Bir bankning turli filiallar mijozlari o’rtasidagi hisob-kitoblarning utish texnologiyasi To’lovlarni o’tkazish va qayta ishlash avtomatik tarzda bajariladi. Bosh bank
filiallarning hisobvarag’larida pul mablag’larining etarliligini nazorat qiladi,
mablag’lar etmaganda mablag’ bilan ta’minlash usullarini ishlab chiqadi
v) Turli banklar o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblar Amaliyotda ko’p hollarda ikki turli banklarning mijozlari bir - birlari bilan
xo’jalik munosabatlarini o’rnatadilar bu esa ushbu banklar o’rtasidagi banklararo
hisob-kitoblarni o’tkazishda bank tipi va bank kodiga alohida e’tibor beriladi.
Bosh bank elektron to’lovlarni qayta ishlab yagona vakillik hisobvarag’i orqali
benifitsior bankka jo’natadi. Bosh bankda bu operatsiyalar dasturiy yo’l bilan
quyidagi provodka bilan ifodalanadi.
Debet 22204 Filiallarga, filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo’yicha
to’lanadigan hisobvaraqlar
Kredit 10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i
Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha elektron to’lovlar kelib tushganda to’lovni
oluvchi bosh bankda dasturiy yo’l bilan ushbu provodka bajariladi.
Debet 10301
Kredit 22204
Filiallar banklararo operatsiyalar bo’yicha elektron to’lovlar kelib tushganda
dasturiy yo’l bilan mijozning hisobvarag’iga mablag’ni tushirish bo’yicha quyidagi
provodkani bajaradi
Debet 16103 Kredit mijozning hisobvarag’i
Bosh bankda kliring natijalari bo’yicha yakunlash operatsiyalari avtomatik
tarzda o’tkaziladi. Yagona balansga o’tganda 16103 va 22204 hisobvaraqlar o’zaro
yopiladi.
Turli banklar o’rtasidagi hisob-kitoblar Toshkent shahar hisob-kitob markazi
orqali bajariladi. Bu operatsiyalarni quyidagi sxema orqali ko’rish mumkin.
8-sxema
Бош банк АТ Пахта банк Банк филиали
инициатори
Тўловчи
Банк филиали
бенифициар
Тўловни олувчи
шартнома