2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari



Yüklə 18,8 Kb.
səhifə3/3
tarix23.05.2023
ölçüsü18,8 Kb.
#120943
1   2   3
Microsoft Word Document (11)

Doimiy xarajat – ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.
Oʻzgaruvchi xarajat – ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir etadigan xarajatlar. Oʻrtacha xarajatlar – mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar.
Qoʻshimcha xarajatlar – mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
Toʻgʻri xarajatlar – mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib, uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.
Egri xarajat – mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narxda aks etadigan xarajatlar. Iqtisodiy yoki sof foyda – yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.

Foyda normasi – foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga boʻlgan nisbatining foizdagi ifodasi.

KIRISH



Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.

XULOSA


Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi. Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati


1. Борисов Е.Ф. Экономическая теория. Учебник. Перераб. и доп. 2-е изд.- М.: Проспект, 2005.- с. 144-208-544.
2. Шишкин А. Ф. Экономическая теория. Учебник. 2-я книга.- М.: ВЛАДОС, 1996.- с. 154.
3. Иохин В.Я. Экономическая теория. Учебник.- М.: Экономист, 2005, IX-глава.
4. Камаев В.Д. Экономическая теория. Учеб. для студ. высш. учеб. заведений. Под ред. автора перераб. и доп. 10-е изд.- М.: ВЛАДОС, 2004, VI-глава,- с. 175-217-291.
5. Кочетков А.А. Экономическая теория: Учебник для бакалавров. М.: Дашков и К, 2016.- с. 696
6. Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. Iqtisodiyot nazariyasi. O‘quv qo‘llanma.- Т.: Iqtisodiyot, 2017.- 368 б

Mavzu: Ishlab chiqarish harajatlari va foydasi.



Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari.
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari.
4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi.
5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati.
Yüklə 18,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin