2 Kompyuterlarning qanday asosiy sinflarini bilasiz ?


KOMPYUTERNING BUYRUQ TIZIMI



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə6/8
tarix20.11.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#164809
1   2   3   4   5   6   7   8
2 KOMPYUTERLARNING QANDAY ASOSIY SINFLARINI BILASIZ

5 KOMPYUTERNING BUYRUQ TIZIMI

Kompyuter (inglizcha “computer” - “hisoblagich”) oldindan tayyorlangan dasturlar asosida ishlovchi elektron qurilma bo’lib, ma’lumotlarni qayta ishlash va hisoblashni amalga oshiradishuningdek, belgilar ustida ishlashga oid boshqa vazifalarni bajaradi.


Kompyuterning ikkita asosiy sinfi mavjud:
Raqamli kompyuterlar, ular ma’lumotlarni ikkilik kodlari ko’rinishida qayta ishlaydilar;
Analogli kompyuterlar, ular hisoblanadigan kattaliklar analogi bo’lmish tinimsiz o’zgaruvchan fizik kattaliklar (elektr kuchlanish, vaqt va b.) ni qayta ishlaydilar.
Hozirda aksariyat kompyuterlar raqamli sanaladi shuning uchun, odatda ”kompyuter” deganda aynan raqamli kompyuterlar nazarda tutiladi.
Kompyuterning asosini apparatura tashkil etadi.U, asosan , elektron va elektromexanik elementlar va qurilmalardan tuzilgan.Ularni majoziy ma’noda kompyuterning tanasi va a’zolari desak bo’ladi ,ingliz tilida “HARDWARE” deyiladi.
Kompyuterning faoliyati inson tomonidan kiritilgan dasturlarni bajarishdan iborat. Dasturlar (inglizcha”SOFTWARE”) - bu oldindan berilgan, aniq belgilangan ketma-ketlikdagi arifmetik, mantiqiy va boshqa amallar majmuidir. Uni jonzotlardagi ruhga o’xshatsak bo’ladi, chunki dasturlarsiz kompyuter bir uyum temirga aylanib qoladi.
Shuni ham aytish kerakki, har qanday kompyuter dasturi buyruqlarning aniq belgilangan ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Buyruq - bu kompyuter bajarishi kerak bo’lgan amalning tavsifidir. Qoidaga ko’ra, buyruqlarda o’z kodi (shartli belgisi), boshlang’ich ma’lumotlar (operandalar) va natija aks etadi.
Masalan, “ikkita sonni qo’shish” buyrug’ida qo’shiluvchilar operandalar bo’ladi. Natija esa – ularning yig’indisidir. “To’xtash” buyrug’ida operandalar yo’q, uning natijasi dasturning ishlashdan to’xtashidir.
Buyruqlar natijalari ushbu buyruq uchun aniq belgilangan va kompyuterga kiritilgan qoidalar bo’yicha ishlab chiqiladi.
Muayyan kompyuter tomonidan bajarilayotgan buyruqlar majmui ushbu kompyuterning buyruqlar tizimi deb ataladi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin