2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


Bob. Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha hisob-



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/145
tarix27.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#51645
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145
19.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y.

4 Bob. Tijorat banklarining yagona vakillik hisobvarag’i bo’yicha hisob-
kitoblari 
 
1§. To’lov tizimida yagona vakillik hisobraqamining tutgan o’rni, ahamiyati va 
unga o’tilishi. 
 
Respublika Markaziy banki bilan jahon banki o’rtasida 1998 yil dekabr oyida 
tuzilgan shartnomaga muvofiq Respublika Moliya sohasini rivojlantirish uchun kredit 
ajratilgan. Bu loyixa besh yo’nalishga bo’linib amalga oshirilmoqda. Bu 
yo’nalishlarning biri «O’zbekiston moliya soxasining axborot tizimini 
takomillashtirish» bo’lib, u o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi: 
1.  To’lov tizimini takomillashtirish; 
2.  Boshqarish uchun axborot tizimini yaratish; 
3.  Bank telekommunikatsiya tizimini rivojlantirish; 
4.  Axborot tizimining muxofazasini yaratish. 
Yuqorida belgilab berilgan vazifalarni bajarish uchun O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan oxirgi 10 yilda bir qator ishlar qilindi. Bu 
borada rivojlangan davlatlarning tajribasi o’rganildi va amaliyotga tatbiq qilindi. 
Jahon banki maslahatchilari va ekspertlari O’zbekistonga tashrif buyurishganda 
barcha banklarning yagona vakillik hisobvarag’iga va yagona balansga o’tishlari 
lozimligi belgilab berildi. 
Ma’lumki, yirik masshtabdagi banklar resurslarini bitta hisobraqamga tez 
yig’ishi va bu raqamdan katta daromad keltiruvchi yirik loyihalarni moliyalashtirish 
ancha qiyinchilik tug’diradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga 
integratsiyalashuvi va yangi texnologiyalarning rivojlanishi ssuda kapitalining 
banklararo bozorda sotilishi va sotib olinishi ilgarigiga nisbatan ancha tezroq amalga 
oshirishni talab qila boshladi. Yirik banklar Yaponiyadagi birjalar yopilganda, 
Evropa va AQSh birjalari faoliyati uchun 1 soatdan 12 soatgacha bo’lgan kreditlardan 
foydalanishi, bundan tashqari transmilliy banklar uchun bir davlatdan ikkinchi 
davlatga overnayt kreditlarini amalga oshirish uchun katta pul mablag’larini tez 
ko’chirish imkonini beruvchi texnologiyalar bosh bankda yagona buxgalteriya 
balansi, yagona vakillik raqami tizimiga o’tishga undadi. 
Tijorat banklarining ilk bor yagona vakillik hisobraqamlariga o’tishi 
«Feduayr»
1
 tizimi multikorporatsion va transmilliy banklarining yagona vakillik 
raqamlari tizimiga o’tish tavsiyasiga ko’ra AQShda amalga oshirildi. Respublikamiz 
tijorat banklarining yagona vakillik xisobraqamlariga o’tishi bilan esa mazkur 
masalalar yanada jadallashdi. Shuning uchun jahon tajribasini o’rganish alohida 
dolzarblik kasb etadi va bank likvidligini boshqarish sohasida amaliy bilimlar tizimi 
hamda yig’ilgan tajriba tahlillari va xulosalarini samarali qo’llash imkonini beradi. 
Yagona vakillik hisobraqami orqali boshqarishning mohiyati shundan 
iboratki, yirik tijorat banklari bo’limlari o’zlarining vakillik hisobraqamlarini 
bosh bankda ochadilar va bosh bank orqali amalga oshiradilar. Ushbu 
                                                           
1
 Федуайр тизими А¡Шнинг Федерал резерв тизимида иштирокчи банклар учун кутиш ёки 
четга ¢¤йиш режимида эмас, реал ва¢т режимида ¦исоб-китобларни амалга ошириш 
имконини беради. 


 
85
tizimning bir qancha ustunlik va qulaylik tomonlari mavjud bo’lib ularning 
asosiylari quyidagalardan iborat: 
> Tizim ichidagi amalga oshiriluvchi operatsiyalar tezlashadi hamda real vaqt 
rejimida ishlaydi; 
> Katta daromad keltiruvchi yirik loyixalarni moliyalashtirish uchun resurslarni tez 
jamlash imkoni paydo bo’ladi; 
> Tizim ichida bo’limlar resurslarini aktiv operatsiyalarga joylashtirilishi tufayli 
vakilllik raqamidagi minimal darajada saqlay oladi va hatto debet qoldiq bo’lganda 
ham ishlay oladi;  
> Banklararo bozorda resurslar qayta taqsimotida ham bankning raqobatbardoshligini 
oshiradi; 
Demak, bank muassasasi uchun vakillik xisobrakami shunday hisob-kitob 
raqamiki, unda tijorat bankining barcha mablag’lari ya’ni, o’z mablag’lari ham, 
xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar mablag’lari ham, shuningdek boshqa jalb etilgan 
resurslar ham  saqlanadi. Vakillik hisobraqami orqali banklar mijozlarga xizmat 
ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalarni, shuningdek xo’jalik sub’ekti 
sifatida bank operatsiyalarining o’zini ham amalga oshiradi. Hozirgi vaqtgacha ana 
shu jarayonlarning barchasi juda katta bir sxema ko’rinishida amalga oshirilardi. 
Aytaylik, to’lovchi yoki mablag’ni oluvchiga turli banklarda xizmat 
ko’rsatilayotgan bo’lsa yoki banklar bir-birini kreditlash bilan bog’liq bo’lgan 
banklararo operatsiyalar hamda naqd pullarning joyini almashtirishga doir vaziyat 
sodir bo’ldi deb faraz qilaylik. Bunday hisob-kitoblar har bir tijorat bankining 
balansida ochilgan vakillik hisobraqamlari orqali amalga oshiriladi. O’z navbatida 
tijorat banklari filiallarining vakillik hisobraqamlari Markaziy bankning Hisob-kitob 
markazida ochilgan. Shunday qilib har qanday to’lov pul mablag’larini o’tkazishning 
ko’p bosqichli tizimidan o’tishi lozim bo’ladi. Bitta bankning o’rtasida to’lovlar 
amalga oshirilayotganida ham hisob-kitoblarning ana shu sxemasi amal qiladi. Bu 
banklararo hisob-kitoblarni tashkil etishning markazlashgan varianti bo’lib, u 
samarasiz usul bo’lib hisoblanadi. Banklararo hisob-kitoblar 2002 yilgacha shu 
sxema asosida o’tkazilgan. Ilgari bundan voz kechishga texnikaviy jihatlarga oid bir 
qancha jiddiy muammolar imkon bermas edi. 
Hozirgi kunga kelib barcha ko’pgina tijorat banklari yagona vakillik 
hisobraqamiga o’tish bo’yicha ishlarni amalga oshirganlar va banklar o’rtasidagi 
hisob-kitoblar yagona hisobvarag’i orqali o’tkazilmaoqda. Yagona vakillik 
hisobraqami orqali boshqaruvni amalga oshirish tizimini joriy qilish uchun quyidagi 
ishlar amalga oshirilishi kerak edi:  
•  Bosh bank uchun yangi bank kodi olinadi. Masalan, O’zsanoatqurilish 
banki uchun bank kodi 09003 berilgan. 
•  Bosh bankda o’tish kuniga qadar barcha bo’limlari uchun, shu jumladan 
o’zidagi amaliyot boshqarmasiga ham 22204 - «Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
to’lanadigan mablag’lar», balans hisobraqami ochiladi va har bir bo’limga shu haqda 
xabar beriladi. O’z navbatida har bir bo’lim -«Banklararo hisob-kitoblar bo’yicha 
olinadigan mablag’lar» balans hisobraqamini ochadi va bosh bankka xabar beradi. 
•  So’ngra bankning bo’limlari memorial order orqali 10301 - «Markaziy 
bankdagi vakillik hisobraqami -Nostro» hisobraqamidagi qoldig’ini Bosh bankda 


 
86
ochilgan 22204 - hisobraqamiga, shu jumladan Bosh bankning boshqarmasiga ham 
o’tkazadi. 
Bunda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:  

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin