121
6§. Plastik kartochkalar
Plastik kartochka – bu umumlashtirilgan termin bo’lib, u hamma tur
kartochkalarni bajaradigan funktsiyalari, ularning biror-bir belgilanishi, texnik
imkoniyatlarini umumlashtirilgan xolatdir. Hamma turdagi kartochkalarning asosiy
xususiyatlari shundaki, bunda alohida axborot jamlanmasi
va alohida yordamchi
dasturlardan foydalanadi.
Shunday qilib, plastik kartochka - bu shaxsiy to’lov vositasi bo’lib, uni
kartochkadan foydalanuvchi shaxs mahsulot va xizmatlar uchun naqd pulsiz to’lovni
amalga oshirishi uchun taqdim etadi, shuningdek banklar va bankomatlardan naqd
mablag’larni olish uchun ishlatiladi.
To’lov kartochkalari ishlatilishi vaqtida yuzaga keluvchi to’lov majburiyatlarini
bajarilishini kartochkani chiqargan bank emitent kafolatlaydi. Shuning uchun
kartochkalar o’zining amal qilish muddati davomida bankning mulki bo’lib qoladi,
mijozlar uni faqatgina foydalanish uchun oladilar .
Kartochkani mijozga berilishi vaqtida uning shaxsiylashtirilishi amalga
oshiriladi unga ma’lumotlar kiritiladi. Bu ma’lumotlar kartochkani va uning egasini
identifikatsiya qiladi, shuningdek to’lov va naqd pul berilishi vaqtida
kartochkalar
to’lovga layoqatliligini tekshirishga yordam beradi .
Kartochkadan foydalanish jarayonida sotuvning tasdiqlanishi va kartochka
bo’yicha naqd pul berilishi avtorizatsiya deyiladi. Avtorizatsiyani amalga oshirish
uchun xizmat ko’rsatuvchi nuqtalar to’lov tizimiga kartochka egasining xuquqlari va
moliyaviy imkoniyatlarini tasdiqlash uchun so’rov yuboradi.
Avtorizatsiyaning o’tkazilishi to’lov tizimiga kartochka turiga va xizmat
nuqtasining texnik jihozlanishiga bog’liq. Odatda avtorizatsiya qo’lda bajariladi.
Bunda sotuvchi yoki kassir telefon orqali operatorga so’rov yuboradi yoki avtomat
tarzda kartochka POS - terminalga o’rnatiladi. Ma’lumotlar kartochkadan hisoblanib
kassir tomonidan to’lov summasi kiritiladi. Kartochka
egasi tomonidan esa maxsus
klaviatura orqali maxfiy pin kod (PIN personalniy identifikatsionniy nomer)
kiritiladi. Bundan so’ng terminal avtorizatsiyani yo to’lov tizimining ma’lumotlar
bazasi bilan ulangan holda (on – line rejimi) yoki kartochkaning o’zi bilan
qo’shimcha ma’lumot almashinish (of - line rejimi) bilan amalga oshiradi.
Hisob-kitob vaqtida kartochka egasi bir qancha limitlar bilan chegaralanadi.
Misol uchun, debet kartochka egasi o’z schyotiga oldindan mablag’ kiritishi
lozim. Mablag’lar hisobiga karab kartochka egasining limiti aniqlanadi. Ya’ni mijoz
o’z kartochkasidagi mablag’lar chegarasida harakat qilishi lozim va hisobidagi
mablag’larni to’ldirib turishi mumkin.
To’lovning ta’minlanishi uchun kartochka egasi oldindan o’z hisobiga mablag’
kiritmasdan, kredit olishi mumkin. Kredit kartochkani chiqargan bank emitentdan
oladi. Bunday kartochka kredit kartochkasi deb ataladi. Bu holda limit taqdim etilgan
kreditning summasiga bog’liq bo’ladi. Kredit bir martalik
yoki qayta tiklanadigan
bo’ladi. Kreditni qayta tiklash qarzdorlik summasini hammasini yoki uning ma’lum
bir qismini to’lagandan so’ng amalga oshiriladi.
Bu ikkala kartochka ham o’z navbatida korporativ kartochka bo’lishi mumkin.
Korporativ kartochkalar kompaniya tomonidan o’z ishchilariga komandirovka va ish
122
safarlari xarajatlarini qoplash uchun taqdim etiladi
Oilaviy kartochkalar - bunda kartochka bilan foydalanish xuquqi kartochka
egasining oila a’zolariga ham taqdim etiladi. Bunda har bir oila a’zosiga alohida
kartochka taqdim etiladi .
Kartochkani chiqaruvchi bank emitent deb ataladi. Emitent bank kartochkaning
chiqarilishi, uning to’lov vositasi sifatida ishlatilishi bilan bog’liq moliyaviy
majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi. Lekin savdo va xizmat ko’rsatish
korxonalari tomonidan qabul qilinishini ta’minlamaydi.
Bu masalalarni bank ekvayer
bajaradi va savdo nuqtalari bilan kartochka o’rtasidagi amalga oshiriladigan
operatsiyalarni bajaradi. Avtorizatsiya uchun talablarni ko’rib chiqadi. Savdo
nuqtalari hisob-kitob schetiga tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni o’tkazib beradi,
hujjatlarni qabul qilish, ajratish va yuborish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari,
bank ekvayer o’zida va o’z bo’limlarida o’rnatilgan bankomatlar orqali naqd pul
berilishini amalga oshiradi.
Shuni ko’rsatib o’tish kerakki, bank ekvayerning asosiy funktsiyalaridan biri
xizmat ko’rsatish nuqtalariga hisob-kitob va to’lov amalga oshirishidir.
Barcha to’lovlar ma’lum bir to’lov tizimi asosida amalga oshiriladi. Plastik
kartochkalarning to’lov jarayonida ma’lum bir standartga asoslanishi
va uni amalga
oshiruvchi sub’ektlar va usullar barchasi to’lov tizimini tashkil qiladi.
To’lov tizimining yaratilishida asosiy vazifalardan biri tizim tarkibiga kiruvchi
emitentlarning kartochkalariga xizmat kursatish qoidalarini ishlab chiqish va amalga
oshirish, o’zaro hisob-ktoblar va to’lovlarni amalga oshirishdir. Bu qoidalarga
kartochkalar bo’yicha operatsiyalarni texnik tomonini qamrab olib berilgan
ma’lumotlar standarti avtorizatsiya va boshqalar, shuningdek moliyaviy tomonlari
savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalari bilan o’zaro
hisob-kitoblar, banklar o’rtasidagi
hisob-kitob qoidalari, tariflar va boshqalar kiradi.
To’lov tizimi yaxshi rivojlanishi uchun kartochkalarga xizmat ko’rsatishda
texnik qo’llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi nomoliyaviy tashkilot protsessini va
kommunikatsiya markazlari texnik xizmat ko’rsatish markazlari va boshqalar muhim.
Protsessing markazi - bu maxsus xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bo’lib,
ekvayerlardan kelib tushuvchi avtorizatsiya uchun talablar va o’zida kartochka bilan
amalga oshgan to’lovlar va naqd pul berilgan ma’lumotlarni aks ettiruvchi
protokollarni qabul qildi. Buning uchun markaz ma’lumotlar bazasini olib borib unda
to’lov tizimi a’zolari va kartochka egalari aks ettirilgan.
Agar bank emitent o’zida bazasi bo’lmasa (of-line bank) markaz o’zida
kartochka egalarining limitlari haqida ma’lumot va avtorizatsiya uchun talablarni
bajaradi. Aks holda (on-line bank) protsessing markazi
qabul qilingan talabni bank
emitentga yuboradi.
Markaz shuningdek, bank ekvayerga ham javobini yuboradi. Bundan tashqari
bir kunda yig’ilgan tranzaktsiya protokollari asosida protsessing markazi to’lov
tizimining ishtirok etuvchi banklari o’rtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun
oxirgi ma’lumotlarni yig’adi va tarqatadi. Shuningdek protsessing markazlari bank
emitentlarning boshqa yangi kartochkalariga bo’lgan talabini qondirishi mumkin.
Shuni ta’kidlash kerakki, rivojlangan to’lov tizimi bir qancha protsessing
markazlariga ega bo’lishi mumkin ularning rolini bank ekvayerlar ham bajarishi
123
mumkin.
Kommunikatsiya markazlari to’lov tizimi sub’ektlariga ma’lumotlarni
tarqatuvchi tarmoq dasturni ta’minlaydi.
Plastik kartochkalarni o’z xususiyatlari va funktsiyalariga
qarab quyidagi
turlarga bo’linishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: