2-laboratoriya ishi Mavzu: ms excelda jadvallar tayyorlash va hisoblashlarni amalga oshirishi. Ishning maqsadi


eXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə2/5
tarix01.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#121686
1   2   3   4   5
2-lab topshiriq

eXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma`lumotlar jadval Ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma`lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma`lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma`lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma`lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
— sonli ifodalar;
— formulalar.
Matnli ma`lumotlar sarlavxa, belgi, izoxlarni uz ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar bo’yicha yangi qiymatlarni xisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar xar doim «=» belgisini qo’yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida xisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada xosil bo’ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri uzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi ma`lumotlar bo’yicha xisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar xosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish ob`yekti xujjatlar (dokumentlar) xisoblanadi. EXCEL xujjatlari (dokument­lari) ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Uar bir Ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning xar biri «ishchi varaq» deb ataladi. Uar bir ishchi varaq o’z nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya`ni elektron jadval xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraliKida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida xosil bo’lgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan gurux diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung kuyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nukta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko’rib chiqishda yoki yacheykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin