2. Bolalar nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 56,18 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü56,18 Kb.
#198965
  1   2   3
2 bolalar nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalarii





2. Bolalar nutqini o’stirish fanining predmeti maqsad va vazifalari.
Reja:

  1. Bolalar nutqqini o’stirish – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o`rganuvchi fandir.

  2. Nutqni rivojlantirish metodikasiga oid oliy o`quv yurti kursining vazifalari

  3. Bolalar nutqqini o’stirish metodikasining nazariy asoslari



Dars o’quv maqsadi: Talabalarga nutqni rivojlantirish metodikasi fanining kelib chiqishi maqsad vazifalari haqida ma’lumot berish va ularda nutq o’stirish metodikasi nima uchun o’qitilishi haqida tasavvur uyg’otish
Tayanch so’zlar va iboralar: nutq, til, nutqni rivojlantirish, metodika.
Asosiy o’quv materiali qisqacha bayoni
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o`rganuvchi fandir.
Ilk yoshlardagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o`z ona tilini o`rgata olish qobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muhim ko`rsatkichi hisoblanadi. Bolaga tabiat ato qilgan barcha aqliy qobiliyatlar ona tilini o`zlashtirish, ayniqsa uni maktabgacha yoshda o`rganib olish tufayli yuzaga chiqadi hamda rivojlanadi.
Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o`tib kelayotgan xalq ma'naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o`z davrining ilmiy yutuqlarini o`zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg`or sheriy va estetik ideallariga sodiqligi, ya'ni mustaqil O`zbekistonda demokratik jamiyatning to`laqonli quruvchilari bo`la olishlari tarbiyachiga bog`liqdir.
Bolalarga ona tilini o`rgatish uchun bo`lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o`rganishi va ushbu sohaning fanga ma'lum bo`lgan metodlarini o`zlashtirishi, bolaning ona tilini o`zlashtirish qonuniyatlarini tushunib etishi lozim.
Ona tilini o`qitish metodikasi pedagogik fanning bir tarmog`i hisoblanadi. Unda bolalar bog`chasida nutqni rivojlantirish metodikasi hamda boshlang`ich va o`rta maktabda o`zbek (rus) tilini o`qitish metodikasi ajratilgan. Ularning har biri o`z maqsadi vazifalari va mazmuniga ega.
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo`naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o`rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-psixologik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko`nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog`chalari tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni - bolalarda og`zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko`nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o`qitish (bolalarda qanday nutqiy ko`nikmalarni tarbiyalash), qanday o`qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega endi aynan shunday o`qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma'lumotlariga asoslanmoqda).
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasida bolalarga ona tilini o`rgatishning ob'ektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O`zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo`lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko`rilmoqda, amaliyotning o`zi fan oldiga hali o`z echimini topmagan muhim masalalarni qo`ymoqda.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o`z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko`chirgan holda bolalarni ko`r-ko`rona tarbiyalaydi. U ko`p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta'limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog`liq bo`ladi, chunki nutq – bola shaxsini to`la-to`kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o`z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarurdir Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo`ldosh bo`ladi.
E.I.Tixeevaning ko`rsatishicha «ona tili, uni hech qanday to`siqsiz va har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning asosini tashkil etmog`i lozim». Nutqni o`z vaqtida va to`laqonli egallash bolada to`laqonli psixika paydo bo`lishi hamda uni keyinchalik to`g`ri rivojlantirishning eng muhim va birinchi shartidir. O`z vaqtida degani – demakki, bola tug`ilganidan keyingi dastlabki kunlarda boshlanadigan, to`laqonli degani – til materiali bo`yicha etarli bo`lgan va bolaning har bir yosh bosqichida o`z imkoniyatlarini to`liq ishga solgan holda nutqni egallashga undovchi mashg`ulotlar demakdir.
Dastlabki yosh bosqichlarida bola nutqini rivojllantirishga e'tibor berish shuning uchun ham muhimki, ushbu davrda bola miyasi jadal sur'atda o`sib boradi va uning vazifalari shakllanadi. Fiziologlarga ma'lumki, markaziy asab tizimi vazifalarini aynan ularning tabiiy shakllanish davrida osongina mashq qildirish mumkin. Mashqlarsiz ushbu vazifalarning rivojlanishi sekinlashadi va hatto umuman to`xtab ham qolishi mumkin.
«Nutq uchun rivojlanishning bunday «hal qiluvchi» davri bola hayotining dastlabki uch yili hisoblanadi: bu muddatga kelib miya nutqiy sohalarining anatomik pishib etilishi asosan nihoyasiga etadi, bola ona tilining asosiy grammatik shakllarini o`zlashtirib oladi, katta so`z zahirasini shakllantiradi. Agarda dastlabki uch yilda kichkintoy nutqiga etarlicha e'tibor berilmagan bo`lsa, bu holda kelgusida uning o`rnini to`ldirish uchun juda ko`p mehnat qilishga to`g`ri keladi»_.
Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta'limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi.
Xuddi til kabi insonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo`ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni o`rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog`liqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo`lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
Fikrlash – ob'ektiv borliq aksi, til esa – fikrni ifodalash, mustahkamlash va uni boshqa kishilarga etkazish usuli hisoblanadi. So`z va tushuncha dialektik jihatdan o`zaro bir-biriga bog`liqdir.
Til bilan fikrlashning o`zaro uzviy bog`liqligi haqidagi qoida bolalarga ona tilini o`qitish tizimini ishlab chiqish, ta'lim va tarbiya ishlarining o`zaro bog`liq bo`lishi haqidagi talabni asoslash uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Intellekt, ya'ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayolot, fikrlash, shuningdek nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo`ladi hamda u o`smirda va yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ushbu odam nutqni ham o`zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.
Agarda bola atrofidagi kattalar uni beshikdan boshlab to`g`ri so`zlashga o`rgatsalar, bu holda bunday bola intellektual jihatdan normal rivojlanadi: unda tasavvur qilish, so`ngra fikrlash va xayol surish qobiliyati paydo bo`ladi; har bir yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellektining rivojlanishi bilan bir vaqtda uning emotsional-iroda sohasi ham takomillashib boradi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o`zaro bog`liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til – tarixiy va o`zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar qabilasi o`z tiliga egadir. Har bir xalqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o`zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
Har bir til o`zining asosiy qismlariga ega – bu lug`at boyligi (leksika), tovush tizimi (fonetika) va grammatik tuzilishi (grammatika)dir.
Lug`at boyligi (leksika) go`yo o`zida bizning atrof-olam haqida, bir odamning psixik hayoti haqidagi turli xil bilimlarimizni saqlaydi. So`zdagi asosiy narsa - uning mazmuni va semantik tarkibidir. Leksika tilning qurilish materiali, uning mazmun tomoni hisoblanadi. Til qanchalik rivojlangan bo`lsa, uning lug`at tarkibi ham shunchalik boy bo`ladi. Har bir tildagi ko`p sonli so`zlar ichidan tilning asosiy lug`at jamg`armasini tashkil qiladigan asosiy o`zak so`zlarning muayyan guruhini ajratish mumkin. Tilning lug`at jamg`armasi – bu leksikaning juda barqaror, asrlardan buyon yashab kelayotgan qismi bo`lib, u barcha yoki deyarli barcha yangi so`zlar va so`z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Tovush tizimi leksika va grammatika bilan uzviy bog`liqdir. Jaranglayotgan nutq yordamida inson boshqa kishilar bilan muloqotda bo`ladi hamda o`z fikrlari va his-tuyg`ularini ifoda qiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshqa til fonetikasiga o`xshash emas, ya'ni jaranglayotgan nutq go`yo bir tilni boshqasidan uzoqlashtiradi. Bir til doirasida talaffuz me'yorlari yagona bo`ladi (shevalar adabiy tildan katta bo`lib, ular undan farq qiladilar).
Tilning grammatik qurilishi gapda so`zlar va so`z birikmalarini o`zgartirishga oid qonunlar hamda qoidalarning umumiyligi hisoblanadi. Grammatika yordamida gapdagi so`zlar joylashtiriladi va bir-birlari bilan qo`shiladilar. So`zlar faqat gaplar orqaligina muloqot vositasiga aylanadilar. Gapdan tashqarida har qanday so`z, xoh u ona tilidagi, xoh chet tilidagi so`z bo`lsin, muayan ma'noga ega bo`lmaydi. Shuning uchun tilni o`rganishda uning grammatik tuzilishini o`zlashtirish ulkan ahamiyat kasb etadi. Bolalarga ta'lim berishda orfoepiya, grammatika va leksikaning zamonaviy me'yorlarini hisobga olish zarur.
Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quriladi. Uning «til inson faoliyatining barcha sohalarida muloqot vositasi bo`lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo`lib hisoblanadi. Shu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Tilning asosini ona tilining leksikasi, tovush tizimi va grammatik tuzilishi tashkil qiladi. Bolalar bog`chasining nutqni rivojlantirishga doir Dasturi lingvistikada erishilgan yutuqlar asosida ishlab chiqiladi va u bolalar lug`atini boyitish, ona tilining fonetik jihatlarini, grammatik qurilishini rivojlantirishni ko`zda tutadi. Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda ularga o`zlarining ona tili bo`lmish o`zbek tili o`qitiladi, ya'ni ular o`zbek leksikasi, o`zbek tilining o`ziga xos fonetikasi va o`zbek tili grammatikasining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganadilar.
Bolalarga ona tilini o`qitishda professional mahoratga ega bo`lish uchun pedagog nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o`rganishi, ushbu rivojlanishning ilmiy usullarini o`zlashtirishi hamda bolaning nutqni o`zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart.

Yüklə 56,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin