Loyihaning barcha ijrochilari haqida ma’lumot (to‘liq holda ismi-sharifi; tug‘ilgan sanasi; aloqa uchun ma’lumotlar; mutaxassisligi
va loyihadagi o‘rni; loyihani amalga oshirish uchun loyiha ishtirokchilarida kerakli bilim
va ko‘nikmalar mavjudligini tavsif etish; ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari agar mavjud bo‘lsa).
Startap-loyiha haqida ma’lumot(amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning mohiyati tavsifi, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratuvchi innovatsion ishlanmalarning qo‘llanilishi, ko‘lami va tez o‘sish sur’ati haqida ma’lumotlar; avval qo‘llanilmagan texnologiyalar va (yoki) jarayonni tashkil etish prinsiplari yoki avval ishlab chiqarilmagan mahsulotning yangi qo‘llanilish darajasi; loyihaning investitsiyaviy jozibadorligi — qo‘shimcha daromad keltiradigan hamda uni amalga oshirishda investitsiyalar xavfini kamaytiradigan qulay investitsion va innovatsion sharoitlar va afzalliklari; intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqning muhofazalanganligi — muhofaza hujjatlari, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti va/yoki mahsulotning (texnologiyaning) texnik reglamenti, sinov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar yoki mahsulotning tajriba nusxasi mavjudligi; loyihaning resurs bilan ta’minlanganligi — loyihani texnik amalga oshirish imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, xodimlar, muhofaza hujjatlari mavjudligi
va boshqalar); loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosadigan ilmiy hajmdor mahsulotlarni olishni tashkil qilish istiqbollari haqida ma’lumotlar).
Maqsadli auditoriya: (Sizning maqsadli auditoriyangiz yoki benefitsiarlaringiz kimlar? Loyiha ularning hayotiga qanday taʼsir qiladi yoki muammolarini hal qiladi?)
Biznes modeli: Loyiha qanday daromad keltiradi? Qanday moliyalashtirish manbalaridan foydalaniladi (grantlar, xayriyalar, investitsiyalar va boshqalar)?