Tafakkur faqat mulohaza yuritish emas. Tafakkur jarayonida amalda tushunchalar va
mulohazalar alohida o‘rin to‘tmaydi. Ular aqlning yanada murakkabroq harakatlari zanjiri –
mushohadaning bo‘g‘inlari hisoblanadi.
Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada
yuritish jarayonida
mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi.
Xulosa chiqarish tafakkurning
shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi
zamon chegaralaridan o‘tib, sirli
kelajakka nazar tashlashi, hali ma'lum bo‘lmagan narsalarni
oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‘lgan voqyealarni bashorat qilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: