82
a) Bank rahbari bilan amaldagi mehnat shartnomasiga muvofiq to’liq moddiy
javobgarlik to’g’risida yozma shartnoma
tuzilgan xodimga;
b) Bosh buxgalterga (bosh buxgalter bo’lmagan hollarda, uning o’rinbosariga).
HTV ga texnik xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan shaxslar hamda
HTVdan foydalanuvchilar “O’zbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron
axborotlarni muhofazalashni tashkil etish to’g’risida”gi yo’riqnoma, texnik
vositalarini
ishlatish buyicha yuriqnomalar, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish
tartibini belgilovchi boshqa me’yoriy xujjatlarni o’rganib chiqqach, ularning bilimi
tekshirib ko’rilgandan keyingina ishga qo’yiladi.
HTV shovqindan to’silgan, tashqaridan begonalarni
kuzatishi mumkin
bo’lmagan, ishonchli himoyalangan xonalarda o’rnatiladi. Ushbu xonalar quyidagi
jihozlanish talablariga javob berishi shart:
a) Mustahkam devorlar va ishonchli to’siqlarga ega bo’lishi;
b) Maxsus kodli qulflar yoki boshqa ishonchli qulflar o’rnatilgan mustahkam
eshiklar bilan jihozlanishi;
v) Derazalar xonaga kirishdan himoya qilish vositalariga ega bo’lishi,
shuningdek begona shaxslarning ko’z yoki maxsus qurilmalar bilan
kuzatishidan himoya
qiluvchi deraza pardalari, zarur hollarda, Ichki Ishlar
organlari qo’riqlash bo’linmalari bilan bog’langan ogohlantirish qo’rilmalari
bilan jihozlangan bo’lishi;
d) g’ng’in xavfsizligi talablariga javob berishi.
HTV o’rnatilgan xonalarga radio nuqtalar, elektr soatlar va boshqa kam
quvvatli qurilmalarni o’rnatish, hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
HTV o’rnatiladigan xonalar axborotni ishonchli muhofazalash
zarurligini
hisobga olgan holda tanlanishi lozim. Aloqa texnologik uchastkalar bir – biridan
ajratiladi. Har bir xonada faqat unga kirish huquqiga ega bo’lgan kishilargina
ishlashlari zarur.
Bank siri ma’lumotlari yozilgan tashqi magnit tashuvchilarni (disketlar, CD
disklari, strimmer lentalari va h.k) saqlashga mo’ljallangan xonalar esa maxsus metall
shkaflar yoki seyflar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Ish faoliyati HTV bilan bog’liq bo’lgan rahbarlar tegishli mutaxasislar va
yuridik xizmat xodimlari bilan birgalikda quyidagi tadbirlarni
amalga oshirilishini
ta’minlashlari zarur:
a) Tegishli bankka yoki uning bo’linmasiga taa’luqli bo’lgan bank sirini
tashkil etuvchi ma’lumotlar ro’yxatini aniqlash;
b) Zarur hollarda, etkazilgan zararni qoplash maqsadida qonunchilik
talablaridan
kelib chiqqan holda, ko’rsatilgan axborotlarga ega bo’lgan har
bir xodim bilan «Bank siri» va boshqa xizmat ma’lumotlarini sir saqlash
buyicha majburiyatnomani imzolash;
v) Bank siri axborotlari HTV dan chiqib ketishi, bunday ma’lumotlar
oshkor qilinishini hamda HTVlarni yuqolishi yoki o’g’irlanishining oldini
olish, qushimcha nurlanish va kuzatishlar bo’lmasligi choralarini ko’rish.
g) HTV da ishlaydigan shaxslar sonini cheklash choralarini ko’rish, bank
siri axborotlaridan foydalanish uchun belgilangan
tartibga rioya qilish;
d) HTVni “viruslar” dan himoya qilish maqsadida kompyuter tashkil
83
etuvchi qismlarni va dasturlarni ruxsatsiz o’zgartirishga, ekspert tasdig’idan
o’tmagan va foydalanishga tavsiya etilmagan dasturlarni, shuningdek,
kompyuter o’yinlarini o’rnatishga yo’l ko’ymaslik;
e) O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning HTV larni ishlatish
jarayonida axborotlarni muhofazalash bo’yicha me’yoriy
xujjatlari
talablariga rioya qilishni nazorat etish;
j) Muntazam ravishda xodimlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni
amalga oshirish va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: