112
Bank mijozning hisobvarag’idan mablag’larni to’g’ri hisobdan chiqarilganligi
va o’tkazilganligi, hamda elektron to’lovlar tizimi bo’yicha axborotni o’z vaqtida
uzatish uchun javobgardir.
Aloqa kanallari orqali mijoz bilan bank o’rtasidagi axborot almashinuvi
shartnomada kelishilgan vaqtda amalga oshiriladi. Yangi amaliyot kuni
boshlanishdan oldin mijoz o’tgan kun bo’yicha o’z depozit hisobvarag’idagi
harakatlar (oborotlar) va qoldiqlarni bank bilan taqqoslab tekshirib olishi shart. Agar
harakatlar va qoldiqlar mos kelsa, mijozga yangi amaliyot kunini boshlash va
hujjatlarni kiritish uchun ruxsat beriladi. Aks holda ular o’rtasidagi farq sabablari
aniqlanadi va mijoz axborot bilan muvofiqlashtiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi
harakatlar va qoldiqlarning taqqoslash natijalaridan qat’iy nazar bank bilan mijoz
o’rtasidagi axborot so’rovnomalari va habarlar almashinishi amalga oshiriladi.
Bu tizim orqali hisob-kitob qilishda mijoz o’z hisobvarag’idan mablag’larni
faqat to’lov topshiriqnomasi shaklida amalga oshiradi.
Bankda mijozlardan aloqa kanallari orqali olingan elektron pul hisob-kitob
hujjatlari, to’lovlar amalga oshirilgandan keyin ikki nusxada bosmaga chiqariladi:
• bir nusxasi umumiy tartibda bankning kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi;
• ikkinchi nusxasi esa taqqoslash uchun pul hisob-kitob hujjatlarining asl
nusxalarini olinguncha bankda qoldiriladi.
Mijoz aloqa kanallari orqali jo’natilgan pul hisob hujjatlarining asl nusxalarini
bankka shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda etkazishi lozim, bunda elektron
hujjatlar
asl nusxa bilan solishtirilib, buxgalter imzosi va unga biriktirilgan bank
shtampi bilan tasdiqlanadi va elektron hujjatlarning nusxalari bilan birgalikda
bankning kunlik hujjatlariga tikib qo’yiladi. Dasturdan foydalanuvchi mijozlarning
pul hujjatlarining asl nusxalarini yuritish uchun bankda alohida hujjat papkalari
yuritiladi.
Dastur orqali mijozning ish tartibi quyidagicha bo’ladi:
Mijoz pul hujjatlarini 60-yo’riqnomaga asosan rasmiylashtiradi. Mijozning
ma’lumotlarini hisob-kitob hujjatining asl nusxasiga asoslangan holda kompyuterga
kiritishni amalga oshiradi. Kompyuterga kiritilgan hujjatlarning ro’yxati bosmadan
chiqarilishi zarur.
Javobgar xodim, ya’ni bosh buxgalter yoki majburiyat yuklangan
boshqa bir shaxs ushbu ro’yxatlarni pul hujjatlarining asl nusxalari bilan taqqoslashi,
ularning mosligini tasdiqlashi va bankka jo’natish uchun ruxsat berishi lozim.
Axborotlar elektron imzo bilan tasdiqlangandan keyin u kriptografik himoyaga o’tadi
va aloqa kanali orqali xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga uzatiladigan elektron fayl
shakllantiriladi. Kriptografik himoyadan o’tgan fayl, mijlzni dahl qilish
imkoniyatidan mahrum qiladi.
Tijorat bankida qabul qilingan axborotlar dasturiy ravishda qayta ishlanadi va
kelib tushgan hujjatlar, elektron pul hisob-kitob hujjatlari,
shaxsiy hisobvaraqlar
ro’yxati shakllanadi.
Mijoz qabul qiligan ma’lumotni kompyuter ekranida ko’rishi va uni bosmaga
chiqarishi mumkin. Mijoz uni o’chirish yoki o’zgartirish imkoniga ega emas. Pul
hisob-kitob hujjatlari bo’yicha bankdan jo’natilgan va qabul qilingan barcha
axborotlar dasturiy ravishda arxivlanadi hamda o’rnatilgan tartibda saqlanadi.
Axborotlarni saqlash muddati tugashi bilan dasturiy ravishda arxivdan o’chiriladi.
113
Arxivga faqat korxonaning javobgar yoki ruxsat berilgan xodimigina kirishi mumkin.
“Bank mijoz” dasturi orqali bankning ish tartibini ko’rib chiqamiz. Mijozlar
bilan axborotlar almashinish uchun bankda xar bitta mijozga alohida pochta qutisi
tashkil etiladi. Mijozlardan kelib tushgan barcha axborotlar dasturiy ravishda
deshifratsiya qilinib, rekvizitli nazoratdan o’tadi va bankning ma’lumotlar bazasiga
“kiritilgan” maqomi ostida tushiriladi. Zarur hollarda bankning javobgar xodimi o’z
ish joyida qo’shimcha tekshirilishi lozim bo’lgan elktron hujjatlarni bosmadan
chiqaradi va bankning tegishli bo’limlari bilan kelishadi. Pul hujjatlari o’rnatilgan
tartibda tekshirilgach, ular tasdiqlanadi va bankning amaliyot
kuniga qayta ishlash
uchun yuboriladi, keyin esa elektron to’lovlar tizimi bo’yicha oluvchiga jo’natiladi.
Mijozning hisobvarag’ida mablag’lar yo’q bo’lgan hollarda, pul hujjatlari bilan butun
fayl qayta ishlashdan chiqarib tashlanadi va mijozning pochta qutisiga qaytariladi,
agar shartnomada yoki boshqa me’riy hujjatlarda boshqasi nazarda tutilmagan bo’lsa.
Elektron to’lovlar tizimi orqali kelib tushgan pul hujjatlari ijro etilgandan so’ng
mijozning pochta qutisiga joylashtiriladi. Kun davomida mijozlardan olingan barcha
ma’lumotlar arxivlanadi va o’rnatilgan tartibda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: