qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida yechilmay kelgan), ayrim
muammolar o‘z yechimini topmaydi (masalan, aylana kvadraturasi,
burchak triseksiyasi va
kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba'zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan
avlodlari diqqat markazidan butunlay yo‘qoladi.
Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:
- U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo‘naltiradi.
- Yangi bilim olishga qarab mo‘ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik sari intiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, «dunyoning birinchi materiyasi nima?», «ob'ekt nima?», «harakat
nima?», «aql nima?» qabilidagi olamshumul muammolar ayrim fanlarning chegaralarinigina
belgilashi mumkin, biroq ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanmaydi.
O‘z-o‘zidan ravshanki, har qanday muammo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Ilmiy muammolar
qolgan turdagi muammolardan shunisi bilan ajralib turadiki, ular ilmiy asoslar negizida qo‘yiladi
va asosan ilmiy bilimni kengaytirish maqsadida ilmiy metodlar yordamida o‘rganiladi.
Teran, samarali yechimini topadigan muammolarni yaratishning umumiy metodi mavjud
emas. Shunga qaramay, fan tarixi ko‘pgina hollarda teran ilmiy va samarali muammolar quyidagi
to‘rt mo‘ljalni ro‘yobga chiqarish paytida yuzaga kelganligidan dalolat beradi:
1) ilgari qo‘yilgan muammolarning taklif qilinayotgan yechimlariga, hatto bu yechimlar
bir qarashda shak-shubhasiz bo‘lib ko‘rinsa ham, tanqidiy yondashish lozim; har qanday holatda
ham ayrim kamchiliklarni topish yoki hyech bo‘lmasa topilgan yechimni umumlashtirish ayrim
holatga tatbiqan muayyanlashtirish mumkin;
2) yangi holatlarga nisbatan ma'lum yechimlarni tatbiq etish,
ularning yaroqli yoki
yaroqsizligini baholash lozim: agar muammoning yechimi o‘z kuchini saqlab qolsa, buning
natijasida nafaqat yechimlar, balki
muammolar ham umumlashtiriladi, agar yechim yaroqsiz
bo‘lsa, muammolarning yangi majmui yuzaga keladi;
3) muayyan muammolarni yangi sohalarga ko‘chirish yoki unga yana bir ko‘rsatkich
kiritish yo‘li bilan ularni umumlashtirishga harakat qilish lozim;
4) muammoning mavjudligini bilimning boshqa sohalaridagi bilimlar bilan bog‘lash,
muammolarni kompleks o‘rganishga harakat qilish kerak.
Umuman olganda, muammolarni tanlash ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, bu yerda
metodikadan ham ko‘ra ko‘proq intuitsiya va tajriba ish beradi.
Ilmiy muammo, didaktik tizim kabi, bilimlar va faoliyat usullarini ijodiy o‘zlashtirish
qonuniyatlariga asoslanadi, u bilish va amaliy faoliyat jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
ijodiy tafakkurni rivojlantirishning samarali vositalaridan biridir.
Ilmiy
muammo bilimlarning izchilligi, ularning fundamentalligi va ixtisoslashuvini
uyg‘unlashtirish, turdosh fanlar metodlaridan foydalanish, bilimlarni ilmiy umumlashtirish va
tizimga solish ko‘nikmalarini
ishlab chiqish, shuningdek o‘rganilayotgan masalalarni tanqidiy
tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga da'vat etadi, yangi
muammolarni mustaqil qo‘yish, ularning yechimlarini izlash va topishga qiziqishni kuchaytiradi.
Ayni vaqtda, ilmiy muammo zarur intellektual keskinlikni vujudga keltiradi, bilish jarayonidagi
qiyinchiliklarni yengish, ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Bosh vazifa – u yoki bu mavzuga mos keladigan muammolarni topish, farqlash va aniq
ta'riflashdir. Puxta ishlab chiqilgan va to‘g‘ri ta'riflangan muammo ilmiy hamda ijodiy jihatdan
diqqatga sazovor bo‘lishi mumkin.
Ilmiy muammo sof informativ xususiyatini yo‘qotadi, tayyor
bilim berishdan iborat
bo‘lmay qoladi va yangi bilim izlash, haqiqiy ijodiy bilish jarayoniga aylanadi. Insonga zarur
bilimlar hajmi jadal sur'atlarda oshib borayotgan hozirgi sharoitda dalillarning ma'lum yig‘indisini
o‘zlashtirishga qarab mo‘ljal olishning o‘zi kifoya qilmaydi. O‘z bilimlarini mustaqil to‘ldirish,
ilmiy va siyosiy axborotlarning jo‘shqin oqimida mo‘ljal olish ko‘nikmasini shakllantirish
muhimdir. Bu tamoyillardan hozirgi davrda inson ega bo‘lgan bilimlarning oddiy yig‘indisi emas,
balki uning bilimlari ijodiy qobiliyati va g‘oyaviy e'tiqodi bilan uyg‘unlikda har tomonlama yetuk
shaxsning bosh mezonidir, degan xulosa kelib chiqadi.