Nazorat savol va topshiriqlari «Nutqni rivojlantirish metodikasi» pedagogik fani nimani o`rganadi? Mazkur metodikaning asosiy vazifasini aytib bering.
Nutqni rivojlantirish metodikasi qaysi alohida metodikalar bilan aloqada bo`ladi? O`z javobingizni aniq misollarda asoslab bering.
Nutqni rivojlantirish metodikasining uslubiy asosini ayting. O`z javobingizni aniq misollarda asoslab bering.
Bolada qaysi ruhiy sifatlarni rivojlantirish nutqqa yordam beradi? Ularning o`zaro bog`liqligi, bir-biriga o`zaro ta'sirini aytib bering.
O`rganilayotgan tilning asosiy bo`limlarini ayting. Ularning mazmuni, vazifasi nimalardan iborat?
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy vazifasini ilmiy asoslab bering.
Tilning tabiiy fanlar taraqqiyotiga ta'sirini aniqlang.
«Til» va «nutq» tushunchalari o`rtasidagi farqni aytib bering.
Til qaysi ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir ko`rsatadi? O`z javobingizni aniq misollar orqali asoslab bering.
Lingvistikaning boshqa fanlar bilan aloqasini aniq misollarda tavsiflab bering.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqni o`zlashtirish bosqichlarini aniq misollar yordamida tavsiflab bering.
Bola nutqini harakatlantiruvchi kuchlar nimalardan iborat?
Mustaqil ish topshiriqlari: Til va nutq os’tirish metodikasining maqsad vazifalari chuqur o’rganish
Allomalarning til va nutq haqidagi fikrlarini to’plash
Adabiyotlar:
1. F.R.Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. T.: “ISTIQLOL”,2006y.
2. F.R.Qodirova Bolalarni chet tilga o‘rgatish nazariyasi va metodikasi. T.: “ Sano-standart” 2009y.
3. S Q. Shodiyeva . “O’rta guruh bolalari nutqini o’stirish“ o‘quv qo‘llanma T.: “O‘qituvchi” 1993 yil.
4 .D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish metodikasi” T.: Fan va texnalogiyalar 2009yil.
5. D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” o‘quv qo’llanma TDPU 2016yil.
6. D.R. Babayeva “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” Darslik TDPU 2018yil.
7. Edited by Mary Rafferty “Abrief review of approaches to oral language developme nt” USA 2014