— o’sish uchun shart-sharoitlarni yaratish bosqichi; — o’sish (siljish, ko’tarilish): — etuklikka intilish bosqichi; — yuqori ommaviy iste’mol davri. Iqtisodiy o’sish bosqichlarini ajratishda, odatda, quyidagi mezonlardan foydalanildi: texnikaning rivojlanish darajasi, iqtisodiyotning tarmoq tarkibi, jamg’armaning milliy daromaddagi ulushi, iste’mol tarkibi va x.k. An’anaviy jamiyatda (feodalizm davrigacha) aholining 75% dan ortig’i oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan band bo’ladi. Ikkinchi bosqich ko’tarilish davriga o’tish bosqichi xisoblanadi: qishloq xo’jaligi, transport va tashqi savdo kabi sanoat tarmog’i xisoblanmagan sohalarda sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Uchinchi bosqich - ko’tarilish bosqichi xisoblanib, ikki yildan bir necha o’n yilliklarni o’z ichiga oladi (sanoat to’ntarishi). Ushbu davrda investitsiyalar hajmi oshadi, maxsulot ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori ortadi va yangi texnika, texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezda joriy etish boshlanadi. 1.6. Xalqaro mehnat taqsimoti va uning shakllari. Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o’rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblanadi. U alohida davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) butun dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy o’zaro hamkorlik qilishlarining asosi hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo’nalishi xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishi bo’ldi. Xalqaro kooperatsiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro mehnat taqsimotining shakllari bo’lib, uning mohiyatini namoyon qiladilar. Turli davlatlar korxonalarining ma’lum bir tovarga ixtisoslashuvi zamonaviy ITI bilan bog’liq. Ishlab chiqarishning texnilogik tizimining murakkablashib borishi bilan tayyor maxsulotda ishlatiladigan detallar ko’paydi. Masalan: yengil avtomobilda 20 minggacha, prokat dastgohlarida 100 minggacha, elektrovozlarda 250 minggacha detal ishlatiladi. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi (XII) ikkita yo’nalish - ishlab chiqarish va hududiy yo’nalish bo’yicha rivojlanmoqda. O’z navbatida ishlab chiqarish yo’nalishi: a) sohalararo; b) davlatlar guruhi; v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo’linadi. Hududiy xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi: a) alohida davlatlar; b) davlatlar guruhi; v) hududlarning jahon bozori uchun ma’lum tovarlar va ularning qismlari uchun ishlab chiqarish ixtisoslashuviga bo’linadi. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvining asosiy turlariga: 1) predmetli (maxsulot ishlab chiqarish); 2) detalli (maxsulotni tashkil qiluvchilarni ishlab chiqarish); 3) texnologik yoki bosqichli (ya’ni alohida texnologik jarayonlarni amalga oshirish. Masalan: yig’ish, bo’yash va h.k.) ixtisoslashish kiradi. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi - Xalqaro mehnat taqsimotining dinamik shaklidir. 50-60-yillarda boshlang’ich sohalarda (avtomobilsozlik, aviasozlik, plastmassa ishlab chiqarish va hk.) ixtisoslashish oldingi o’rinda edi. 70-80-yillarda soha ichidagi XII ilg’or o’rinda edi. Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir.Uning ob’ektiv asosi bo’lib, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining o’sib borayotgan darajasi, hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida ro’y berishidan qat’iy nazar mustaqil korxonalar o’rtasidagi barqaror ishlab chiqarish aloqalari jarayoni hisoblanadi.