Marketing tahlili (mahsulot va xizmatlar bozori, ularning raqobatbardoshligi
va bozordagi mavjud raqobatchilar hamda iste’molchilar haqida ma’lumotlar tahlilini o‘z ichiga olishi lozim. Mazkur ma’lumotlar sotish, marketing dasturini ishlab chiqish hamda barcha xarajatlarni rejalashtirish uchun yetarli darajada bo‘lishi lozim).
Marketing strategiyasi(kompaniyaning marketing strategiyasi hamda savdo dasturidan kelib chiqib, marketing rivojlanish rejasi, va uslubini qamrab olishi zarur).
Loyihaning ijtimoiy ahamiyati haqida batafsil (qanday ijtimoiy ahamiyatga ega, qaysi ahali qatlamiga qaratilgan, qanday ijtimoiy muammolar bartaraf etiladi, eng kamida qayerda va qancha miqdorda taqdim etiladi, keying rejalar qanday bo’ladi? Loyihaning mahalliy hamjamiyat va atrof-muhitga ekologik va ijtimoiy ta'siri qanday?)
Moliyaviy rejalar: kelgusi yillar uchun rejalashtirilgan xarajatlar va daromadlar qanday? Yig'ilgan mablag' qanday ishlatiladi? Loyihaning barqarorligini ta'minlash uchun qanday rejalar bor?
Ijtimoiy ta’sir modeli: Loyiha ijtimoiy maqsadiga qanday erishadi? Ijtimoiy ta'sir muvaffaqiyatini o'lchash uchun qanday ko'rsatkichlar qo'llaniladi?
Loyihaning xarajatlar smetasi( xarajatlar smetasi loyihaning umumiy muddatiga to‘ldirilishi va xarajatlarni asoslovchi hisob-kitoblar (jadvallar) ilova qilinishi shart. Agar birgalikda moliyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, birgalikda moliyalashtirish xarajatlari tarkibi moliyalashtirish manbasiga nisbatan alohida ko‘rsatilishi lozim.)