qilib yangi ko’rinishdagi buyruq tugmalarini yaratish mumkin. Bundan tashqari
loyiha uchun sstenariy kodini yozish ham shu menyuda amalga oshiriladi.
Edit (Pravka). Bu menyu orqali oxirgi bajarilgan amalni bekor qilish yoki
takrorlash, ajratilgan ob’ektni kesib olish, uning nusxasini olish va boshqa joyga
qo’yish, o’chirish, sahifa dublikatini hosil qilish, bir turga mansub ob’ektlarni
guruhlash, ob’ektni “qulflash”, ob’ektni fiksirlab qo’yish va yashirin holatga
o’tkazish kabi ishlarni bajarish mumkin.
Align (Vыravnivanie). Bunda ob’ektning sahifaga (ishchi sohaga) nisbatan
koordinatalar bo’yicha, masalan, gorizontal, vertikal, va boshqa o’lchamlarga
nisbatan joylashuv holatini belgilab olish mumkin.
Page (Stranista). Bu menyu loyihadagi sahifalar uchun xizmat qiladi.
Masalan, loyihaga yangi sahifa qo’shish, mavjud tanlangan sahifani o’chirish,
mavjud sahifaning dublikatini (aynan nusxasini) hosil qilish, sahifaning xossasiga
oid muloqot oynasini chaqirish kabi ishlarni bajarish mumkin.
Object (Ob’ekt). Bu menyuda 24 ta ob’ektni sahifaga qo’yish imkoniyati
mavjud bo’lib, shundan 17 tasi konstruktorlik tizimida ishlatiladigan standart
ob’ektlar bo’lsa, qolgan 7 tasi plagin tarzida tashkil etilgan ob’ektlar bo’lib, ular
“Plugins” buyrug’i orqali sahifaga qo’yiladi, masalan, Calendar, Windows stilidagi
“ Win-Button” nomli buyruq tugmasi, Slider va h.k. Shuningdek, “Properties”
buyrug’idan foydalanib, sahifada belgilangan ob’ektning xossalar oynasini hosil
qilish imkoniyati mavjud.
Dostları ilə paylaş: