadi. Chunki,
turli ob’ektlarning atributlari turlicha bo’lishi mumkin.
Project Size satrida biz yaratayotgan loyihaning xotira o’lchami
haqidagi
axborot aks etadi. Shu axborotga binoan uni SD yoki DVD ga mos kompilyastiya
qilish variantini tanlash mumkin. Holat satrida joriy ob’ektga xos ma’lumotnomani
chaqirish, loyiha o’lchami, sichqoncha kursori va ob’ektning sahifadagi o’rni
haqida ma’lumot olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: