2. Foydali qazilma zahiralarini tasnifi
Kon maydoni doirasida aniqlangan foydali qazilmalar zahirasining
hammasi
geologik zahira
deyiladi. Xalq xo'jaligi ahamiyatiga bog'liq holda
geologik zahiralar ikki guruhga bo'linadi, balansdagi va balansga
kiritilmagan, alohida hisob-kitob qilinadigan zahiralar.
Balans zahiralari
- bu zahira sanoat konditsiyasini qoniqtiradigan, ya'ni
qazib olishda iqtisodiy jihatdan manfaatli hisoblangan zahirasi.
Balansga kiritilmagan
(balans tashqarisidagi) zahiralar
,
bunda foydali
birikmalar miqdori kam bo'lib, ruda tanasini qalinligi kichik, ularni qazish
sharoiti murakkab, hozirgi davrda qazib olishga yaroqsiz, lekin kelajakda
sanoatda o'zlashtirish mumkin bo'lgan ob'ekt deb qaralmog'i kerak.
Balans
va
balans
tashqarisidagi
zahiralar
belg ilangan
ruda
konditsiyasining miqdori bilan cheklanadi. Bu konditsiya har bir alohida kon
yoki geologik va iqtisodiy sharoitlar jihatini bir biriga o'xshash konlar guruhi
uchun, tegishli bo'lib davlat organi tomonidan belgilanadi.
Konditsiya boshqa ko'rsatgichlar qatori ruda tarkibida foydali
birikmalarining minimal sanoat miqdorini nazarda tutadi, ya'ni shu foydali
birikmalarni belgilangan pastki chegarasi bo'lib, shundan past miqdordagi
birikmali rudani qazib olish va qayta ishlash iqtisodiy ji hatdan samarasizdir
(hisoblanadi).
Minimal sanoat miqdorini o'lchash odatda alohida har -bir kon uchun
belgilanadi, chunki rudani qazib olish va qayta ishlashga ma' lum miqdorda
mablag' sarflanadi va u o'z navbatida konni xarakteriga va geografik
sharoitiga bog'liq.
Konditsiyani aniqlash juda murakkab masala bo'lib, uni to'g'ri yechimini
belgilash uchun yuqori malakali geologlar, konchilar, rudani boyituvchilar,
metallurglar va iqtisod mutaxassislari ishtirokida birgalikda hal qilish kerak.
Balans zahiraga, ajratib olish zarur bo'lgan sanoat zahirasi va loyihada
belgilangan rudaning miqdor yo'qotilishi, bu oxirigacha texnik sabablarga
ko'ra qazib olinishi rejalanmagan zahiralar kiradi (masalan, muhofazalovchi
jinslarda qoldirilgan rudalar).
Sanoat zahirasini qazib olish jarayonida rudaning bir qismi yo'qotiladi,
bu yo'qotilishsh
Dostları ilə paylaş: |