124
frantsuz injeneri Rolan Monero tomonidan yaratilgan o’z o’rnida smart kartalar 2
turga bo’linadi:
- xotirali kartalar ularda PZU mikrosxemalar o’rnatiladi hajmi 32 Bt dan 8
Kbtgacha.
- asl smart kartalar tarkibida mikroprotsessor xotira ma’lumotning kirim-chiqim
qurilmasi, shuningdek o’z operatsion tizimini o’zida mujassam etgan mikrosxema
bilan ta’minlangan.
Smart kartalar o’z ishonchliligi va ishlatish xarakteristikasi bilan oddiy magnit
kartalardan ustun turadi.
Smart kartalar of-layn rejimida ishlaydi Smart
kartalarning ishlashi moliyaviy ta’minlangan mijozlarning
xaridini nazorat qilishga
yordam beradi. Kartochka egasi tomonidan kartochkaga ma’lum mablag’ yoziladi.
Sotib olingan tovar uchun to’lov rider orqali amalga oshiriladi u kartada bor
mablag’larni tekshiradi va kerakli summani oladi.
Hozirgi vaqtda 200 dan ortiq davlatlarda plastik kartochkalardan to’lov hisob-
kitoblarda foydalanilmoqda.
Plastik kartochkalarning bunchalik ommaviyligining sababi nimada, uning
afzaliklari nimadan iborat degan savollar tug’iladi.
Uning afzalliklari albatta
ommaviyligini ta’minlaydi. Ular quyidagilardan iborat.
1. Xavfsizlikning pasayishi, ya’ni foydalanuvchi o’zi bilan juda ko’p
miqdorda naqd pul olib yurmasligi, boshqa tomondan to’lovni tezda
amalga
oshirishi.
2. Valyuta konvertatsiyasidan xavotir olmaslik, buni bankning o’zi amalga
oshiradi.
3. Byudjet rejasi va nazorati yanada oshadi.
4. Plastik kartochka yo’qolsa, bankka xabar berib o’z hisob-kitob raqamini
muzlatib qo’yish mumkin.
5. Bankka qo’yilgan qo’yilmalarga bank foiz tulaydi.
6. Kartochka egasi naqd pul egasidan ko’proq savdoni amalga oshirishi
mumkin va hakazolar.
Plastik kartochkalarining o’ziga yarasha kamchiliklari mavjud. Mijozlar uchun
kredit kartochkalarining salbiy tomoni shundaki, u xarajatlar bilan bog’liq bo’ladi.
Ular quyidagilar:
1. Plastik kartochka yaratgan afzalliklar uchun haq to’lanishi kerak bo’ladi.
2. Kartochka hamma magazinlar savdo va xizmat ko’rsatish
doirasida xizmat
qilavermaydi.
3. Kartochkadan faqat 18 yoshga to’lganlar foydalanishi mumkin.
Kredit kartochkaga ega bo’lishi uchun avval bank mijozga bir qancha savollar
majmuasidan iborat maxsus blanka to’ldirishini talab etadi.
Unda mijoz haqida, uning moliyaviy ahvoli haqida savollar mavjud bo’ladi.
Ana shu manbalarga asoslanib, bank moliyaviy ahvolga e’tibor berib, saldo
belgilaydi. Agar mijozning moliyaviy ahvoli bankni
qanoatlantirsa mijoz kredit
kartochka egasiga aylanadi.
Mana shu kabi jarayonlar O’zbekistonda ham rivoj topmoqda. Deyarli mavjud
barcha banklarning hammasida plastik kartochka emissiyasi mavjud. Bu borada
125
«O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki», «Tadbirkor bank», «Asaka
bank» kabi banklar boshqa banklarga nisbatan bu kabi kredit kartochkalar emissiyasi,
kartochka turlari ko’pligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: