2-kurslarga Amaliyotchi-talabaning o‘quv-tanishuv amaliyot davrida amaliyot dasturida



Yüklə 17,78 Kb.
tarix10.05.2023
ölçüsü17,78 Kb.
#110930
2-kurslarga MO\'A hisobot talabi.


  1. Amaliyotchi-talaba tomonidan o‘quv-tanishuv amaliyot yakunida OTMga topshiradigan hujjatlar roʻyxati

(2-kurslarga)
1. Amaliyotchi-talabaning o‘quv-tanishuv amaliyot davrida amaliyot dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amaliyotda bajarilgan ishlarining jamlanmasida quyidagilar bo‘lishi zarur (dastur boʻyicha):
- amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasi bilan tanishuv (tahliliy ma’lumot va rasm ilova qilingan holda);
- amaliyotga biriktirilgan ta’lim muassasi ichki-tartib qoidalari bilan tanishish bayonnomasi (tahliliy ma’lumot va ichki-tartib qoidalar ilova qilingan holda);
- amaliyot kundaligi (to‘ldirilgan holatda);
- o‘quv-tanishuv amaliyoti davrida kuzatilgan darslarni rasmiylashtirib borilganligi (Tahlil daftari);
- o‘quv-tanishuv amaliyot davomida o‘quv-me’yoriy hujjatlar tanishganligi (direktor, direktor o‘rinbosarlari, metod birlashma rahbari me’yoriy hujjatlari va mutaxassislik fani rejasi, dars jadvali, jurnali hamda o‘quvchilarni baholash mezonlari tahlili);
- o‘quv-tanishuv amaliyotida o‘ziga biriktirilgan sinf (guruh) bilan olib borilgan ishlari (Biriktirilgan sinf hujjatlaridan ma’lumotlar ilova qilinadi);
- sinfdan tashqari ishlarni tashkil etilishi va oʻtkazilishidagi ishtiroki (fan to‘garaklari, fanga oid turli tadbirlar va h.k)
o‘quv-tanishuv amaliyot davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etilishidagi ishtiroki. (Tadbirlardan bayonnoma va foto lavhalar ilova qilinadi)
2. Amaliyot o‘tagan ta’lim muassasidan tavsiyanoma.
3. Amaliyot boʻyicha xulosa va takliflar
4. Amaliyot yakuni bo‘yicha hisobot tayyorlash;
5. Amaliyot bo‘yicha yuqorida belgilangan barcha topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Yig‘ma jild (papka) shakllantirish.
6. Amaliyot yakunlari bo‘yicha hisobot taqdimotini tayyorlash.

*Yuqoridagi keltirilgan talablardan tashqari ma’lumotlar ham yig‘ma jildda keltirishi mumkin va hujjatlar har bir talaba kesimida tegishli kafedra a’zolari ishtirokida prezentatsiya shaklida topshiriladi.

AMALIYOTCHI UCHUN ESLATMA


Pedagogika oliy oʻquv yurtlari talabalarining o‘quv-tanishuv amaliyoti ta’lim-tarbiya jarayonining izchil davomi boʻlib, bakalavriat bosqichida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida qoʻllash imkonini beradi.
O‘quv-tanishuv amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va ixtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilim, koʻnikma va malakalariga asoslanadi.
O‘quv-tanishuv amaliyot davomida amaliyotchi-talaba:

  • Ta’lim muassasasi fan oʻqituvchilarining darslarini kuzatishi va tahlil qilishi hamda oʻquv-me’yoriy, ma’naviy-ma’rifiy hujjatlari bilan tanishishi;

  • Tegishli fan boʻyicha taqvim-mavzuiy rejani tuzishi;

  • Mavzular boʻyicha ilmiy va metodik adabiyotlarni oʻrganishi;

  • Oʻquv jarayonini tashkil etishda pedagogik va axborot kommunikatsion hamda internet tizimidan samarali foydalanishi;

  • Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishi va oʻtkazishi;

  • Sinf rahbari sifatida ish olib borishi;

  • Amaliyotchi portfoliosini oʻz vaqtida yuritib, kunlik davomatdan o‘tib borishi shart.

  • Amaliyotchi talabaning faoliyati amaliyot yakunida universitet va qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan oʻrnatilgan tartibda baholanadi.

Kundalik daftarni yuritish tartibi:
a) kundalik daftarda bajariladigan ishlar mazmuni aniq, qisqa, uzviylikda toʻldiriladi, xulosa va takliflar yoziladi;
b) kundalik daftar universitet va qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Yüklə 17,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin