2-bosqich 1-semestr



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.06.2022
ölçüsü1,37 Mb.
#61269
1   2   3
016 mavzu Muqimiy

QO‘QONDAN FARG'ONAGA
• Chun shahrdin chiqdim 
«Qudash»,
Ko‘ngul bo‘lub mahzun-u g'ash,
Majnunsifat, devonavash,
Serchashma-yu kam chang ekan.
«Yayfan» agarchi xush havo,
Odamlari yengilnamo,
Bir-birlari-la doimo
Bo‘lar-bo‘lmasga jang ekan.
• «Nursux» kabi bir joy kam,
Tushmay o‘tib qildi alam,
Olma, anor o‘rniga ham
Bog'ida tok-u zang ekan.
• Ko‘p odamidin «Beshariq»,
Bog'larda ekmishlar tariq.
Yetim haqi — go‘shti baliq,
Qilmishlari nayrang ekan.


Lirikasi
EY, YORI JONIM
• Oshiq bo‘libman, ey yori jonim,
Vaslingni izlab, yo‘qdur majolim.
• Bir yo‘qlamaysan kuygan qulingni,
Ko‘zlari jallod, nozik niholim.
• Rahm ayla manga, ey bag’ri qattiq,
Diydam to‘la qon, ey sho‘xi zolim.
• Lab tashnalarga ayla nazora,
Qaddi chu shamshod qoshi hilolim.
• Olding ko‘ngulni bir-ikki so‘zlab,
Devona bo‘ldim, to‘ti maqolim.
• Har dam kuyarman, yodimga tushsang,
Bir ko‘rmaguncha yo‘qdur majolim.
• Necha zamondur, ko‘zdin nihondur,
Oshiq Muqimiy, ey xasta holim.


TOLEIM
Ohkim, afsus, emas har ishda rahbar toleim,
Vojgundur, imtihon qildimki, aksar toleim.
Yuz tarafdin yetkurub gardi kudurat, zangi g’am,
Aylagay oinayi tab’im mukaddar toleim.
Har necha qilsam tavallo – zori qilmas, iltifot,
Ro’yigardon teskari, tobora badtar toleim.
Ro’zgorim tiyra, iqbolim zabun, baxtim qaro,
Bo’lsa ravshan, bormukin tadbiri digar toleim?
Nogahon bersam, Muqimiy, bir musulmonga salom,
Daf’atan ikki qulog’ini qilur kar, toleim
.


Muqimiy ijodini o‘rganish, asarlarini to‘plash va nashr ettirish u 
hayot davridayoq boshlangan. Dastlab Ostroumov «Devoni Muqimiy» 
to‘plamini (T., 1907) nashr qilgan, so‘ng 1910,1912 -yillarda «Devoni 
Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan asarlari to‘plami bosilgan. Keyingi 
davrlarda G‘. G‘ulom, Oybek, H. Zarifov, H. Yoqubov, H. Razzoqov
G‘. Karimov, A. Hayitmetov va boshqa Muqimiy ijodini tadqiq 
etganlar. She’rlaridan namunalar chet tillarga tarjima qilingan. 
Qo‘qonda uy-muzeyi tashkil etilgan. Farg‘ona viloyatidagi shaharcha
Toshkent ko‘chalaridan biri, o‘zbek davlat musiqali drama teatri 
Muqimiy nomi bilan ataladi. Shoir haqida Sobir Abdulla «Mavlono 
Muqimiy» romani va «Muqimiy» dramasini yaratgan. Muqimiyning 
aksariyat g‘azallari ashulaga aylangan.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin