2. Geografik qobiqning chegaralari. Geografik qobiqning asosiy x-fayllar.org
6. Geografik qobiqda tutash yuzalar, simmetriya va dissimetriyalar. Geoqobiqlar va ularning ayrim qismlari (qatlamlar, havo va suv massalalar) turli xil holatdagi va tarkibdagi moddalardan tuzilaganligi uchun ular orasida chegara albatta bo’ladi.
Geoqobiqlar (geosferalar) o’rtasidagi chegaralarni tutash yuzalar deb atash qabul qilingan. Tutash yuzalar asosan oraliq qatlamlardan iborat. Mazkur oraliq qatlamlarda modda va issiqlik oqimi o’zgaradi va oraliq jarayonlar sodir bo’ladi. Bunday oraliq jarayonlar qattiq jismlar yuzasi oralig’ida ro’y beradi. Masalan, maydalangan qattiq jinslarni o’z- o’zidan yonib ketishi (un, shakar va ko’mir maydasi) va ayrim hollarda portlab ketishi. Ko’proq keng tarqalgan jarayonlar sodir bo’ladi. Tutash yuzalarda maydalangan moddalar bo’lsa, moddalarning eritilish va reaktsiyaga kirish qobiliyati keskin ortib ketadi. Demak, tutash yuzalar geografik qobiqdagi eng faol yuzalar bo’lib, ularda almashinish, eritish va issiqlik ajratish reaktsiyalari kuchayib ketadi.
Geografik qobiqda tutash yuzalar juda ko’p va xilma-xildir va ularda hayot turli sur’atlarda kechadi. Eng faol tutash yuzalarga geografik qobiqda quyidagilar kiradi: qirg’oqlar (sohillar), atmosfera va okean frontlari, muz va muz atrofi, Yer yuzasi.
Qirg’oq (sohil) zonasi o’simlik va hayvonlarga juda boy bo’ladi. Qirg’oq zonasi gidrosfera, atmosfera va litosferaning o’zaro ta’sir zonasida joshlashgan. Bu yerda to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlar yemiriladi, tog’ jinslari maydalanib qum va shag’alga aylanadi va ularning to’planishi natijasida qum tepalari, yoyilmalari hosil bo’ladi. Qirg’oqlarda suvlarning qalqishi ro’y beradi, buning natijasida Yerning tezligi juda oz bo’lsada kamayib boradi.
Eng muhim tutash yuza bo’lib Quyosh nurlari bilan Yer yuzasining o’zaro ta’sir yuzasi hisoblanadi. Mazkur yuzada Quyoshning nurlari o’simliklar barglarida, tuproqda, nurash qobig’ida, okean, dengiz, ko’l, daryo suvlarida issiqlik va kimyoviy energiyaga aylanadi. Mazkur tutash yuza juda ko’p dinamik jarayonlarni borishiga imkon beradigan, issiqlikni o’zgartiradigan va to’playdigan eng kuchli tutash yuzadir.
Simmetriya grekcha so’z bo’lib, fazodagi nuqtalarni joylanishidagi bir xillikni bildiradi.
Geografik qobiq sharsimon simmetriyaga ega. Sharsimon simmetriklik sayyoramizning og’irlik kuchi maydonida shakllanadi. Yerning sutkalik harakat natijasida Yer o’qqa va ekvatorga ega. Geografik qobiqning juda ko’p qismlari ekvatorga nisbatan simmetrik joylashgan. Masalan, yoritish mintaqalarining, havo va suv oqimlarining joylanishi, bosimning, haroratning, namlikning taqsimlanishi va x.k. Ammo yirik umumsayyoraviy relyef shakllarini joylanishida bunday xususiyat kuzatilmaydi.
Simmetriklikning buzilishi disimmetriya deb ataladi. Masalan, shimoliy qutubdagi suvlikka janubiy qutbdagi quruqlikni to’g’ri kelishi.
Simmetrik tahlil geografik qobiqni tuzilishini muhim qonuniyatlarini ochib berishga imkon beradi va ularni rivojlanish tarixini o’rganishga asos bo’lib xizmat qiladi.