2. Kimyoviy bog‘lanish haqidagi ta‗limot – hozirgi kimyoning asosiy
masalasidir. Bu ma‗lumotni bilmay turib kimyoviy birikmalarning turli – tumanlik
sabablarini, ularning hosil bo‘lish mexanizmini, tuzilishini va reaksiyaga kirisha
olish xususiyatlarini tushunib bo‘lmaydi.
Kimyoviy bog‘lanishning kelib chikish sababi shundaki, atom yoki ionlar
bir-biri bilan birikkanda ularning umumiy energiya zahirasi ular ayrim – arim
holda bo‘lgandagiga qaraganda kichikroq qiymatga ega bo‘ladi va sistema nisbatan
barqaror holatni egallaydi. Agar biror sistema bir holatdan ikkinchi holatga
o‘tganda uning energiya tutumi kamaysa, bu hodisa «sistema energetik
manfaatga ega bo’ldi» degan ibora bilan tavsiflanadi.
3
Atomlar o‘zaro ta‗sirlashishi natijasida uch xil zarrachalar (molekulalar,
ionlar va erkin radikallar) hosil bo‘lishi mumkin. Molekulalar bir-biridan
atomlarning soni, molekula tarkibidagi atomlarning markazlararo masofalari,
bog‘lanish energiyasi bilan farq qiladi. Chunonchi, bir atomli va ko‘p atomli
molekulalar bo‘ladi. Nodir gazlarning molekulalari odatdagi sharoitda bir atomli
bo‘lsa, polimer moddalarning molekulalarini juda ko‘p atomlar tashkil qiladi.
Kimyoviy bog‘lanish asosan quyidagi kattaliklar bilan xarakterlanadi:
A) Kimyoviy bog‘lanish energiyasi (kkal/mol)
B) Kimyoviy bog‘ uzunligi (A0 =10
-10
m)
V) Bog‘lar orasidagi burchak.
Kimyoviy bog‘lanishning eng muhim tavsiflaridan biri boglanish
energiyasidir. Bu energiya kimyoviy bog‘lanishni barqarorligini belgilaydi.
Kimyoviy bog`ni uzish uchun zarur bulgan eng kam energiya miqdoriga
bog`lanish energiyasi deyiladi. E bilan belgilanib, kj/mol, kkal/mol da o`lchanadi.
Har bir bog‘ uchun to‘g‘ri keladigan bog‘lanish energiyasi qiymati 200 – 1000 кЖ
/mol oralig`ida bo‘ladi. Masalan, CH 2F da C–F bog‘lanish energiyasi 487
кЖ/molga teng.
Dostları ilə paylaş: |