2-bob. Qadimgi sharq mamlakatlari



Yüklə 59,29 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü59,29 Kb.
#200576
tarix


2-BOB. QADIMGI SHARQ MAMLAKATLARI 2.1. QADIMGI MISR M is r- Nil in’omi. Nil vodiysi har ikkala qirg'oq bo'ylab 3 dan to 22 km gacha kenglikdagi va 6 ming km uzunlikdagi sug'oriladigan yerlardir. Misrliklar Nil daryosini ilohiylashtirishgan, yangi yil uning toshqinidan boshlangan. Misr atrofini o'rab turgan cho'llar tabiiy himoya to'sig'i bo'lgan, qolaversa, cho'ldan qimmatbaho metallar, toshlar qazib olingan. Vodiyliklar yurtga «M is r»- «Qora tuproq» deb nom berganlar. Mil. av. 4-mingyillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg'oqlaridagi yerlarni o'zlashtirishga kirishdilar. Misrliklarxo'ialiai. Misrlik dehqonlar bug'doy va arpa ekishar, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to'qilardi. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi. Misr dehqonlari yoz oylarida dam olishar, urug'likni ekishga hozirlashardi, bu davrda barcha dalalarni suv bosgan bo'lardi. Kuzda dalalarga urug' sochishar, sug'orish uchun kanallar va ariqlarni tozalashardi. Qishda esa hosil yig'im-terimi boshlangan. Qadimgi Misr hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-kori bo'lgan. Mischilar misni eritsa, temirchilar undan mehnat quroli quyishardi. Kulollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasashar, mustahkamlanishi uchun xumdonda pishirishardi. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishardi. Oddiy misriiklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlar uylari esa somon qo'shib qorilgan loydan yasalgan, oftobda quritilgan xom g'ishtdan qurilgan. Fir'avn saroylari va 8 ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Ustalar va duradgorlar deraza va eshiklar, har xil ro'zg'orbop mebellaryasashardi. Kemasozlar qamishdan qayiqlar, yog'ochdan esa kemalar qurishardi. Ko'nchilar va to’quvchilar kiyim-kechak uchun materiallar tayyorlashar, tikuvchilar liboslar tikishardi. Misr davlatinino tashkil tooishi. Mil. av. 4-mingyillik oxirida tarqoq manzilgohlar «nom» deb atalgan ilk davlatlarga birlashdi. Olimlar Misr tarixini Ilk (taxm. mil. av. 3000 - 2800), Qadimgi (mil. av. 2658 - 2150), 0 ‘rta (mil. av. 2100 - 1750), Yangi (mil. av. 1550 -1 0 7 6 ) va So'nggi podsholik (mil. av. 1070 - 332)davrlariga ajratishgan. Bu vaqt davomida Misrda 30 ta sulola hukmronlik qildi, fir’avnlarning soni esa 200 dan ortadi. Dastlab Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan: bittasi Quyi Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. av. 3000-yili ikkala davlat o'rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr podshosi Menes g'alaba qozondi. Menes birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori, ya’ni fir'avn bo'ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt - Memfis shahri barpo etildi. Menesdan keying! barcha fir’avnlar yoki oq toj (Yuqori Misr ramzi), yoki qizil toj (Quyi Misr ramzi) yoxud ikkala rangdagi toj (ikki hudud biriigi ramzi) kiyishgan. Vaqt o'tishi bilan «nom»lar hukmdorlari o'z mol-mulkini ko'paytirib oldi. Misr tag'in mustaqil davlatlarga aylangan alohida «nom»larga parchalanib ketdi. 200 yildan so'ngra mamlakatning qayta birlashuvi ro'y berdi. Shu tariqa O'rta podsholik hukmronligi davri boshlandi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri edi. 2.2. MISR VA QO'SHNI XALQLAR Qadimai misriiklarning ao'shnilari. Misr janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo'lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo'ylab oltin, smola (qatron), fil suyagi, nodir navli yog'ochlarni ayirboshlash uchun borishardi. Misr g'arbida Liviya joylashgandi. Sahro aholisi ko'chmanchi chorvadorlar bo'lgan. Arabiston sahrosida hech kirn istiqomat qilmas, ammo u orqali o'tadigan yo'l Sinay yarimoroliga borar, bu yerda esa mis qazib olinardi. Sinay yarimorolidan shimolroqda Falastin, uning yonboshida Suriya joylashgandi. Bu mamlakatlar mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy edi. Falastin va Suriyadan misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va qimmatbaho toshlarni ham olib kelishardi. Misrliklar istilolari. O'rta podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olindi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to'lay boshlashdi. Fir’avnlar Nubiya va Liviyaga ham hujum qilib shaharlami taladilar, asirlar, chorva mollari 9 va boshqa boyliklarni egallab oldilar. O'rta podsholik fir’avnlari Janubiy Falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo'shib olishga erishdilar. Mil. av. XVIII asr oxirida ko'chmanchi giksos qabilalari Misrga hujum qildi. Giksoslarning asosiy kuchi yengil aravalar - ot qo'shilgan aravalar hisoblangan. Quyi Mismi bosib olgan giksoslar misrliklar shahar va qishloqlariga hujum qildi, ularni ayovsiz taladi va odamlarni asirlikka olib ketdi. Bu paytda O'rta podsholik ko'plab mayda «nom»larga bo’linib ketgandi, ular giksoslarga soliq to'lardi. Faqat Fiva shahri hukmdorlarigina giksoslarga itoat qilmadilar. Bosqinchilar istibdodidan xalos bo'lish taraddudiga tushgan «nom»lar hukmdorlari Fiva shahri tevaragida birlasha boshlashdi. Ko'p o'tmasdan Yuqori Misrning barcha «normlari Fiva «nom»i fir’avni tevaragida birlashdi. Bir qancha janglarda fir’avn Yaxmos giksoslarni mag'lub etib, bosqinchilami Misrdan quvib chiqardi. Itoatsiz hukmdorlarni o'ziga bo'ysundirgan Yaxmos yangi fir’avnlar sulolasi asoschisiga aylandi, ana shu davrdan Yangi podsholik davri boshlandi. Yurishlar natiialari. Mamlakatni ozod qilgan Yangi podsholik hukmdorlari qo'shni davlatlar bilan urushni endi bosqinchi sifatida davom ettirishdi. O'z armiyasini qilichlar va tabarzinlar- dastasi uzun jangovar oyboltalar, jangovar aravalar bilan qurollantirgan fir’avnlar Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga hujumni boshlab yubordilar. Bir necha yurishlardan keyin deyarli butun Nubiya Misrga qo'shib olindi, Liviya qabilalari soliq to'lashga majbur etildi. Mil. av. 1500-yillar atrofida fir’avn Tutmos II katta yurishlar tashkillashtirishga erishdi. Falastin va Suriyani istilo qilish boshlandi, bir necha o'n yil davom etgan urushlarda erksevar qabilalarni uzil-kesil bo'ysundira olishmadi. Faqatgina Tutmos III Falastinni bosib oldi. Bo'ysundirilgan xalqlar ozodlik yo'lida kurashardilar. Misr fir’avnlari bir necha yil mahalliy qabilalar bilan urushdilar. Natijada davlat zaiflashdi, Yangi podsholik ham alohida «nom»larga parchalanib ketdi. Mil. av. VII asrda Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati yuksala boshladi. Ammo mil. av. VI asrda Misrga yangi bir dushman bostirib kirdi. Ahamoniylar shohi Kambiz mil. av. 525-yili Mismi bosib oldi. Keyinchalik Misr makedoniyalik Aleksandr saltanati (mil. av. 332-yil) tarkibiga kirdi. Uning vafotidan so'ng Misrda poytaxti Aleksandriya bo'lgan Ptolemeylar davlati tashkil topdi. Misrning so'nggi hukmdori Kleopatra bo'ldi (mil. av. 51 - 30-yillar). Keyinchalik Misr Rim imperiyasiga qo'shib olindi va uning provinsiyasiga aylantirildi. 10 2.3. QADIMGI MISR DINI Misriiklarning xudolari. Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas birbo'lagi bo'lgan. Misrliklar xudolarning bir necha joni mavjud: ularning biri hayvon tanasida, boshqasi esa hayvon haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o'rnatilgan. Kohinlar, ibodatxona ruhoniylari xudolarni dindorlar in'om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi deb hisoblashgan. Misrliklar o'z xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdan aw al ulardan maslahat, madad yoki rozilik so'rashardi. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o'z xudosi - Ptax bo'lgan. Ptax, misrliklar e’tiqodicha, olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o'rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko'rishning iloji yo'q. Shuning uchun Raxning Yer yuzidagi qiyofasi Apis, u peshanasi va belida oq qashqasi bo'lgan qora ho'kiz timsolida tasavvur etilgan. Mil. av. 2000-yildan Quyosh xudosi Amon-Ra degan iloh esa fir’avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra bo'lgan, so'ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Geliopolda Quyosh xudosi Raning ibodatxonasi joylashgan. Xapi Nil xudosi - Misrdagi hayotning birlamchi manbayi va posboni, Osiris yer osti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo'lib, o'z xalqini dehqonchilikka o'rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o'ldiradi. Ammo Osirisning singlisi Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan. O'shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo'lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abides shahrida hozirgacha saqlanib qolgan. Shoqol yoki shoqol boshli inson qiyofasida tasaw ur qilingan Anubis marhumlar saltanati hukmdori, mushuk qiyofasiga ega Bastet quvonch, musiqa va raqs ilohi, qiyshiq oyoqli dumli mitti odam qiyofasida tasvirlangan Bes esa oila va onalik homiysi hisoblangan. Kohinlar va ibodatxonalar. Kohinlar xudolar va insonlar o'rtasidagi vositachi bo'lishgan. Misrliklar e’tiqodicha, mabodo yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa, xudolar odamlarga madad bermay qo'yadilar. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag'ishlardilar. Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug'lik sochish va yig'ishtirib olish muddatini aniq bilishardi. Bosh kohin lavozimi avloddan avlodga meros bo'lib o'tardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar ulkan yer-mulklarga egalik 11 qilardi. Har bir zafarli bosqinchilik yurishidan keyin fir’avnlar o’ljaning bir qismini ibodatxonalarga hadya etardilar. Ibodatxonalarda xudolarning haykalchalari turar, iloh yoki ilohaning ruhi ular orqali odamlarga murojaat qilardi. Ibodatxona ichkarisiga faqat kohinlar kira olardi. Oddiy odamlarning ko'pchiligi faqat hadyalar berish va xudolarga munojot qilish uchun ibodatxona darvozasiga yaqinroq kela olishardi, xolos. Ibodatxonadagi kotiblar esa xudolarga o'tinchnomalarni yozib berishardi. Har kuni tongda, peshinda va kun botayotganda kohinlar xudolarga qurbonliklar bag'ishlardilar. 2.4. PIRAMIDALAR VA MAQBARALAR Fir’avnlar. Misrliklar e’tiqodicha, fir’avn yer yuzida ham, o'lganidan keyin ham iloh hisoblangan. Fir’avnlar Quyosh xudosi Raning o’g’illari sanalgan, mamlakatdagi barcha hosildor yerlar, tilla va mis konlari ularga tegishli edi. Davlat boshlig’i sifatida fir’avn sudlov tizimi va qo'shinni boshqargan, xorijiy elchilarni qabul qilgan. Fir’avn odamlar oldida yalangbosh ko’rinishi mumkin emasdi. U Yuqori Misr toji, Quyi Misrtoji, qo'shaloq toj, harbiy sarkarda dubulg’asi yoki bosh kiyim kiyishi mumkin edi. Fir’avn hokimiyat ramzlari - aso va qamchini olib yurgan. Piramidalar qurilishi. Qadimgi va O'rta podsholiklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar fir’avnlar dafn etiladigan joy - maqbaralar bo'lgan. Eng mashhur piramidalar Giza shahri atrofida uch fir’avn - Xufu, Xafra va Menkaura uchun barpo etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo'jizasidan biri, ularorasida ham hozirga qadar saqlanib qolgan yagona inshootlardir. Eng katta piramida Xufu (yunonlar Xeops deb atagan) uchun mil. av. 2600-yili qurilgan. Uning balandligi 147 m. Piramida har biri ikki tonnadan og'irroq 2,5 mln dona tosh bloklardan tashkil topgan. Toshlar shunchalik aniq kesilgan va taroshlanganki, ular o'rtasidagi yoriq 0,5 mm dan ham oshmaydi. Piramidalarda fir’avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut - sarkofag joylashgandi. Misrliklar inson vafot etganidan so'ng o'zga bir olamga yo'l oladi, bu hayotda foydalangan narsalarning hammasi narigi dunyoda ham kerak deb hisoblashgan. Dahmalar ichi esa munojotlar va qarg'ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan, ular fir’avnni himoya qilishi va o'zga hayotga o'tayotganida unga yordam berishi mo'ljallangan. Yirik piramidalarni o'rtacha 20 yil davomida qurishgan. Piramidalarni sfinkslar - tanasi arslon va boshi odamnikisimon ulkan haykallar qo'riqlardi. Yangi podsholik davrida piramida qurmay qo'yishdi. Fir’avnlar- 12 ni tog'larga o'yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo'lishdi. Eng mashhur maqbara fir'avn Tutanxamonga tegishli bo'lgan. Mumivolash. Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o'sha yerda umrini davom ettiradi deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog'liq. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo'yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak, inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo'ladi, u vafot etganidan so'ng ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Agar yurak og'irroq kelsa, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo'lib chiqadi, badbashara maxluqlarga yemish bo'ladi. Osiris qarshisida go'zal qiyofada qad rostlash uchun misrliklar marhumni mumiyolashgan. Odatda, mumiyolash 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilgandan keyin ko'pdan ko'p matolar bilan o'rab-chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezatishgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo'yilgan. Shu taxlit ishlov berilgan inson mayiti mumiyo deyilgan. Hayvonlar ham mumiyolangan, chunki misrliklar xudolar Yer yuzida hayvon qiyofasiga kirishiga ishonishgan. Mumiyolash boy-badavlat insonlargagina nasib etardi, xolos. Misrliklar diniy e’tiqodiga ko'ra, xudolar ko'pincha muqaddas hayvonlar qiyofasida gavdalangan. Misrliklar xudolari bir talay bo'lgani tufayli, deyarli barcha hayvonlar xudo deb hisoblangan. Mushuk, ho'kiz, sigir, arslon, lochin, ilon va boshqalarni muqaddas hayvonlar deb bilishgan. Hasharotlar orasida qo'ng'iz alohida hurmat-e’tiborga sazovor edi. Misrliklar Yer shari ham qo'ng'iz dumalatib borayotgan sharcha singari osmon kengliklarida aylanib, kezib yuradi deb hisoblashgan. Shuning uchun qo'ng'izlar Quyoshning yordamchilari hisoblangan. Jismida Bastet degan iloha gavdalangan mushuk sharafiga uyushtirilgan bayramlarda Misrning jami aholisi ishtirok etgan. Muqaddas hayvonlarni ham xuddi vafot etgan odamlar singari mumiyolashgan, izzat-ikrom bilan dafn etishgan. 2.5. QADIMGI MISR MADANIYATI Yozuv. Qadimgi misrliklar yozuvi ilk yozuvlardan biri sanaladi. Avvaliga har bir so'z rasm ko'rinishida yozilgan. Yozuvdan qarg'ishlar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan, shuning uchun uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb atashgan. Yozuvlar maq- 13 baralar devorlari va xudolar haykallariga chekib yozilgan. Qadimgi yunonlar ulami «iyerogliflar» deyishgan («toshga chekilgan muqaddas bitiklar» ma’nosini anglatadi). Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat. Har bir so'z o'zida bir qancha ramz va timsollarni ifoda etgan. lyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog'ozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo'yoqlar siyoh vazifasini o’tagan. Ta’lim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozardilar. Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, katta imtiyozlarga ega bo'lib, izzat-hurmat ko'rganlar. Iveroaliflar sinning kashf etilishi. Taniqli fransuz olimi Jak Fransua Shampolyon 1822-yili Misr iyerogliflarini o'qish kalitini topdi. Bu kashfiyotga 1799-yili Qohira shahridan uncha uzoq bo'lmagan Rozett shahri yaqinidan topilgan qadimgi misr va yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sababchi bo'ldi. Olim matnlarni taqqoslab ko’rib har bir iyeroglif anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoniga ega bo'ldi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Nazariv bilimlar. Misrlik ziroatchilar qachon urug'likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig'ishtirib olishni bilishlari zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa astronomiya dunyoga keldi. Misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib belgilashdi, birinchi taqvimni tuzishdi, 365 kunni 30 kundan 12 oyga taqsimlashdi, ortib qolgan 5 kunni esa bayram kunlari sanab hisobga kiritishmadi. Misrliklar tomonidan tuzilgan osmonda yulduzlar joylashuvi xaritasi hozirga qadar saqlangan. Misrliklar dengizlar va sahrolarda yulduzlarga qarab mo'ljal olishgan, yo'lni belgilashgan. Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon, hajmni o'lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani yuzaga keldi. Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, balki kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. Matematika fani ham ana shu asosda taraqqiy etdi. Misrliklarga tibbiyot yaxshigina tanish bo'lgan. Mumiyolangan mayitlarni tayyorlay turib misrliklar odamning ichki tuzilishini ham yaxshi o'rganganlar. Tomir urishiga qarab inson kasalliklari sabablarini aniqlashgan. Davolash muolajasida ko'katlar damlamasi, mineral suvlarva tuzdan keng foydalanganlar. Misr shaharlarida tabiblarga ta’lim beruvchi maxsus maktablar bo'lgan. Misriiklarning tarixga oid ma’lumotlari ibodatxonalar devorlariga, papirusga va charmga yozgan bitiklarida saqlanib qolgan. Turin papirusi bizga qadar saqlangan, unda podsholar sulolasi xronologik izchillikda 14 keltirilgan. Megido shahridagi ibodatxona devorida podsho Tutmos III ning yurishi to'g'risidagi kitoblar saqlangan. Misrda asosiy lchov biriigi «tirsak» bo'lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo'lgan uzunlikka teng edi. Qo'llar uzunligi turlichaligi bois, «podsho tirsagi» degan yagona o'lchov joriy etilgan, u 52,5 sm ga teng bo'lgan. Bundan ham qisqa uzunliklarni o'lchashda kaft yoki barmoqlardan foydalanilgan. 28 ta barmoq yoki 7 ta kaft o'lchami bir «tirsak»ni tashkil etgan. Misrda vaqt suv soatlari yordamida o'lchangan, u 24 ta bo'lmaga ajratilgan maxsus idish bo'lgan. Bir bo'lmadan ikkinchisiga oqib o'tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan. Misriiklarning ko'plab kashfiyotlaridan hozir ham foydalanilmoqda: kalendar, bir qancha osmon burjlari nomi va hokazo. Adabivot. Xattotlar mehnati tufayli misriiklarning badiiy asarlari bizgacha yetib kelgan. Ertaklar, afsonalar, asotirlar, xudolar va podsholarga madhiya va qasidalar keng tarqalgandi. Aksariyat asarlarda real hodisalar to'qima voqealar bilan qorishib ketgan. Odamlar xatti-harakatiga xudolar aralashadi, ezgulikyovuzlik ustidan g'alaba qozonadi. Masalan, «Haqiqat va QingMrlik haqida ertak»da Qing'irlik Haqiqat ustidan sud o'tkazgani, ko'zlarini ko'r qilgani to'g'risida hikoya qilinadi. Ertak Adolatsizlik ustidan Haqiqatning tantana qilishi bilan yakunlanadi. «Og‘a-inilar» degan ertakda aka-uka dehqonlar turmushi tasvirlanadi, zolim fir’avn timsoli yoritiladi. 2.6. MESOPOTAMIYA Tabiiv sharoit. Dajla va Frot daryolari oralig'idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atama tarjimasi Ikkidaryolik yoki Ikki daryo oralig'i degan ma’noni anglatadi. Mesopotamiyada jahondagi eng qadimiy miflardan biri - Yer yuzini suv bosishi to'g'risidagi To'fon rivoyati dunyoga keldi. Xurmo daraxtini Mesopotamiya ahli «hayot daraxti» deyishgan. Bir tup daraxt 50 kg gacha hosil bergan. Xurmo danagidan qoramollarni boqish uchun yem tayyorlangan. Xurmo danaklarini temirchilik ustaxonalarida o'tin o'rnida ham ishlatishgan. Yog'och beradigan o'rmonlar yo'qligi uchun, uylarni tuproq va toshdan qurishgan. Mesopotamiyaning qadimiy aholisi bo'lgan shumerlar, bobilliklar, suriyaliklar, forslar va akkadlar shaharlarda yashashgan, yuksak madaniyatga ega bo'lishgan. Mil. av. 4-mingyillikda Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi. Ular Janubiy Mesopotamiyaga joylashib, bu yurtni Shumer deb atadilar. Mamlakatning Akkad deb nomlangan shimoliy qismiga akkadlar o'rnashdi. Mil. 15 av. 3-mingyillik oxirida shumerlarga singishib ketgan akkadlar butun Mesopotamiyani egallab oldilar. Mesopotamiya aholisinina masha'ulotlari. Mesopotamiya aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik bo'lgan. Mesopotamiya aholisining eng katta yutuqlaridan biri irrigatsiya edi. Ziroatkorlar ekin maydonlarini sug'orish uchun kanallar qazishgan, qurg'oqchilik paytida foydalanish maqsadida suv omborlariga daryo suvini to'plashgan. Mesopotamiyada yog'och, tosh, metall singari xo'jalik uchun zarur materiallar bo'lmagan, ammo don mo'l-ko'l yetishtirilar, chorva mollari ko'p edi. Shuning uchun Mesopotamiya aholisi savdo-sotiq bilan ham shug'ullanardi. Qo'shni Kavkazorti va Eron o'lkalaridan donga ayirboshlab oltin, kumush, qalay va noyob toshlarni keltirishardi. Suriyadan esa kedr (sidra) yog'ochi keltirilardi. Metall buyumlar, zeb-ziynatlar, qurol-yarog' va kulolchilik buyumlari, ayniqsa, qadrlangan. Savdo-sotiqda kumush quymasi ko'rinishidagi metall tangalar ishlatilgan. Mesopotamiyadagi og'irlik lchovi «mino» 550 g kumushga barobar edi. Shumerlar eng qadimgi yozuv - mixxatni ixtiro qilishgan. Uchi o'tkirlangan tayoqchalar bilan loy taxtalarga yozishgan. Shahar-davlatlar. Asta-sekin manzilgohlar kengaya bordi, mil. av. 4-mingyillik oxirida Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur va boshqa shaharlar vujudga keldi. Ular shahar-davlatlar deb nomlangan, shaharning o'zi va unga tutash dehqonchilik tumanlaridan iborat bo'lgan. Xudo nomidan kohinlar hukmdorlik qilar, xudolar ibodatxonasi esa davlatdagi hokimiyat markazi edi. Mesopotamiyadagi zikkuratlar xom g'ishtdan terib chiqilgan zinapoyali muhtasham inshoot ko'rinishida bo'lgan. Uning yuqorisida ibodatxona joylashar, zikkuratdan yulduzlarni kuzatishardi. Shahar-davlatlar tepasida hukmdorlar turardi. Bundan 5000 yil muqaddam Shumer shahar-davlatlari orasida eng qudratlisi Ur shahri edi. Mesopotamiyadagi katta-katta yer mulklari hukmdorlar va kohinlar qo'l ostida bo'lgan. Dalalarga qullarva erkin yollanma mehnatkashlar ishlov berishgan. Shaharlar tevaragida istiqomat qiluvchi aholi kichik-kichik yer ulushlariga egalik qilishardi. O'z oilasini boqish uchun kambag'allar podsho va ibodatxona mulklarida mehnat qilardilar. Mil. av. 3-mingyillik o'rtalarida Lagash davlati yuksala boshladi, Shumer va Akkadning ko'pgina shaharlari Lagashga qo'shib olindi. Shumer shaharlari mudofaa devorlari bilan o'rab olingandi. Shaharning bosh darvozasidan boshlangan ko'chalar markaziy maydonga, ibodatxona va hukmdor saroyiga borardi. Qurilish tosh, xom va pish- 16 gan g'isht bilan amalga oshirilgan. Lagashdagi ibodatxona xudolar va qahramonlar haykallari bilan bezatilgandi. Urush paytida shahar aholisi sardorni saylagan. Bora-bora ularning nufuzi ortdi, sardorlar muntazam hukmronlik qila boshladilar. Ularni podsholar deb atashgan. Podsho shahar-davlatni aslzodalar, kohinlar va qo'shinga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilardi. Gilaamesh haaidaai rivovat. Mesopotamiyaning eng sevimli qahramoni Gilgamesh mil. av. XXVII - XXVI asrlarda Uruk shahri podshosi bo'lgan. Afsonada aytilishicha, Gilgamesh dunyoga kelgandan keyin, bobosi nevarasi undan taxtni tortib olishidan tashvishlangani sababli Gilgameshni jarga tashlab yuborishga farmoyish beradi. Jarga uchib borayotgan Gilgameshni burgut tutib olib, bir bog'bonga eltib beradi, bog'bon Gilgameshni mehr bilan parvarishlaydi. Balog'atga yetgan Gilgamesh bobosidan hokimiyatni tortib oladi, o'zi Uruk shahrini boshqarishga kirishadi. Xudolar Gilgameshga qarshi unga teng kuchli bo'lgan jangchi Enkidu degan pahlavonni yaratishadi. Ikki o'rtadagi jangda g'olib aniqlanmagach, sobiq raqiblar do'stga aylanishadi. Ikkalasi bir bo'lib yovuz maxluqotlarga qarshi kurashadilar, buning uchun xudolar Enkiduni jazolashadi va qahramon qazo qiladi. Boqiy hayotga erishish uchun Gilgamesh dengiz tubida o'sadigan sehrli giyohni izlab topadi, uni o'z xalqi bilan baham ko'rishga qaror qiladi. Ammo iziga qaytayotganida bir ko'lda cho'milib turganida, gulning isini ilon sezib qoladi va mehrigiyoni o'g'irlab ketadi. O'shandan beri ilonlar po'stini tashlab yoshararkan. Gilgamesh esa jonajon shahri devorlari uni xalos etishini, ezgu ishlari o'zini umrboqiy qilishini tushunib yetadi. Akkadning vuksalishi. Shahar-davlatlar bir-biri bilan tinimsiz urushardi. Ana shu urushlar natijasida Sargon I butun Shumer podshosi bo'lib oladi. Mil. av. 3-mingyillik o'rtalarida u Akkadni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi. Savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Sargon I barcha shaharlar uchun yagona uzunlik, maydon va og'irlik lchovini joriy etadi. Jahon tarixida birinchi bo'lib muntazam qo'shin tuzadi. Bu lashkar 5400 nafar jangchidan iborat bo'lgan, keyin esa Sargonga ko'plab shaharlar va mamlakatlarni zabt etishga imkoniyat yaratgan katta armiyaning asosiga aylandi. Sargon Mesopotamiyadan Arabiston, Eron va Hindistonga boradigan dengiz savdo yo'llarini egallab oldi. O'z hukmronligining so'ngida Sargon I «to'rt iqlim podshosi» unvonini oldi. Yagona davlat uzoq yashamadi. Sargon vafotidan keyin bir-biri bilan kurashni davom ettirgan ko'plab shahar-davlatlarga bo'linib ketdi. Mil. av. 2-mingyillikda Shumer-Akkad davlati ko'chmanchi qabilalar zarbasidan parchalandi. 17 2.7. BOBIL PODSHOLIGI Bobil. Mil. av. 2-mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o'ringa ega bo'lib, Frot va Dajla daryolari o'zanlari deyarli bir-biriga qo'shilib ketadigan makonda joylashgandi. Kemalarda suzib kelgan aksariyat savdogaiiar bu shaharga qnib tishardi. «Bobil» so'zining o'zi esa «xudolar darvozasi» degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo'lgan. Bobilning bosh ko'chasi g'alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Mil. av. XVIII asrda Bobil podshosi Xammurapi (mil. av. 1792 -1750) butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga erishdi. Uning hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylandi. Xammurapi aonunlari. Xammurapi qonunlari hamma uchun birdek bo'lgan. Qonunlar matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o'rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo'yiladi. Basharti shifokor amalga oshirgan operatsiya natijasida bemor bevaqt vafot etsa, shifokorning panjalari kesib tashlanishi shart bo'lgan. Mabodo arxitektor qurgan uy to'satdan yiqilib birorkishinibosib qolsa, arxitektorqat! etilishilozim bo'lgan. Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o'z oila a ’zolarini qarz bergan kishiga uch yil muddatga qullikka berishi shart edi. Mabodo ayblanuvchi jabrlanuvchining ko'zlahga jarohat yetkazgan bo'lsa, o'zi ham shunday jazolanishi, ko'zlariga jarohat yetkazilishi shart edi. Yong'in mahalida o'g'irlik ustida qo'lga tushgan kimsa o'sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o'g'ri esa o'zganing mulkiga suqilib kirgan jo y id a o'ldirilar, o'sha yerning o'zida ko'mib yuborilardi. Xammurapi qonunlari xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun ularni og'ishmasdan bajarish talab qilinardi. Qat'iyligi va ayovsizligiga qaramay, Xammurapi qonunlari jamiyat rivojiga imkoniyat у a rati b berdi, negaki talon-toroj, o'g'irlik va davlat mulkini o'marish kabi jinoyatlar deyarli sodir etilmasdi. Xammurapi deyarli o'ttiz yil davomida qo'shni mamlakatlarni o'ziga bo'ysundirish uchun tinimsiz urush olib bordi. Uning vafotidan keyin Bobil tag'in 150 yil davomida poytaxt bo'lib qoldi, keyin tog'lik kassitlar qabilasi shaharni bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga zamin hozirladi, uzoq davom etgan yemirilish mil. av. VII asrda Yangi Bobil podsholigi vujudga kelishi bilan yakunlandi. Yangi Bobil podsholigi. Navoxudonosor II hukmronligi davrida Bobil o'z ravnaqining cho'qqisiga erishadi. Bu hukmd podsholigiga qo'shib oladi. lyerusalim (Quddus)ni у Misfw-Y, vayron qilit angi Bobif ------- -- tititifetytff. Navoiy 201S/&: " nomidagi I f f я O’zbekiston MK 18 Bobil shahri qalinligi 6 m, uzunligi 18 km li devor bilan o'raladi. Shaharning sakkiz darvozadan iborat ichki devori ham barpo etildi, darvozalar hayvonlar va qushlar tasviri tushirilgan niliy naqshinkor tosh taxtachalar bilan bezatilgan. Ayniqsa, tantanalar o'tkazishga mo'ljallangan Ishtar darvozasi mahobatli edi, unga 575 ta buqa tasviri tushirilgan. Navoxudonosor II turarjoy binolari va mudofaa devorlari qurilishida pishgan g'isht ishlatish to'g'risida farmon beradi. Eronliklar lashkari 539-yili Bobilni zabt etadi. Shu paytdan Yangi Bobil podsholigi Ahamoniylar davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Aleksandr vafotidan so'ng Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Bobil madaniyati. Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o'choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri - Shumer mixxati mil. av. 4-m ingyillikda vujudga kelgan. Bu yozuv dastavval «suv», «quyosh» va boshqa alohida so'zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo'lgan. Hukmdorlar saroylari va ibodatxonalarda zodagonlar va badavlat odamlar oilalari farzandlari ta’lim oladigan maktablar tashkil etilgandi. O'quvchilar qotmagan loy taxtachalarga suyak va yog'ochdan yasalgan tayoqchalar bilan yozganlar. Loy taxtachalar avval oftobda quritilgan, so'ngra xumdonlarda pishirilgan. Bu taxtachalar ilk kitoblar bo'lib, o'quvchilar asotirlar va afsonalarni ko'chirib yozishgan, o'simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro'yxatlar tuzishgan. Loy taxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o'tilgan. Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratganlar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar - munajjimlar astronomiyaga oid bilimlarga ega bo'lganlar. Eng qadimgi rasadxonalar zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. Mesopotamiyada zoologiya, biologiya, kimyo va tibbiyotga oid bilimlar ham ravnaq topdi. Mil. av. 3-mingyillikdayoq bu yerda turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo'yicha dasturilamal tuzilgandi. Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda Fors ko'rfazi va Arabiston dengizi bo'ylab suzish imkonini bergan, olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgandi. Dinive'tiaod. Shumerlar ko'plab xudolarga e’tiqod qilganlar. Dastlab har bir shaharning o'z xudosi bor edi. Mil. av. 3-mingyillikda shaharlarning birlashishi bilan xudolarning umumiy panteoni vujudga keldi. Xudolar otasi va osmon xudosi An bosh ilohga aylandi. Uning o'g'li Enlil yer va 19 havo xudosi hisoblangan. Xammurapi davrida Marduk bosh xudoga aylangan. Suvlar hukmdori bo'lgan Enki insonni yaratgan va unga homiylik qiladi deb tushunishgan. Quyosh xudosi Shamash alohida ehtiromga sazovor bo'lgan. Shamash oliy hakam hisoblangan, yomon ishlari uchun odamlarni sud qilgan. Shuningdek, Oy xudosi Sina, suv xudosi Ea qadrlangan, hosildorlik va sevgi, urush va g'alaba ilohasi Ishtar ikki yuzli bo'lgan. Mesopotamiyaliklar yer yuzidagi barcha voqea-hodisalar xudolar irodasi bilan yuz berishiga ishonishgan. Xudolarning marhamatiga erishish uchun ibodatxonalar qurish, qurbonliklar keltirish, ibodat qilish kerak deb hisoblashgan. Kohinlar xudolar va insonlar o'rtasida vositachi bo'lgan. Xett podsholigi. Mil. av. 2-m ingyillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan, Xett, Mitanni, Ossuriya, Urartu, Finikiya shahar-davlatlari. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlarida kun kechirishgan. Taxminan mil. av. XVIII asrda Kichik Osiyo markazida (hozirgi Turkiya hududida) xettlar degan shimollik xalq o'z davlatiga asos soladi. Xattusa shahri ana shu davlatning poytaxti bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va chorvachilik edi. Xettlar qo'shni mamlakatlar bilan tinimsiz urushlar olib borishgan. Jangovar aravalar va qoq o'rtasiga temir uchlik o'rnatilgan qalqonlardan foydalanishgan. Xettlar Suriyaning anchagina shaharlarini bosib olib, Bobilni talon-toroj qilganlar. Hozirgi Suriya hududida vujudga kelgan Mitanni davlati xettlarning eng xavfli raqibiga aylangan. Urushlarda mitanniliklar otliq qo'shindan foydalanishgan, xettlar poytaxti Xattusani bosib olish chog'ida otliq qo'shin hal qiluvchi rol o'ynagandi. Shunga qaramay, mil. av. XIV asr boshlarida Xett podsholigi tag'in kuchaya boshlaydi. Xettlar O'rta yer dengizi sohilini qaytarib oladilar, Mitanni podsholigini zabt etadilar. Faqat Ossuriya tahdidi xavfi ostida xettlar Misr hukmdori bilan sulh tuzishga majbur bo'ladilar. Ossuriyaliklar Bobilni bosib oladilar, ammo xettlar ularning tazyiqini to'xtatishga erishadilar. Mil. av. XIII asr oxirida tarixda nomlari noma’lum xalqlar (ularni «dengiz xalqlari» deb atashgan) xettlar poytaxtini bosib olib, butunlay vayronaga aylantirdi. Davlat nuradi, xettlar esa boshqa xalqlarga singishib ketdi. Ossuriva podsholigi. Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Dajla daryosi yuqori oqimidagi kichikroq hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri poytaxt bo'lgan. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va savdo-sotiq edi. Ossuriyaliklar davlati mil. av. XX asr atroflarida vujudga keldi. Ossuriyaliklar jangari xalq bo'lgan. Ular qo'shni 20 hududlarga tez-tez hujum qilib turardilar. Ossuriyaliklarning qudratli lashkari har yili yangi yerlarni zabt etishga otlanardi. Bo'ysundirilgan xalqlar Ossuriya hukmdoriga katta miqdorda soliq to'lardi. Mil. av. XIII asrda podsho Salmanasar hukmronligi davrida Ossuriya podsholigi o'z ravnaqining cho'qqisiga erishadi. Mil. av. VIII - VII asrlarda Ossuriya podsholigi qayta yuksalgan davrda Bobil, Bibl, Tir, Sidon va Falastinning bir qismi ham bosib olinadi. Quddus shahrini bosib olgan ossuriyaliklar qal’a devorlarini, uylar va ibodatxonalarni buzib tashlab, aholini asirlikka haydab ketadilar. Hukmdorlarining haddan tashqari shafqatsizligi sababli Ossuriya poytaxti Nineviyani «qonga botgan shahar» yoki «sherlar darasi» deya ta’riflashgan. Yurishlarda talab tortib olingan hamma narsa poytaxtga oqib kelardi. Ulug'vor saroylar va ibodatxonalar boylikka to'lib ketgandi. Oshshurbanipal hukmronligi yillarida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik sopol taxtachalardan iborat bo'lgan kutubxona jamlangandi. Asta-sekin Ossuriya davlati zaiflashib bordi. Mil. av. 627-yili dastlab Bobil, so'ngra Midiya Ossuriyadan ajralib chiqdi. Keyin Bobil va Midiya birlashib, bir hamla bilan Oshshur va Nineviyani mil. av. 612-yili zabt etishdi. Mil. av. 605-yili Ossuriya armiyasi batamom qirib tashlangandan keyin, bu davlat ham zavolga yuz tutdi. Urartu podsholigi. Urartu davlati Kavkazortida, Van, Urmiya va Sevan kollari oralig'ida joylashgandi. Aholisini urartlar deyishgan. Yagona davlat tashkil topishi Ossuriya hujumlaridan mudofaa qilish zarurati tufayli yanada tezlashdi. Ossuriyaliklarni tor-mor etish imkoniyati bo'lmagan Urartu qo'shinlari to'g'ridan to'g'ri janglarga kirmaslik taktikasiga amal qilardilar. Mil. av. IX asrda Sardur hukmronligi davrida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri mamlakat poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar, ossuriyaliklar ustidan g'alaba qozonadilar. Ammo mil. av. 704-yili ossuriyaliklar qo'shinlari urartlar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bir qancha Urartu hukmdorlari davrida jamlangan xazina g'oliblar qo'liga o'tdi. Teyshebani shahridagi qal’a ishg'ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu ancha zaiflashib qoldi, uni ko'chmanchi skif qabilalari va Midiya podsholigi o'ziga tobe ayladi. Mil. av. 590-yili Urartu podsholigi ham tarix sahnasidan ketdi. Finikiva va Falastin. Qadim zamonlarda Finikiya O'rta yer dengizining sharqiy qirg'og'i bo'ylab, hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgandi. Finikiyaliklar dehqonchilik bilan shug'ullanganlar, bog'lar va uzumzorlarni parvarishlaganlar. Finikiya ninabargli d a ra xt- 21 kedrli o'rmonlarga kon edi. Kedr yog'ochidan kemalar yasashardi. Kedr qatroni (smolasi) mumiyo tayyorlash uchun Misrga keltirilardi. Savdosotiq finikiyaliklarning asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan. Finikiyaliklar qo'shnilariga yog'och, metallar va gazlamalar sotardilar. O'rta yer dengizi sohilida Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengizbo'yi shaharlari vujudga keldi. Finikiyaliklar dengizchilik ishini a’lo darajada bilishgan. Mil. av. 2-mingyillikdayoq ular Kipr oroli va Kichik Osiyo sohillarida koloniyalarga asos soldilar. Shundan keyin finikiyaliklar Afrika, Ispaniya sohillari, Sardiniya va Sitsiliya orollarida ham paydo bo'lishdi. Mil. av. X - IX asrlarda Finikiyada Tir-Sidon podsholigi vujudga keldi. Mil. av. VII asrda bu davlatni Ossuriya bosib oldi. Mil. av. X asrda Finikiyada 22 undosh harfdan iborat bo'lgan alifbo yaratildi. Yunonlar ana shu alifboni o'zlashtirdilar, ularga unli harflarni ham qo'shib qo'ydilar. Mil. av. 2-mingyillik o'rtalarida Falastinga yahudiy qabilalari ko'chib joylashdilar. Mil. av. IX asrda Falastin hududida Isroil podsholigi vujudga keldi, keyinchalik u Yahudiya podsholigiga birlashtirildi. Isroil podsholigi ossuriyaliklar zarbasidan parchalanib ketdi. Mil. av. 586-yili Yahudiya Bobil podsholigi tomonidan bosib olindi. Qadimiy yahudiylarning afsonalari diniy kitoblarga yozib borilgan. Bu kitoblar to'plami «Bibliya»ga jamlangan, bu so'z yunonchada «kitob» degan ma’noni anglatadi. «Bibliya»da Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar - Odam Ato va Momo Havo yaratilishi, Yer yuzini to'fon bosganligi haqida va boshqa rivoyatlar keltirilgan. 2.8. AHAMONIYLAR DAVLATI Qadimai Eron aholisi. Mil. av. VI asrda hozirgi Eron hududida ahamoniylar sulolasiga mansub shohlarasos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan. Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelardi. Mil. av. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko'chib o'rnashadi. Eron Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O'rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog'lab turgan karvon yo'llari chorrahasida joylashgandi. Qadimai davlatlar. Mil. av. 3-mingyillikda Eronning g'arbiy qismida - Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo'lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgandi. Mil. av. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi-g'arbda joylashgan Midiya podsholigi vujudga keldi. Mil. av. VII asrda podsho 22 Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. av. 612 - 605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo'lib Ossuriyani bosib oldi. Fors podsholiainina vuiudaa kelishi. Eron janubida, Fors ko'rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati - qadimgi forslar o'rnashgan o'lka joylashgandi. Mil. av. 558-yili ahamoniylar sulolasidan bo'lmish podsho Kir II barcha forslarni o'z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo'ysundirgach Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. av. 539- yil). Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O'rta Osiyoga, saklar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Doro I ham davom ettirdi. Kambiz Mismi zabt etish orqali Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. Doro I islohotlari. Mil. av. 522-yili shoh Doro I (mil. av. 5 2 2 - 486) Qadimgi Eron davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo'zg'olonlar alangalanib ketdi. Doro I ularni bostirishga kirishdi. U butun mamlakat uchun «doroyi» deb nomlangan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan O'rta yer dengiziga qadar «Shoh yo'li» degan podsho savdo yo'li qurilgandi. Doro I armiyani qaytadan tuzdi, saltanatni «satraplik» deb nomlangan alohida harbiy o'lkalarga taqsimladi. Doro I Qora dengiz bo'ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyodagi yunon koloniyalari va Frakiyani bosib olishi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo'ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimolidan O'rta yer dengiziga qadar yastangan ulkan imperiya barpo etildi. Qadimai forslar madaniyati. Suza, Ekbatana va boshqa shaharlar Ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. Persepol shahrida Doro I va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zalli saroyning qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgandi. Persepol bo'rtma naqshlarida ahamoniylar itoatga kiritgan ko'pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular, asosan, Eron shohlariga peshkash va o'lpon keltirayotgan holatda tasvirlangan. Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yozishgan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, Persepol saroyi devorlariga chekib yozilgan. Ular yurishlar, qo'zg'olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar haqida ma’lumot beradi. Makedoniyalik Aleksandr mil. av. 330-yili Fors davlatini bosib oldi. Ahamoniylar davlati ikki yuz yildan ziyod yashagan. 23 2.9. HINDISTON Hindiston sivilizatsivasi. Mil. av. 3-mingyillikda Hind daryosi vodiysida yagona davlatga birlashgan katta shaharlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik sivilizatsiyasi edi. Ikkala shahar ham mustahkam mudofaa devorlari bilan himoyalangan, ichki qasri bo'lgan. Ko'chalar bilan bir-biridan ajratilgan mavzelarda pishgan g'ishtdan qurilgan uylar topildi. Katta va chiroyli shahar Moxenjodaro aholisi mohir kulol, zargar va sangtarosh edi. Aholining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va chorvachilik bo'lgan. Biroq mil. av. XVIII asrdan keyin Hind daryosi vodiysi manzilgohlari tez-tez ro'y berib turuvchi toshqinlar, o'rmonlar va changalzorlar kengayishi hamda tuproq oriqlab ketishi tufayli zavolga yuz tutadi. Mil. av. 1500-yillarda Hindiston hududiga istilochilar bostirib kiradi. Olimlar farazicha, bosqinchi oriylar - Sharqiy Yevropa va Uralda yashagan ko'chmanchi qabilalar bo'lgan. Oriylar hujumidan keyin Moxenjodaro va Xarappa butunlay vayronaga aylanadi, bu shaharlar qayta tiklanmadi. Diniv e ’tiaodlar. Qadimgi hindlar tabiatning ko'pdan ko'p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropik jalalar, suv toshqinlari, qurg'oqchilikdan qo'rqardilar. Hindlar tasawurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyulardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo'ylab yo'lga tushadi. Quyosh tungi zulmatni parokanda qilib tashlab, odamlarga harorat va yorug'lik ulashish niyatida ufqdan bosh ko'taradi. Momaqaldiroq xudosi Indra osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, Yer yuzida qurg'oqchilik poyoniga yetibdi. Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Masalan, filga sig'inishgan: bosh xudolardan biri boshi filnikiga o'xshash donishmand Ganesha bo'lgan. Sigir esa hindlar orasida alohida ehtiromga sazovor edi. Sigir muqaddas hayvon hisoblangan. Sigirni o'ldirgan kishi jinoyatchi deb e’lon qilingan: bunday kimsa jamiyatdan haydab yuborilgan, hech kimning u bilan muloqot qilishga haqqi yo'q edi. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko'chib o'tishiga ishonishgan. Ular vafot etganidan keyin odam baribir o'lmaydi, balki boshqa bir mavjudotga evrilib, o'z tashqi qiyofasini o'zgartiradi, hayvonga, qumursqaga va o'simlikka aylanadi deb hisoblashgan. Inson vafot etganidan keyin kimga va nimaga aylanishi esa uning bu hayotdagi sa’y-harakatlari va amallariga bog'liq. 24 Hind tabaaalari. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug'ullanishiga qarab to'rt guruhga ajratilgandi. Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan. Kohinlar - braxmanlar, jangchilar - kshatriyalar, dehqon, hunarmand va savdogaiiar - vayshilar, xizmatkorlar va q u lla rshudralar. Hindlar e’tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o'zjismining qandaydir birqismidan dunyoga keltirgan. Masalan, kohinlar uning dahanidan, jangchilar qo'llaridan, dehqonlar quymichlaridan, xizmatkorlar esa tovonidan yaratilgan. Bolalar hamisha ota-onalari tabaqasiga mansub deb topilgan. Bir tabaqadan boshqasiga o’tishning iloji bo'lmagan. Turli kastaga mansub insonlar o'rtasida nikohga ham yo'l qo'yilmagan. Tabaqalardan birortasiga ham mansub boimaganlar esa alohida maqomga ega bo'lishgan. Bundaylarni «chandal», ya’ni «hazar qilinadiganlar» deb atashgan. «Chandallar» kastalarga mansub odamlar bilan birga bir uyda yashay olmasdi, ular bilan bir dasturxonga o'tirish taqiqlangandi. Uzoqdan ko'rinib ajralib turishlari, kimdirtasodifan ularga tegib ketmasligi uchun «chandallar» maxsus libos kiyib yurishlari kerak bo'lgan. Ular qishloqlardan tashqarida yashashga majbur edilar. 2.10. MIL. AV. 1-MINGYILLIKDA HINDISTON Hindiston davlati. Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topishi bilan, Hindistonda harbiy aslzodalar va ruhoniylar ancha kuchayadi. Harbiy sardorlar va oqsoqollar orasidan ajralib chiqqan hokimlar hokimiyatni vorislik yo'li bilan farzandiga qoldiruvchi podsholarga aylandilar. Shu taxlit mil. av. 1-mingyillikda Hindistonda bir necha davlatlar vujudga keladi, jumladan, Magadxa, Koshala, Malla va boshqalar. Makedoniyalik Aleksandr O'rta Osiyoni zabt etganidan keyin mil. av. 327-yili Panjob o'lkasi hududiga bostirib kiradi. Katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib bo rad i, mil. av. 325-yili Bobilga qaytib ketadi. Mil. av. 318-yili yunon-makedon qo'shinlari Hindistondan butunlay quvib yuboriladi. Yunon-makedon qo'shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi Chandragupta sardorlik qiladi. Dushman quvib yuborilganidan keyin Chandragupta Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o'z ichiga olgan Maurya davlati asoschisi bo'ldi. Pataliputra shahri poytaxtga aylandi. Mil. av. Ill asrda podsho Ashoka hukmronligi davrida Maurya rivojlanishda yuksak pog'onalarga erishdi. Ammo podsho Ashoka vafot etganidan so'ng, o'zaro urushlar avj oldi, Hindiston tag'in mayda-mayda davlatlarga parchalanib ketdi. Sal o'tmasdan ularning ko'pchiligini Kushon podsholigi, keyin esa Eftaliylar podsholigi bosib oldi. 25 Fan va madanivat. Mil. av. 1-mingyillikda Hindiston ilm-fan, xususan, astronomiya va matematika sohasida yuksak darajaga erishadi. Hindlar 360 kundan tarkib topgan quyosh kalendari tuzadilar. Bu davrda sanash va hisoblashning o'nlik sistemasi keng tarqaladi: hindlar «nol»ni ifodalovchi maxsus belgini o'ylab topishadi, raqamlarni esa bugungi kunda butun dunyo qo'llaydigan bir tartibda yozadigan bo'ldilar. Biz bu raqamlarni arab raqamlari deb ataymiz, negaki ular hindlardan qabul qilgan arablar orqali butun dunyoga keng tarqalgandi. Ushbu mamlakatda ixtiro qilingan, hindlarning o'zi «qshinlarning trt turi» deb ataydigan o'yin bugungi kunda butun jahonda «shaxmat» nomi bilan ma’lum va mashhurdir. Hindlar birinchi bo'lib shakarqamishdan shakar olgandi. Metallarga ishlov berish sohasida ham hindlar kishini lol qoldiradigan natijalarga erishganlar. Hozirgi kunga qadar Dehlida saqlangan toza temirdan quyilgan minora ustuni zanglamagan, korroziya hodisasi unga asrlar davomida ta’sir o'tkazolmagan. Qadimiy hind tillari asosida yangi adabiy til bo'lmish S anskrit ishlab chiqildi. «M ahabxorat», «R am ayana», «Panchatantra» eposlari hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan, bizga qadar yetib kelgan. Xususan, «Mahabxorat» dostoni 200 m ing satrdan tashkil topgan, unda mamlakat shimolida yashagan qabilalar hayoti aks ettirilgan, qolaversa, har bir kastaning odob-axloq qoidalari va majburiyatlarini o'zida aks ettirgan. Buddavivlik. Yangi din Budda (Nurlangan) taxallusini olgan shahzoda Siddhartha Gautama nomi bilan bog'liq. Rivoyatda naql qilinishicha, shahzoda Siddhartha Gautama 20 yoshgacha hukmdor otasi saroyida betashvish, farog'atli umr kechirgan. Kunlardan bir kuni sayr qilib yurgan chog'ida munkillagan cholga o'xshab qolgan, bedavo dardga yo'liqqan navqiron bir kishiga, keyin esa dafn marosimiga ko'zi tushadi. Bu to'qnashuvlar shahzoda hayotini butunlay zgartirib yubordi. U saroydagi farog'atli turmushdan voz kechdi, hayot mazmunini izlab topish maqsadida dunyo bo'ylab sayohatga otlandi. Bir kuni ma’rifatga erishgan orif Budda inson son-sanoqsiz marotaba tug'ilishi va vafot etishini tushunib yetadi. Keying! hayotda odamning kirn bo'lib tug'ilishi ham uning sa’y-harakatlari va amallariga bog'liqdir. Budda va uning izdoshlari - buddaviylar inson yolg'on so'zlamasligi, mol-davlat to'plamasligi, tirik mavjudotlar qonini to'kmasligi lozim deb hisoblaydilar. Inson har qanday mayllardan voz kechishi zarur, negaki har qanday xohish-istak azob-uqubatga olib keladi. Buddaviylar Yer yuzida o'rmalab borayotgan qurt-qumursqalarni tasodifan bosib olib ozor yetkazmaslik uchun hatto qishda ham oyoqyalang yurishgan. 26 Awaliga buddaviylarda xudo bo'lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtirolmaydilar deb hisoblashgan. Ammo ko‘p o'tmay Buddaning o’zi xudoga aylandi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalarida Buddaning haykallarini ko'rish mumkin. Budda nilufar gulida teran o'ylarga cho'mgancha qilt etmas yuz ifodasi bilan qovoqlarini tushirgancha chordana qurib o'tirgan holatda tasvirlanadi. Yangi din oldingilaridan inson mavqeyi tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog'liq bo'lmasligi bilan farqlanadi. Buddaviylar fikricha, hamma narsa insonning o'ziga bog'liq: uning mukammallikka intilishi, ortiqcha narsalardan voz kechishi ma’naviy yuksalish zaminidir. Mil. av. Ill asrda buddaviylik jahon diniga aylandi. 2.11. XITOY Xitov sivilizatsivasi. Xitoyda ham ilk sivilizatsiyalar Xuanxe va Yanszi degan katta daryolar bo'ylarida mil. av. 3 - 2-mingyilliklarda kurtak yoza boshladi. Qadimgi Xitoy davlati Xuanxe daryosining o'rta oqimida vujudga keladi (xitoycha «Xuanxe» «Sariq daryo» ma’nosini anglatadi). Xitoyliklar «beqaror daryo», «minglab ofatlar daryosi» deb ham ta'riflagan Xuanxe o'zanini tez-tez o'zgartirib turardi. O'rtacha har ikki-uch yilda bir marotaba kuchli va sertalafot suv toshqinlari bo'lardi. Mil. av. 3-mingyillikda Xitoyda qabilalar ittifoqlari yuzaga kela boshladi. Mil. av. 2-mingyillik oxirida ittifoq-shaharlar yagona davlatga birlashdi, bu davlat nomi ham uning bosh shahri nomi bilan Shan deb atalgan. Mil. av. 2-mingyillik oxirida Shanga qo'shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o'zinikiga qo'shib oldi va Chjou degan katta davlatni bunyod etdi. Davlat ulkanligi bois, hukmdorlar uni «Zafaryor» yoki « 0 ‘rta podsholik» deb, zlarini esa «Osmon o'g'illari» deb atashadi. Butun Markaziy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgandi. Aholinina masha'ulotlari. Dehqonchilik Xitoyda azaldan e'tiborli va faxrli kasb hisoblangan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug'doy bo'lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshladilar, sholi urug'i Hindistondan keltirilgan. Ko'kargan urug' ko'chati yerga o'tqaziladi. Xitoy aholisi keyinchalik «choy» daraxtini ham yetishtira boshladi, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo'lmish choy tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi. Tut daraxti yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg'ulotlaridan biri bo'lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o'raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va tiniq mato - ipak tayyorlanadi. 27 «Gala podsholiklar» davri. Mil. av. V III-V II asrlarda Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi. Ayrim viloyatlar noiblari podsho hokimiyatidan ozod bo'lishga intilardilar. Xitoyga ko'chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalanib qolgan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o'z davlatini tashkil eta boshladi. Shu taxlit mil. av. VII - V asrlardagi katta davr tarixda «gala podsholiklar» davri nomini olgan. Xitoyda, ayni mahalda, «Kurashayotgan podsholiklar» davri ham boshlanadi. «Zafaryor» imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlat hukmdorlari o'rtasida boshlangan urushlar 200 yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o'zining barcha raqiblarini yo‘q qilib, mil. av. Ill asrda yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi. 2.12. MIL. AV. Ill - II ASRLARDA XITOY Markazlashaan davlatnino tashkil tooishi. Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etdi, Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (mil. av. 246 - 210) nomini qabul qilgan, bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma'noni bildiradi. O'z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga imperator noiblarini rahbar etib tayinladi. Sin Shixuandi hali tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara Misr piramidalari bilan bellasha oladi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil davomida bunyod etgan. Maqbara tubi bir necha kvadrat kilometr maydonni egallagan. Sin Shixuandi qabridan imperatorni «qriqlash» uchun o'rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykalchalari ham topilgan. Buvuk Xitov devori. Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko'chmanchi xunlar hujumidan himoyalanish uchun Buyuk devorni bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 m, kengligi 5 m, uzunligi esa qariyb 4000 km ni tashkil etadi. Turli oraliqlarda 25 m ingta soqchilar turadigan minora qurilgan. Podsho va amaldorlari yuz minglab dehqonlarni devor qurilishiga tekindan tekin ishlab berishga majbur qiladilar. Buyuk devorni belkuraklar, cho'kichlar va zambilg'altaklar yordamida barpo etadilar. O'sha kezlar dehqon oilasida o‘g‘il bola tug'ilishi musibat o'rnida ko'rilgan: voyaga yetganidan keyin uni baribir devor qurilishiga jo'natadilar, u yoqdan tirik qaytib kelish esa har kimga nasib etavermagan. Minglab qullar va asirlar devor qurilishidagi haddan tashqari og'ir mehnatdan halok bo'lishdi. O'lib qolganlarni shu yerning o'zida ko'tarma- 28 larga ko'mib yuborishardi. Devor qurilishi nihoyasiga yetganidan keyin (ming yildan ziyod davrda qurilgan), hukmdorlarda uni mudofaa qilish uchun yetarli qshin yqligi ham ma’lum bo'ldi. Lekin u inson qo’li bilan yaratilgan eng ajoyib mjizalardan bin va koinotdan ko'rinib turadigan yagona inshoot. Devor XV asrda rekonstruksiya qilingan. Xitovda xala ao'za'olonlari. Mil. av. 206-yili sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo'zg'oloni alangalanib ketdi. Isyonga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgandi. Qo'zg'olonchilar poytaxtni egallab oldilar. Imperiya vayronalarida xan sulolasi boshchiligida yangi davlat barpo etildi. Bu davlat imperator U Di hukmronligi davrida (mil. av. 140 - 87) eng qudratli davlatga aylangan, milodiy 220-yilga qadar mavjud bo'lgan. Xitoyda ham mavjud yerlar hukmdorniki hisoblanar, aholi natural soliqlar to'lar, turli mehnat majburiyatlarini bajarardi. Bordi-yu dehqon soliqlarni vaqtida to'lay olmasa yoki qarzni qaytarib berolmasa qarzlari evaziga o'z bolalaridan birini berib yuborardi. Tushgan pulga esa u oilaning qolgan a’zolarini yangi hosil yig'imigacha boqib turish imkoniga ega bo'lardi. Og'ir ahvoldan norozilik tariqasida keyinchalik dehqonlar qo'zg'olonlariga aylanib ketuvchi uyushmagan g'alayonlar vujudga kelardi. Ulardan biri «Qizil qoshlilar qo'zg'oloni» nomini olgan, chunki qo'zg'olon ko'targanlar o'z odamlarini chalkashtirib qo'ymaslik uchun qoshlarini qizil rangga bo'yab olgandilar. «Sariq ro'mollilar qo'zg'oloni» - mil. av. II asrdagi eng yirik isyon. Bu qo'zg'olonga yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan, qo'zg'olon ko'targanlar orasida harbiy san’at bilimdonlari ham bo'lgan. Qo'zg'olon butun mamlakatni qamrab oldi. Faqat hukmdorning yaxshi qurollangan va durust harbiy ta’lim ko'rgan qo'shinlarigina uni bostirishning uddasidan chiqdi. Biroq xalq qo'zg'olonlari mamlakatning boshqa joylarida davom etaverdi. Xunlar hujumlari zo'rayishi bilan, davlat ham kuchsizlanib qoldi, mil. Ill asrda Xitoy imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi. Qadimai Xitov madanivati. Qadimgi Xitoyda miloddan 1500 yillar avval iyeroglif yozuvi yuzaga kelgan va hozirgacha ishlatib kelinadi. Awaliga xitoyliklar bambukka yozishgan. Xitoyliklar bambukni uzun-uzun taxtachalarga bo'laklab, uchi o'tkirlangan yog'och tayoqcha yordamida daraxt sharbatidan tayyorlangan siyoh bilan yozishardi. Ingichka va uzun taxtachalarga faqat ustun tariqasida yozish imkoni bo'lgan, shuning uchun yuqoridan pastga qarab yozish shakli keyinchalik ham saqlanib qoldi. Bambuk taxtachalarining yuqori qismida teshik parmalanib, ularni bir dasta qilib bog'lashgan. Bambuk taxtachalar bog'lami, ayni mahalda, eng qadimgi Xitoy kitoblari ham edi. Bundan 2,5 ming yil muqaddam 29 bambuk o'rnida ipakdan foydalanishga o'tildi. Ipakka tayoqcha bilanmas, mo'yqalam bilan yozilardi. Endi kitob uzun ipak parchasiga o'xshar, uni o'rama tarzida tayoqchaga o'rashardi. Mil. av. 105-yili Say Lun qog'ozni ixtiro qiladi. Ilk qog'ozlar nasha o'simligi tolasidan qilingan, keyinchalik tut daraxti po'stlog'i, bambuk, sholi poxolidan foydalanishgan. Xitoyliklarning eng ajoyib kashfiyotlaridan biri kompas bo'lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun dastali kattakon qoshiqni eslatardi. Bu moslamani kataklarga ajratilgan zarhallangan yog'ochga o'rnatishgan, uning dastasi esa hamma vaqt janubni ko'rsatib turgan. Xitoyliklar kompasdan tegishli ishlarda, quruqlik va dengizda foydalanishgan. Xitoyda zilzilani oldindan aytib beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingandi. Xitoy olimlari tarix, astronomiya va tibbiyotga oid ko'plab asarlar yaratishgan.
Yüklə 59,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin