Asosiy tushunchalar Jahon iqtisodiyoti - xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali o’zaro aloqada bo’lgan milliy iqtisodiyotlar yig’inisi. Jahon xo’jaligi - bir-biri bilan xarakatchan ishlab chiqarish omillari orqali bog’liq milliy iqtisodiyotlar yig’indisi. Jahon bozori - xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga asoslangan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi. Eksport - tovarlarni xorijga olib chiqib ketishni ko’zda tutuvchi tovarlar savdosi. Import - tovarlarni xorijdan olib kirishni ko’zda tutuvchi tovarlar savdosi. Xalqaro iqtisodiyot - turli mamlakatlarga tegishli xo’jalik sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq qonuniyatlarni o’rganuvchi bozor iqtisodiyoti nazariyasi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi xo’jalik munosabatlari. Globallashuv - jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynanminallashuv jarayonlari. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi - jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayoni.