SO‘ZGA CHIQDI: Kun tartibidagi masala muhokamasida Maktabgacha ta’lim nazariyasi kafedrasi mudiri dots.M.Berdiyeva so‘zga chiqib, maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Allaberdiyeva Kumri Xamrayevnaning “Oila psixologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi bugungi kunda muhim ahamiyatga ega ekanligi, shu kunga qadar maktabgacha ta’lim psixologiya va pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun oila psixologiyasi fanidan o‘quv qo‘llanmasi mavjud emasligi sababli , dolzarb ekanligi haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib chop qilishga tavsiya etishini bildirib o‘tdi.
ESHITILDI: Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani Sh.Qosimov so’zga chiqib Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi M.Suyunova 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha tayanch (PhD) doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotchilik olib borayotgan Suyunova Matluba Abdusaidovnaning “Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasi ” mavzusi va ilmiy rahbarini tasdiqlash to‘g‘risidagi kafedra qarorini o‘qib eshittirdi.
Maʼruzachi o‘z so‘zida 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha “Maktabgacha yoshidagi bolalarda ekologik dunyoqarashni shakllantirish metodikasi” mavzusi yuzasidan kengash aʼzolariga ilmiy rahbarning rozilik xati, ishning asosnomasi mavjudligi haqida maʼlumot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: Ushbu masala yuzasidan katta o‘qituvchi (phd) M.Berdiyev, o‘qituvchi Sh.Qodirova, o‘qituvchi Q.Allaberdiyeva so‘zga chiqib, o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi va o‘z nutqlarida Suyunova Matluba Abdusaidovnaning mushohada yurita oladigan, tajribaga ega mutaxassis ekanligini, dissertatsiya uchun tanlangan mavzusi bugungi davr talabi darajasiga mos mavzu ekanligini aytib mavzuni tasdiqlash taklifini kiritdi.
ESHITILDI: Fakultet dekani Sh.Qosimov (yig‘ilish raisi) - Maktabgacha taʼlim nazariyasi kafedrasi oʼqituvchisi M.Saydillayeva, “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” fanining shakllanishi va rivojlanishi, mohiyati, maqsad va vazifalari, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’limga oid dastur turlari Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish texnologiyasi asosida ta’lim-tarbiya berish, kabi masalalar yoritiladi. O’quv qo’llanmadan oliy o’quv yurtlarining talabalari, professor-o’qituvchilar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog tarbiyachilari hamda shu soha bo’yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislar foydalanishlari uchun “Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish” nomli o’quv qo’llanmasini nashrga tavsiya etish uchun fakultet Kengashiga topshirganligini ta’kidlab o`tdi.
Mazkur o’quv qo‘llanmada hozirda bo‘lajak pedagog kadrlarni ilm-fan, O’zbekistonda va xorijda texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg‘or yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish hamda pedagogik faoliyatni samarali tashkil eta olish malakalarini shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu o’quv qo‘llanmadan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari, “Maktabgacha ta’lim” mutaxassisligi magistrantlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog tarbiyachilari hamda fan o‘qituvchilari o‘z ish faoliyatida foydalanishlari mumkinligini aytib o‘tdi.
Shu ma’noda, mazkur o’quv qo‘llanmani nashrga tavsiya etish maqsadga muvofiqligini aytib o’tdi.