Yuqoridagi ko’rilgan masalalar yuzasidan fakultet kengashi yig’ilishi Qaror qiladi: 1.O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabulqilingan buyruqlarni o’quv tarbiya jarayoniga tadbiq yetish to’g’risida fakultet dekani Sh.Qosimovning axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Fakultetda 2023-2024 o’quv yilida ilmiy ishlarning ahvoli va navbatdagi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilsin.
3.Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Allaberdiyeva Kumri Xamrayevna tomonidan maktabgacha ta’lim psixologiya va pedagogika yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Oila psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini chop etishga tavsiya etilsin.
4. 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)-ixtisosligi bo‘yicha tayanch (PhD) doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotchilik olib borayotgan Suyunova Matluba Abdusaidovnaning “Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasi” mavzusi tasdiqlansin va ilmiy rahbar etib - p.f.d.dots. DSc. Norbo’tayev Xo’shboq Bobonazarovich belgilansin.
5.13.00.08-Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi Mamatqulova Shaxnoza O’ktam qizining Falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiyasi “Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni aqliy qobiyatini rivojlantirishda TRIZ ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantirish” mavzusi tasdiqlansin.
6. Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi oʼqituvchilsi M.Saydillayevaning Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlani loyihalashtirishga oid pedagogik texnologiyalrni qo`llash orqali tarbiyalanuvchilar bilan olib borilishi lozim bo’lgan faoliyatni rivojlantirishga mo‘ljallangan “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish ” nomli o’quv qo’llanmasi nashrga tavsiya etilsin.
7. Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3-kurs bakalavriat talabalariga bitiruv malakaviy ishi mavzularni talabalarga berish va ilmiy raxbarlarni birlashtirish ushbu qarorni bajarilishini nazorat qilish maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedra mudiri M.Berdiyeva zimmasiga yuklatilsin.
Fakultet kengashi yig’ilishining raisi: Sh.Qosimov