2. Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 157,13 Kb.
səhifə1/4
tarix31.01.2023
ölçüsü157,13 Kb.
#81885
  1   2   3   4
Tema1


MAVZU: Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari.
REJA:
1. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fanining predmeti
2. Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha
3. Jahon iqtisodiyotining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari
4. Jahon xo’jaligining rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy kontseptsiyalar
5. Jahon xo’jaligining globallashuvi
6. Xalqaro mehnat taqsimoti va uning shakllari
 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko’pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo’jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o’z ichiga huquqiy me’yorlarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», hartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo’naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi.
Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan maxsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko’proq qo’llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. SHu bilan birga sotiladigan maxsulotlar va omillarga asoslangan xo’jalik aloqalari yuzlab milliy xo’jaliklarni "jahon iqtisodiyoti" deb, ataladigan bir tizimga birlashtirilishini e’tiborga olish lozim.
“Jahon iqtisodiyoti” tushunchasidan xalqaro iqtisodiyot tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqtisodiyot deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi.
Jahon iqtisodiyotining sub’ektlari. Jahon xo’jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari sub’ektlaridan iborat mexanizm ko’rinishida ifodalash mumkin. Ushbu sub’ektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, shuningdek, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xisoblanadi.

Yüklə 157,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin