2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi


Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/21
tarix26.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#62319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bilish nazariyasi (2)

Optimizm. Skeptitsizm. Agnostitsizm. Bilish jarayoni rivojlanish qonuniyatlarining 
shakllari, haqiqatning tagiga yetish imkoniyatlari nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Uning har xil 
modellari, yondashuvlari mavjud. Materialistik modellar zamirida dunyoning inson ongida aks 
etish tamoyillari: Demokritda – obrazlar (eydoslar), Yangi davr faylasuflarida – sensor signallari, 
Berklida – sub'ektning sezgilari yotadi. Leybnits bilishni ilohiylashtirilgan g‘oyaning inson tug‘ma 
tushunchalariga ta'siri deb hisoblagan. Gegel taklif qilgan modelning zamirida mutlaq g‘oyani 
anglash yotadi. Max, Avenarius va boshqa sub'ektiv idealistlarda (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) 
bilish jarayoni – bu sezgilarning bo‘sh va tejamli aloqasini amalga oshirishdir.
Inson aqli bilish pillapoyasidan yuqoriga ko‘tarilar ekan, har bir yangi pog‘onada qayta-
qayta quyidagi savolga javob topishga harakat qiladi: dunyoni bilish mumkinmi?, bilishning 
chegaralari bormi? Falsafada bu savollarga javob beruvchi uch asosiy yo‘nalishni farqlash 
mumkin: optimizm, skeptitsizm va agnostitsizm (Kant va boshqalar). Optimistlardunyoni bilish 
mumkinligini ta'kidlaydilar,agnostiklar,aksincha, buni rad etadilar (I.Kant – «narsa o‘zida»). 
Skeptiklardunyoni bilish mumkinligini inkor etmaydilar (XVIII asrda D.Yum), biroq bilimning 
haqiqiyligiga shubha bildiradilar. Odatda, skeptitsizm paradigmalar, qadriyatlar, ijtimoiy tizimlar 
va hokazolar o‘zgarayotgan davrda (yoki uning arafasida), ilgari haqiqiy deb hisoblangan 
xulosalar fan va amaliyot olgan yangi ma'lumotlar nuqtai nazaridan soxta, asossiz bo‘lib chiqqan 
holda ravnaq topadi. Skeptitsizm psixologiyasiga xos xususiyat shundan iboratki, u darhol nafaqat 
eskirgan, balki yangi, shakllanayotgan fikrlar, g‘oyalarni ham toptay boshlaydi. Bu psixologiya 
zamirida tadqiqotchining yangilikka tashnaligi va inson tafakkurining kuchiga bo‘lgan ishonch 
emas, balki qachondir qabul qilingan «qulay» tamoyillarga tayanish yotadi. Skeptitsizm ta'limot 
sifatida, hyech shubhasiz, zararlidir, chunki u insonning bilish borasidagi deyarli barcha 
imkoniyatlarini kamsitadi. 
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning 
nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning 
nimaligini bilmayman va hyech qachon bila olmayman», deb ta'kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-
ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta'biri bilan 
aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani 
qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida 
skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga yetish sari tashlangan 


qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalardan voz kechadi, ularga putur yetkazadi. U – 
rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – 
shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa 
emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-ko‘rona, 
hyech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan 
ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa 
yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda 
aks etadi. Bu narsa yoki hodisa bizning tafakkur va sezgi a'zolarimizda aks etish natijasida qanday 
ko‘rinish kasb etgan bo‘lsa, biz ular haqida shunday ma'lumotga ega bo‘lamiz. Narsalar va 
hodisalar aslida qanday ekanligini biz bilmaymiz va bilishimiz mumkin ham emas. Qarshimizda 
bosh-adog‘i yo‘q dunyo yastanib yotadi, biz esa unga o‘z formulalarimiz, modellarimiz va 
tushunchalarimiz bilan yaqinlashib, cheksizlikni o‘z tasavvurlarimiz bilan ilg‘ab olishga harakat 
qilamiz. Tushunchalar, kategoriyalar va nazariyalar «tugunlari»ni qay darajada qattiq qilib 
tugmaylik, dunyoni tushunib yetishga shu yo‘sinda da'vogar bo‘lishimiz to‘g‘rimi? Bundan chiqdi, 
biz o‘z bilish usullarimiz bilan chegaralangan dunyoda yashaymiz va olam haqida haqqoniy bir 
gap aytishga qodir emasmiz.
Biroq bilish fanining rivojlanishi agnostitsizmning bu amaliy xulosasini har qadamda rad 
etadi. Masalan, pozitivizm asoschisi O.Kont insoniyat Quyoshning kimyoviy tarkibini aniqlashga 
qodir emas, deb ta'kidlagan edi. Biroq keyinchalik spektral analiz yordamida Quyosh tarkibi 
aniqlandi. XIX asr fanining ba'zi bir namoyandalari atomlar amalda mavjud emas, ular faqat 
tafakkur mahsuli, deb hisoblar edi. Biroq E.Rezerford atomlar amalda mavjud ekanligini isbotlab 
berdi, oradan yarim asr o‘tgach, genlarning keng kimyoviy tarkibi aniqlandi.
Shunga 
qaramay, 
bugungi 
kunda 
ham 
agnostik 
xulosalarni 
neopozitivizm, 
fenomenologiya, ekzistensializm, pragmatizm va hokazolarda kuzatish mumkin. Ularning 
agnostitsizmi nafaqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar, ichki mantiq bilan, balki 
ma'lum darajada D.Yum va O.Kont falsafasi boshlab bergan an'ana bilan ham belgilanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin