2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/92
tarix11.11.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#68645
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

 
 


118
5§. SWIFT xalqaro to’lovlar tizimi 
Hozirgi paytda foydalanilayotgan bank elektron tizimi bank xa b a r l a r i
v a h i s o b - k i t o b t i z i m i d a n t a r k i b t o p g a n . Ikkalasining ya’ni bank 
xabarlari va hisob-kitob tizimining farqi shundan iboratki, birinchisidan 
operativ jo’natmalar va hujjatlarni saqlash, ikkinchisidan esa a’zolari o’zaro 
talab va majburiyatlarini so’ndirish maqsadida foydalaniladi. Birinchi guruxga 
SWIFT va Bank Wire - banklarning xususiy kapital elektron set tizimi, ikkinchisiga 
esa Fed Wire – AQSh federal zahira tizimiga tegishli tizim; CHIPS – Hyu-york 
xalqaro hisob -kitob to’lov tizimi; CHAPS - London avtomatlashgan xisob -
kitob to’lov tizimi palatasi misol bo’la oladi. Yaponiyada esa «ZENChEKIO» 
xalqaro naqd pulsiz o’tkazmalar banklararo tizimi faoliyat yuritadi. Bularning 
barchasi telekommunikatsiya bilan bog’liq tizimlar hisoblanadi. 
Bank tizimida elektron hisob-kitoblarni tashkil etish xususida so’z borar 
ekan, telekommunikatsiya tizimlari xaqida t o ’ x t a l ma s d a n mu mk i n e ma s .
B i z q u y i d a j a x o n d ag i maxsuslashtirilgan telekommunikatsiya tizimlaridan 
biri xaqida to’xtalib o’tamiz. 
Zarur uskunalar va dasturiy majmualardan foydalangan holda 
maxsuslashtirilgan telekommunikatsiya tarmoqlarini yaratish mumkin. 
Maxsuslashtirilgan telekommunikatsiya tarmog’i deganda banklararo elektron 
axborotlar va to’lovlar, shuningdek, plastik kartochkalarga asoslangan naqd 
pulsiz hisob — kitoblar tizimi tushiniladi. 
SWIFT (Society for World-Wide Interbank Financial Telecommunication) - 
jahon banklararo moliyaviy telekommuni-katsiya uyushmasi bo’lib, jahondagi 
moliyaviy telekommunikatsiya tarmoqlari ichida etakchi o’rinda turadi. 
1950 yillarning oxirlarida xalqaro savdoning shiddat bilan rivojlanishi 
oqibatida bank operatsiyalari soni ortib, aloqaning an’anaviy shakllari (pochta, 
telegraf) banklar talabiga javob bermay qoldi. Banklararo to’lovlarning 
o’tishida har-xil muommolar va xatoliklar paydo bo’la boshladi. 
Banklararo to’lovlarda operatsiyalarning ortishi bilan juda ko’p 
qog’ozlarning ishlatilishi ko’p noqulayliklarni keltirib chiqarar edi. Buning 
oqibatida axborotlarni qog’ozsiz tarzda uzatishga ehtiyoj sezila boshlandi. 
1960 yilga kelib 60 ta Amerika va Evropa banklari xalqaro bank tizimlari 
ishini andozalashtirish maqsadida muhokamaga yig’ildi. 
Bu yig’ilishda banklararo to’lovlarni o’tkazishda kompyuter 
texnikalaridan va telekommunikatsiya uskunalaridan foydalanish kelishib 
olindi. Ushbu uskunalar asosida tez va havfsiz axborot uzatish tizimini 
yaratishga kelishildi. 
Bu loyiha quyidagilarga javob berishi lozim edi
■ To’lov muomalalari qog’ozsiz tarzda va imkon darajada ratsional 
ishlashi; 
■ Telekommunikatsiya uskunalaridan foydalangan holda 
banklararo axborotlarni almashishini tezlashishi; 
■ Bank xatarlari minimallashuvi (masalan yo’qotishlar, 
to’lovlarning xato ketishi, qalbaki to’lovlar va hakozo); 


119
1973 yil may oyida Belgiya qonunchiligi asosida 15 ta davlatning 239ta 
banki SWIFTni ta’sis etdilar. Keyingi 4 yil tashkiliy va texnikaviy masalalarni 
xal etishga qaratildi. 
1977 yilga kelib SWIFTning ochilishi, ya’ni tarmoqning ishga 
tushirilishi bo’ldi. Shu yilning oxirigacha bank a’zolari soni 
586taga etdi. Bir kunda trafik 50000 ta axborot uzatilishi 
ta’minlandi. . 
Hozirgi vaqtda SWIFTdan 155 davlatning 4800ta banklari va bank 
bo’lmagan moliya tashkilotlari foydalanadilar. Bulardan 2700tasi banklar 
hisoblanadi. Bu bank va moliya tashkilotlari joylashgan hududlardan qatiy 
nazar 365 kun davomida kecha-kunduz bir-biri bilan aloqa o’rnatishi 
mumkin. Hozir SWIFT orqali bir kunda 5 million moliyaviy axborot uzatiladi. 
SWIFT - bu egalari bank - a’zolari bo’lgan aktsionerlik jamiyat 
hisoblanadi. Yuqorida aytilgandek, bu jamiyat Bel’giyada ro’yxatga olingan. 
Shtab - kvartirasi Bryusseldan uncha uzoq bo’lmagan La-Ulp shahrida 
joylashgan. Ushbu aktsionerlik jamiyati Belgiya qonunchiligi asosida faoliyat 
yuritadi. Yuqori organi bank a’zolarining umumiy yig’ilishi hisoblanadi. 
Barcha qarorlar assambleyaning qatnashuvchilarining ko’pchilik ovozi 
orqali qabul qilinadi. Bunda bir aktsiya - bir ovoz hisoblanadi. Aktsiyalar 
axborotlarni uzatish soniga qarab taqsimlanadi. AQSh, Germaniya, 
Shveytsariya, Frantsiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda aktsiyalar soni 
birmuncha ko’p. 
SWIFTga milliy qonunchiligida xalqaro bank muomalalarini amalga 
oshirishga ruxsati bor har bir davlatning banki a’zo bo’lishi mumkin. 
O’zbekistonning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki SWIFTda 
birinchi tranzaktsiyalarini 1993 yilning sentyabr oyida amalga oshirdi. Hozirgi 
paytda O’zbekistonning eng yirik banklaridan Xalq banki ham ushbu 
tizimga a’zoga bo’ldi. 
SWIFTga a’zo bo’lish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
• ■Birinchi bosqichda jamiyat a’zoligiga kirish va bankning tarmoqqa 
qo’shilish uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshishi. Bu bosqichda a’zolik 
bo’yicha ariza taqdim etiladi, jamiyatning muomala xarajatlari uchun 
to’lovlarni o’tkazadi, bank manzilillari bo’yicha paket hujjatlarni 
jamiyatga jo’natadi. SWIFTning Direktorlar kengashi bu hujjatlarni ko’rib 
chiqadi va jamiyatga bankning qabul qilish yoki qabul qilmaslik bo’yicha 
o’z qarorlarini qabul qiladi. Ushbu qaror ijobiy bo’lsa, bank nomzod bir 
marotabalik to’lovni amalga oshirishi va bir dona aktsiyani sotib olish 
huquqini qo’lga kiritadi. SWIFTga a’zo bo’lish juda qimmat turadi. Bir 
marotabalik badal 400000 Belgiya frankini tashkil etadi. Bundan tashqari 
bank a’zo bir dona jamiyat aktsiyasini sotib olishi zarurligi xususida to’xtalib 
o’tgan edik. Ushbu jamiyatning aktsiyasining narxi 55000 Belgiya franki 
miqdorida turadi. 
• ■Ikkinchi bosqichda bankning tarmoqqa ulanishi bilan bog’liq masala 
hal etiladi. Bu barcha texnik masalalar, shuningdek, bank telekommunikatsiya 
uskunalarini harid qilish (bu uskunalarga taxminan 100000 AQSh dollari 


120
atrofida mablag’ sarflash lozim bo’ladi) va ushbu tarmoqda ishlash uchun 
hodimlarni tayyorlash, ya’ni o’qitish ishlarini amalga oshish masalalari 
hisoblanadi. 
Tarmoqqa qo’shilish vaqti yilning mart, iyun, sentyabr va dekabr 
oylarining birinchi dushanbasi hisoblanadi. 
SWIFTning kamchiliklari va avfzalliklari mavjud. 
SWIFT foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi; 
■ Tarmoq axborotlarni uzatishda fizik, texnik va tashkiliy 
ucullar orqali to’liq xavfsizlikni ta’minlaydi; 
■ Axborotlarni uzatishning ishonchliligi mavjud; 
■ Aloqalar arzon narxda; 
■ Jahonning istalgan nuqtasidan axborotlarni tez uzatish imkoniyati 
mavjud bo’lib, bu axborotlarni uzatish 20 minutni tashkil etadi. 
Axborotlarning zaruriyatiga karab bu muddat 1-5 minutni tashkil etishi mumkin. 
■ Barcha to’lov hujjatlari bir andozada bo’ladi. Bu esa 
ma’lumotlarni ishlashda engilliklar tug’diradi. 
■ SWIFT o’z foydalanuvchilari uchun moliyaviy himoyani 
kafolatlaydi. Agar SWIFTning aybi bilan kun davomida belgilangan joyga 
to’lov etib bormasa, shu to’lov bilan bog’liq barcha xarajatlarni tarmoq o’z 
zimmasiga oladi. 
SWIFTning katta kamchiligi bo’lib, foydalanuvchilar nuqtai nazaridan 
qaraganda bu tizimga kirishning o’ta qimmatligidir. SWIFTga kirish uchun 
bank 160-200 ming AQSh dollari miqdorida xarajat qilishga to’g’ri keladi. 
Bu esa o’rta va kichik banklarga qiyinchilik va bir qancha muaommolarni 
tug’diradi. Bundan tashqari, ichki tashkiliy texnik tizimning murakkabligidir. 
(buzilishlar va boshqa texnik muammolarning kelib chiqishi mumkinligi) 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin