84
4 Bob. Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha hisob-
kitoblari
1§. To’lov tizimida yagona vakillik hisobraqamining tutgan o’rni, ahamiyati va
unga o’tilishi.
Respublika Markaziy banki bilan jahon banki o’rtasida 1998 yil dekabr oyida
tuzilgan shartnomaga muvofiq Respublika Moliya sohasini rivojlantirish uchun kredit
ajratilgan. Bu loyixa besh yo’nalishga bo’linib amalga oshirilmoqda. Bu
yo’nalishlarning biri «O’zbekiston moliya
soxasining axborot tizimini
takomillashtirish» bo’lib, u o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
1. To’lov tizimini takomillashtirish;
2. Boshqarish uchun axborot tizimini yaratish;
3. Bank telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish;
4. Axborot tizimining muxofazasini yaratish.
Yuqorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish uchun O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan oxirgi 10 yilda bir qator ishlar qilindi. Bu
borada rivojlangan davlatlarning tajribasi o’rganildi va amaliyotga tatbiq qilindi.
Jahon banki maslahatchilari va ekspertlari O’zbekistonga tashrif buyurishganda
barcha banklarning yagona vakillik hisobvarag’iga va yagona balansga o’tishlari
lozimligi belgilab berildi.
Ma’lumki, yirik masshtabdagi banklar resurslarini bitta hisobraqamga tez
yig’ishi va bu raqamdan katta daromad keltiruvchi yirik loyihalarni moliyalashtirish
ancha qiyinchilik tug’diradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning
jahon bozoriga
integratsiyalashuvi va yangi texnologiyalarning rivojlanishi ssuda kapitalining
banklararo bozorda sotilishi va sotib olinishi ilgarigiga nisbatan ancha tezroq amalga
oshirishni talab qila boshladi. Yirik banklar Yaponiyadagi birjalar yopilganda,
Evropa va AQSh birjalari faoliyati uchun 1 soatdan 12 soatgacha bo’lgan kreditlardan
foydalanishi, bundan tashqari transmilliy banklar uchun bir davlatdan ikkinchi
davlatga overnayt kreditlarini amalga oshirish uchun katta pul mablag’larini tez
ko’chirish imkonini beruvchi texnologiyalar bosh
bankda yagona buxgalteriya
balansi, yagona vakillik raqami tizimiga o’tishga undadi.
Tijorat banklarining ilk bor yagona vakillik hisobraqamlariga o’tishi
«Feduayr»
1
tizimi multikorporatsion va transmilliy banklarining yagona vakillik
raqamlari tizimiga o’tish tavsiyasiga ko’ra AQShda amalga oshirildi. Respublikamiz
tijorat banklarining yagona vakillik xisobraqamlariga o’tishi bilan esa mazkur
masalalar yanada jadallashdi. Shuning uchun jahon tajribasini o’rganish alohida
dolzarblik kasb etadi va bank likvidligini boshqarish sohasida amaliy bilimlar tizimi
hamda yig’ilgan tajriba tahlillari va xulosalarini samarali qo’llash imkonini beradi.
Yagona vakillik hisobraqami orqali boshqarishning
mohiyati shundan
iboratki, yirik tijorat banklari bo’limlari o’zlarining vakillik hisobraqamlarini
bosh bankda ochadilar va bosh bank orqali amalga oshiradilar. Ushbu
1
Федуайр тизими А¡Шнинг Федерал резерв тизимида иштирокчи банклар учун кутиш ёки
четга ¢¤йиш режимида эмас, реал ва¢т режимида ¦исоб-китобларни амалга ошириш
имконини беради.
85
tizimning bir qancha ustunlik va qulaylik tomonlari mavjud bo’lib ularning
asosiylari quyidagalardan iborat:
> Tizim ichidagi amalga oshiriluvchi operatsiyalar tezlashadi hamda real vaqt
rejimida ishlaydi;
> Katta daromad keltiruvchi yirik loyixalarni moliyalashtirish uchun resurslarni tez
jamlash imkoni paydo bo’ladi;
> Tizim ichida bo’limlar resurslarini aktiv operatsiyalarga
joylashtirilishi tufayli
vakilllik raqamidagi minimal darajada saqlay oladi va hatto debet qoldiq bo’lganda
ham ishlay oladi;
> Banklararo bozorda resurslar qayta taqsimotida ham bankning raqobatbardoshligini
oshiradi;
Demak, bank muassasasi uchun vakillik xisobrakami shunday hisob-kitob
raqamiki, unda tijorat bankining barcha mablag’lari ya’ni, o’z mablag’lari ham,
xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar mablag’lari ham, shuningdek boshqa jalb etilgan
resurslar ham
saqlanadi. Vakillik hisobraqami orqali banklar mijozlarga xizmat
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalarni, shuningdek xo’jalik sub’ekti
sifatida bank operatsiyalarining o’zini ham amalga oshiradi.
Hozirgi vaqtgacha ana
shu jarayonlarning barchasi juda katta bir sxema ko’rinishida
amalga oshirilardi.
Aytaylik, to’lovchi yoki mablag’ni oluvchiga turli banklarda xizmat
ko’rsatilayotgan bo’lsa yoki banklar bir-birini kreditlash bilan bog’liq bo’lgan
banklararo operatsiyalar hamda naqd pullarning joyini almashtirishga doir vaziyat
sodir bo’ldi deb faraz qilaylik. Bunday hisob-kitoblar har bir tijorat bankining
balansida ochilgan vakillik hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi. O’z navbatida
tijorat banklari filiallarining vakillik hisobraqamlari Markaziy bankning Hisob-kitob
markazida ochilgan. Shunday qilib har qanday to’lov pul mablag’larini o’tkazishning
ko’p bosqichli tizimidan o’tishi lozim bo’ladi. Bitta bankning o’rtasida to’lovlar
amalga oshirilayotganida ham hisob-kitoblarning ana shu sxemasi amal qiladi. Bu
banklararo hisob-kitoblarni tashkil etishning markazlashgan varianti bo’lib, u
samarasiz usul bo’lib hisoblanadi. Banklararo hisob-kitoblar 2002
yilgacha shu
sxema asosida o’tkazilgan. Ilgari bundan voz kechishga texnikaviy jihatlarga oid bir
qancha jiddiy muammolar imkon bermas edi.
Hozirgi kunga kelib barcha ko’pgina tijorat banklari yagona vakillik
hisobraqamiga o’tish bo’yicha ishlarni amalga oshirganlar va banklar o’rtasidagi
hisob-kitoblar yagona hisobvarag’i orqali o’tkazilmaoqda. Yagona vakillik
hisobraqami orqali boshqaruvni amalga oshirish tizimini joriy qilish uchun quyidagi
ishlar amalga oshirilishi kerak edi:
• Bosh bank uchun yangi bank kodi olinadi. Masalan, O’zsanoatqurilish
banki uchun bank kodi 09003 berilgan.
• Bosh bankda o’tish kuniga qadar barcha bo’limlari uchun, shu jumladan
o’zidagi amaliyot boshqarmasiga ham 22204 - «Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha
to’lanadigan mablag’lar», balans hisobraqami ochiladi va har bir bo’limga
shu haqda
xabar beriladi. O’z navbatida har bir bo’lim -«Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha
olinadigan mablag’lar» balans hisobraqamini ochadi va bosh bankka xabar beradi.
• So’ngra bankning bo’limlari memorial order orqali 10301 - «Markaziy
bankdagi vakillik hisobraqami -Nostro» hisobraqamidagi qoldig’ini Bosh bankda
86
ochilgan 22204 - hisobraqamiga, shu jumladan Bosh bankning boshqarmasiga ham
o’tkazadi.
Bunda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dostları ilə paylaş: